PMI yuqori sifatli, ilmiy jihatdan tasdiqlangan tutunsiz mahsulotlarning keng tanlovini taklif etadi, ulardan foydalanish chekishni davom ettirishdan ko‘ra yaxshiroq tanlovdir. Tutunsiz mahsulotlarimiz bir kun kelib sigaret o‘rnini bosishiga ishonamiz.
• Sigaret chekish jiddiy kasalliklarning sababi bo‘lib, bog‘lanib qolishlikka olib keladi. Shubhasiz, har qanday kashanda uchun eng yaxshi yechim tamaki va nikotindan butunlay voz kechishdir.
• Tutunsiz PMI mahsulotlari chekishni yoki nikotin o‘z ichiga olgan boshqa mahsulotlarni iste’mol qilishni davom ettiradigan voyaga yetgan kashandalar uchun mo‘ljallangan.
• Biz hech qachon tamaki yoki tarkibida nikotin bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilmagan yoki undan voz kechganlarga tutunsiz PMI mahsulotlarini taklif qilmaymiz. Bizning tutunsiz mahsulotlarimiz tamaki yoki tarkibida nikotin bo‘lgan mahsulotlardan voz kechishga muqobil emas va chekishni tashlashga yordam berish uchun mo‘ljallanmagan.
• Voyaga yetmaganlar tamaki yoki nikotinni hech qanday shaklda iste’mol qilmasliklari lozim.
Xavfsizlik choralari va xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Tamaki va nikotin
• IQOS va lil SOLID tizimlarida ishlatiladigan qizdiriladigan tamaki tayoqchalarida bog‘lanib qolishni keltirib chiqaradigan nikotin mavjud.
• IQOS va lil SOLID mutlaqo xavfsiz emas. Tamaki va nikotin bilan bog‘liq sog‘liq uchun xavflarni kamaytirishning eng yaxshi usuli bu tamaki va nikotindan butunlay voz kechishdir.
• Nikotinli mahsulotlarning ba’zi iste’molchilari qorin, ko‘krak qafasi og‘rig‘i, bo‘g‘ilish hissi, yo‘tal, nafas olish qiyinlishuvi, bosh aylanishi, og‘iz bo‘shlig‘ining quruqlashuvi, tomoqda quruqlashuv, milklarning yallig‘lanishi, bosh og‘rig‘i, lohaslik, burun bitishi, ko‘ngil aynishi, og‘izda achishish, yurak urishining tezlashishi, tomoqda achishish va qayt qilish holatlarini boshdan kechirganliklarini ma’lum qilishgan.
• Qandli diabet yoki epilepsiya bilan og‘rigan, yurak xastaligi xavfi ostida bo‘lgan yoki tutqanoqni boshdan kechirgan odamlar tarkibida nikotin bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilmasliklari kerak.
• Shuningdek ularni homiladorlik paytida yoki emizikli davrda ham qo‘llash joiz emas. Agar siz homilador bo‘lsangiz, emizikli farzandingiz bo‘lsa yoki homilador deb o‘ylasangiz, tamaki va nikotindan butunlay voz kechishingiz kerak.
• Chekishni tashlash yoki IQOS, lil SOLID yoki boshqa tarkibida nikotin bo‘lgan mahsulotlarga o‘tish ba’zi dorilarning (masalan, teofillin, klozapin, ropinirol) dozasini o‘zgartirishni talab qilishi mumkin.
• Agar sog‘lig‘ingizga IQOS va lil SOLIDdan foydalanish to‘g‘ri kelishi yoki kelmasligi haqida savollaringiz bo‘lsa, shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Tarkibida tamaki bo‘lgan stiklardan foydalanish
Faqat foydalanish uchun:
• TEREA™ tamaki stikli IQOS ILUMA i PRIME \ IQOS ILUMA i \ IQOS ILUMA i ONE™ qurilmalari,
• TEREA™ tamaki stikli IQOS ILUMA PRIME \ IQOS ILUMA \ IQOS ILUMA ONE™ qurilmalari,
• IQOS ORIGINALS DUO \ 3 DUO™ yoki HEETS™ tamaki tayoqchalariga ega ertaroq avlod qurilmalari,
• Fiit™ tamaki stiklari bilan lil SOLID™,
• Sigaret yoki shunga o‘xshash mahsulotlar bilan IQOS yoki lil qurilmalaridan foydalanish taqiqlanadi. Bunday harakatlar shikastlanishga olib kelishi mumkin.
TEREA, HEETS, Fiit tamaki stiklarini o‘zgartirmang va TEREA, HEETS, Fiit tamaki stiklariga hech qanday modda qo‘shmang. Bu sog‘lig‘ingizga zarar yetkazishi mumkin.
Mahsulotdan foydalanishdan oldin iste’molchilar mahsulotdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha muhim ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan xavfsizlik choralari va ko‘rsatmalarining to‘liq versiyasini o‘qib chiqishlari kerak.