IQOS ILUMA PRIME bilan dastlabki bosqichlar

Выполните следующие шаги, чтобы изучить основные функции IQOS ILUMA PRIME

1. Birinchi marta foydalanishdan oldin asl quvvat manbai va kabel yordamida qurilmani to’liq zaryadlang (taxminan 2 soat 15 daqiqa davomida). Akkumulyator zaryadi darajasini tekshirish uchun IQOS ILUMA PRIME quvvatlagichidagi tugmani bosing.

2. Quvvatlagich yuqori qismidagi tugmani 4 soniya davomida bosib turish orqali Siz qurilmani ishga tushirishingiz / ishlashdan to’xtatishingiz mumkin. So’ngra Sizdagi IQOS ILUMA PRIME ushlagichidagi holat indikatorlarini tekshiring. Ikkita yoritilib turgan indikator ushlagich to’liq zaryadlanganligi va ikki marta ishlatishga tayyor ekanligini anglatadi. Bitta yoritilib turgan indikator bir marta ishlatishga tayyor ekanligini anglatadi. Yoritilib turgan indikatorlar yo’qligi ushlagichni quvvatlagich yordamida zaryadlash kerakligini anglatadi.

3. TEREA tamaki tayoqchasi joylashtirilganida avtomatik ishga tushirish faollashadi. Siz ushbu jarayonni ushlagichdagi tugmani bosish orqali dastaki tartibda ham boshlashingiz mumkin. Bir marta tebranish va sekin miltillab yoritilayotgan indikatorlar TEREA tamaki tayoqchasi qizitilayotganligini anglatadi. Ikkinchi marta tebranish va yoritilayotgan indikator qurilma foydalanishga tayyor ekanligini anglatadi.

4. Yana 1 marta tebranish seans oxirigacha 2 marta ichga tortish yoki 30 soniya qolganligini anglatadi. Shundan so’ng TEREA tamaki tayoqchasini ehtiyotkorlik bilan chiqarib oling.

5. Sizdagi ushlagich quvvatlagichda bo’lgan holatda, yoritilayotgan indikatorlar IQOS ILUMA PRIME ushlagichi zaryadlanishidan dalolat beradi. Agar indikatorlar oq rangda miltillab yoritilayotgan bo’lsa, Sizdagi ushlagich zaryadlanmoqda. Ikkita yoritilayotgan indikator ushlagich to’liq zaryadlanganligini va ikki marta ishlatishga tayyorligini anglatadi. Bitta yoritilayotgan indikator bir marta ishlatishga tayyorligini anglatadi.

Как зарядить IQOS ILUMA PRIME

1. Birinchi marta foydalanishdan oldin asl quvvat manbai va kabel yordamida qurilmani to’liq zaryadlang (taxminan 2 soat 15 daqiqa davomida). Akkumulyator zaryadi darajasini tekshirish uchun IQOS ILUMA PRIME quvvatlagichidagi tugmani bosing. Agar indikator sariq rangda 3 marta miltillab yoritilsa, IQOS ILUMA PRIME quvvatlagichini zaryadlash kerak. Agar IQOS ILUMA PRIME quvvatlagichi to’liq zaryadsizlangan bo’lsa, indikatorlarni ishga tushirish uchun 20 daqiqa talab qilinishiga e’tibor qarating. Indikator chizig’i to’liq yoritilgan holatda, quvvatlagich to’liq zaryadlangan bo’ladi va 20 ta seansga tayyor bo’ladi.

2. IQOS ILUMA PRIME ushlagichidagi indikatorni tekshiring. Ikkita yoritilayotgan indikator ushlagich to’liq zaryadlanganligini va ikki marta ishlatishga tayyorligini anglatadi. Bitta yoritilayotgan indikator bir marta ishlatishga tayyorligini anglatadi. Agar indikator sariq rangda 3 marta miltillab yoritilsa, IQOS ILUMA PRIME ushlagichini zaryadlash kerak.

3. Seans yakunlanganidan so’ng TEREA tamaki tayoqchasini chiqarib oling va ushlagichni quvvatlagichga joylashtiring. Sizdagi ushlagich quvvatlagichda bo’lgan holatda, yoritilib turgan indikatorlar IQOS ILUMA PRIME ushlagichi zaryadidan dalolat beradi. Agar indikatorlar oq rangda miltillab yoritilsa, Sizdagi ushlagich zaryadlanmoqda. Ikkita yoritilayotgan indikator ushlagich to’liq zaryadlanganligini va ikki marta ishlatishga tayyorligini anglatadi. Bitta yoritilayotgan indikator bir marta ishlatishga tayyorligini anglatadi.

Прогрессивные функции IQOS ILUMA PRIME

Avtomatik ishga tushirish
Siz TEREA tamaki tayoqchasini ushlagichga joylashtirgan zahoti qizitish boshlanadi.

Aqlli funksiya
Sizda qancha seans qolganligini bilish uchun ushlagichni o’zingizga og’diring. Ikkita yoritilayotgan indikator ushlagich to’liq zaryadlanganligini va ikki marta ishlatishga tayyorligini anglatadi. Bitta yoritilayotgan indikator bir marta ishlatishga tayyorligini anglatadi. Yoritilib turgan indikatorlar yo’qligi ushlagichni quvvatlagich yordamida zaryadlash kerakligini anglatadi.

Советы по использованию IQOS ILUMA PRIME

Держатель IQOS ILUMA

Установка табачной палочки TEREA

TEREA tamaki tayoqchasi tasodifan ikki marta ishlatilmaganligiga ishonch hosil qiling. Bir marta ishlatilganidan so’ng TEREA tamaki tayoqchasida bukilish belgilari paydo bo’ladi.

Зарядное устройство

Не забывайте вовремя заряжать IQOS ILUMA PRIME

IQOS ILUMA PRIME quvvatlagichini har kuni zaryadlash – Siz har doim o’z devaysingizdan foydalanishingiz mumkinligini kafolatlashning eng yaxshi usuli. Har doim quvvatlagichni asl quvvat manbai va kabel yordamida zaryadlang.

IQOS ILUMA™ faqat TEREA™ tamaki tayoqchalari bilan foydalanish uchun mo’ljallangan. IQOS ILUMA™ va TEREA™ tamaki tayoqchalarini IQOS™ oldingi turlaridagi qurilmalari bilan foydalanish kerak emas, chunki bu sizdagi qurilmaning shikastlanishiga olib kelishi mumkin. TEREA™ tamaki tayoqchalarini yutib yubormang va qismlarga ajratmang. Ushbu mahsulot o’tkir metall qismlarni o’z ichiga oladi, ularning yutib yuborilishi jiddiy jarohatga olib kelishi mumkin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlang.

Руководство пользователя IQOS ILUMA PRIME

Bizning IQOS ILUMA PRIME foydalanuvchisi qo’llanmasi Sizga o’z qurilmangiz qanday ishlashini va undan qanday foydalanish kerakligini yaxshiroq tushunish imkonini beradi.

Savollar qoldimi? Ularga javobni tez-tez beriladigan savollar to’plamida toping.

Yordamga muhtojmisiz? Biz bilan bog’laning.
Siz biz bilan bir necha usullar orqali bog’lanishingiz mumkin.
FAQ icon
Real vaqt rejimida qo’llab-quvvatlash xizmati bilan bog’laning. Biz har kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha Sizning ixtiyoringizdamiz. Keling, suhbatlashamiz.​
O’z Instagram rasmiy sahifamizda Sizning har qanday savollaringizga javob berishdan mamnun bo’lamiz.
So’nggi yangiliklardan o’z vaqtida xabardor bo’ling
Bizga yozib yuboring. Sizning savolingiz e’tiborsiz qoldirilmaydi. Biz Sizga 24 soat davomida javob qaytaramiz. Aloqada bo’ling.
Bizning bevosita liniya Sizni to’g’ridan-to’g’ri qo’llab-quvvatlash xizmati mutaxassisi bilan bog’laydi. Biz har kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha aloqadamiz.
Ehtimol, Sizning savolingiz oldin berilgan. Javob topish uchun “Tez-tez beriladigan savollar” (FAQ) bo’limiga o’ting.​ Bizning “Tez-tez beriladigan savollar” bo’limimiz bilan tanishib chiqing.​
Ushbu mahsulot zararsiz emas va ko’nikishni chaqiradigan nikotinni saqlaydi. Faqat voyaga yetganlar uchun.