15/10/2025

IQOS ILUMA i qurilmasidagi FlexBattery funksiyasi nimadan iborat

IQOS ILUMA i qizitiladigan tamaki qurilmalaridan foydalanishga moslashtirilgan yondashuvni taklif etadi. Bunga imkon beradigan asosiy texnologiyalardan biri bu FlexBattery funksiyasidir. Bu batareyani boshqarish tizimi bo'lib, u qurilmani foydalanuvchining iste'mol qilish uslubiga moslashtirish imkonini beradi, shuningdek, batareyaning ishlash muddatini uzaytiradi.


IQOS ILUMA i dagi FlexBattery qanday ishlaydi

FlexBattery foydalanuvchiga ikkita ish rejimidan birini tanlash imkonini beradi: Unumdorlik rejimi (sukut bo'yicha) va Eko rejimi.

E'tibor bering: hozirda qurilma rejimlarini sozlash faqat rasmiy IQOS do'konlarida mumkin.

Unumdorlik rejimi sukut bo'yicha faol. U 6 daqiqagacha bo'lgan ketma-ket uchta seans yoki ulardan birini pauzaga qo’yish imkoniyatiga ega ikkita seans uchun mo'ljallangan. Ikkinchi seans tugagandan so'ng, ekranda chiziqcha ko’rinishidagi belgi paydo bo'ladi – bu yana bir seans mavjudligini anglatadi. Barcha seanslar tugagandan so'ng, displeyda "0" ko'rsatiladi.


Eko rejimi 6 daqiqagacha davom etadigan bitta seansni taklif etadi. U kamroq intensiv iste'mol qilishni afzal ko'radigan va IQOS ILUMA i batareyasining ishlash muddatini oshirishga e'tibor qaratadigan foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Eko rejimi doimiy ravishda ishlatilsa, ushbu rejimda ushlagich batareyasi sekinroq eskiradi.


IQOS ILUMA i da FlexBattery afzalliklari

• Shaxsiylashtirish: sizga mos rejimni tanlash imkoniyati;

• Batareya sarfini optimallashtirish;

• Ushlagichning batareya muddatini uzaytirish;

• Maksimal qulaylik uchun boshqa funktsiyalar bilan integratsiya.


Boshqa funksiyalar bilan muvofiqligi

FlexBattery Pauza funksiyasi bilan birgalikda ishlaydi. Agar foydalanuvchi pauzani faollashtirgan bo'lsa (faqat unumdorlik rejimida mavjud), u seansni to'xtatib qo'yishi va quvvatni yo'qotmasdan yoki yangi seansni boshlamasdan keyinroq qayta tiklashi mumkin.
FlexBattery, shuningdek, seans davomiyligini tortimlar uslubiga moslashtiradigan FlexPuff funksiyasi mantiqini qo'llab-quvvatlaydi. Bu qurilmaning harakatini yanada moslashuvchan qiladi. Shuni esda tutish kerakki, agar seans davomida pauza ishlatilsa, FlexPuff faollashtirilmaydi.


IQOS ILUMA i akkumulyatori – foydalanuvchi nazorati ostida

FlexBattery funksiyasi IQOS ILUMA i akkumulyatorini yanada moslashuvchan qiladi. Bu tamaki qizitish moslamalarida ilgari imkonsiz bo'lgan nazoratni ta'minlaydi. O’rnatilgan mantiq o'rniga – tanlash erkinligi. O’rnatilgan mantiq o'rniga – tanlash erkinligi. Bularning barchasi sifat va foydalanish qulayligini buzmasdan.




Читайте также

Haqiqiy ta’m, zamonaviy mahurat*
Читать далее
Ipak yo‘li — bu uzluksiz kashfiyotlar tarixi.
Читать далее
O‘zbekistondagi ilk flagman IQOS butigi!
Читать далее
Забота, на которую можно положиться.
Забота, которой можно доверять
Поддержка вашего устройства
1 год гарантии, замена и международная поддержка.