IQOS ILUMA PRIME qurilmasini qanday zaryadlash kerak
1. Birinchi marta foydalanishdan oldin asl quvvat manbai va kabel yordamida qurilmani to’liq zaryadlang (taxminan 2 soat 15 daqiqa davomida). Akkumulyator zaryadi darajasini tekshirish uchun IQOS ILUMA PRIME quvvatlagichidagi tugmani bosing. Agar indikator sariq rangda 3 marta miltillab yoritilsa, IQOS ILUMA PRIME quvvatlagichini zaryadlash kerak. Agar IQOS ILUMA PRIME quvvatlagichi to’liq zaryadsizlangan bo’lsa, indikatorlarni ishga tushirish uchun 20 daqiqa talab qilinishiga e’tibor qarating. Indikator chizig’i to’liq yoritilgan holatda, quvvatlagich to’liq zaryadlangan bo’ladi va 20 ta seansga tayyor bo’ladi.
2. IQOS ILUMA PRIME ushlagichidagi indikatorni tekshiring. Ikkita yoritilayotgan indikator ushlagich to’liq zaryadlanganligini va ikki marta ishlatishga tayyorligini anglatadi. Bitta yoritilayotgan indikator bir marta ishlatishga tayyorligini anglatadi. Agar indikator sariq rangda 3 marta miltillab yoritilsa, IQOS ILUMA PRIME ushlagichini zaryadlash kerak.
3. Seans yakunlanganidan so’ng TEREA tamaki tayoqchasini chiqarib oling va ushlagichni quvvatlagichga joylashtiring. Sizdagi ushlagich quvvatlagichda bo’lgan holatda, yoritilib turgan indikatorlar IQOS ILUMA PRIME ushlagichi zaryadidan dalolat beradi. Agar indikatorlar oq rangda miltillab yoritilsa, Sizdagi ushlagich zaryadlanmoqda. Ikkita yoritilayotgan indikator ushlagich to’liq zaryadlanganligini va ikki marta ishlatishga tayyorligini anglatadi. Bitta yoritilayotgan indikator bir marta ishlatishga tayyorligini anglatadi.