Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik

SHAXSIY MA'LUMOTLARNI QAYTA ISHLASHGA ROZILIK

Men 21 yosh va undan katta ekanligimni va tamaki mahsulotlari, tamaki yoki tarkibida nikotin mavjud lekin nikotinga qaramlikni davolash uchun dori bo’lmagan boshqa mahsulotlar iste'molchisi ekanligimni tasdiqlayman. Men tomonidan taqdim etilgan barcha ma'lumotlar ishonchlidir.


Ushbu bilan men «PHILIP MORRIS SALES AND DISTRIBUTION» ChK MChJ, STIR 310976465, bundan keyin «Kompaniya» deb yuritiladi) va Kompaniya tomonidan jalb qilingan shaxslarga mening shaxsiy ma'lumotlarim, shu jumladan audioyozuv va/yoki foto/video suratga olish orqali, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, familiyam, ismim, otamning ismi (mavjud bo'lsa), tug'ilgan sanam, STIR, shaxsni tasdiqlovchi hujjatim ma'lumotlari, telefon raqamim, elektron pochtam manzili, ijtimoiy tarmoqlardagi va xabar almashish ilovalaridagi foydalanuvchi nomim(larim), qurilma(lar)dan olingan ma'lumotlar, shu jumladan, tamaki va nikotinni iste'mol qilish qurilmalarim, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, «IQOS» va «lil SOLID» elektr tamaki isitish tizimlari (keyingi o'rinlarda «Qurilma» deb yuritiladi) kabi men tomonidan sotib olingan va/yoki foydalaniladigan qurilmalar (qurilmalar) ma'lumotlari, shaxsiy tavsiya kodim, tamaki mahsulotlari, tamaki yoki boshqa tarkibida nikotin mavjud mahsulotlar iste'molchisi maqomim va boshqa ma'lumotlarni (keyingi o'rinlarda «Shaxsiy ma'lumotlar» deb yuritiladi) quyidagi maqsadlar jumladan «Tashkent Tobacco Distribution» MChJ QK shaxsiy ma’lumotlari bazasidan uzatish yo’li bilan uchun yig’ishga, hamda keyinchalik qayta ishlashga (jumladan, yig'ish, tizimlashtirish, saqlash, o'zgartirish, qo'shish, foydalanish, ta'minlash, tarqatish, uzatish, shaxssizlashtirish va yo'q qilishga) roziligimni bildiraman.



• Kompaniya va uning affillangan shaxslari va kontragentlari haqida, Kompaniya yoki uning affillangan shaxslari tomonidan ishlab chiqarilgan va (yoki) ular tomonidan sotish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan tovarlar (keyingi o‘rinlarda “Tovarlar» deb yuritiladi) hamda bunday Tovarlar bilan bog‘liq xizmatlar (keyingi o‘rinlarda «Xizmatlar» deb yuritiladi) haqida, Tovarlar va/yoki Xizmatlar bilan bog'liq faoliyatlar, tamaki mahsulotlari, tamaki yoki tarkibida nikotin mavjud boshqa mahsulotlar to'g'risidagi me’yoriy hujjatlar loyihalari va/yoki qonunchilik haqida, Tovarlar va/yoki Xizmatlarga oid ilmiy tadqiqotlar haqida yoki boshqa ma'lumotlar haqida menga ma’lumot berish;

• menga Tovarlarni sotish;

• meni so'rovlar va tadqiqotlarda ishtirok etishga taklif etish;

• Tovarlar va Xizmatlar sifatini oshirish, iste’molchining Kompaniya va uning kontragentlari bilan o‘zaro munosabatlari tajribasini takomillashtirish, aloqa va servis yechimlarini ishlab chiqish, shuningdek, Qurilmalarga texnik xizmat ko‘rsatish vaqtida ularni diagnostika qilish;

• menga Kompaniyaning vebsaytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari yoki mobil ilovalariga kirishni ta'minlash;

• Tovarlar va/yoki Xizmatlar iste'moli/foydalanishini tadqiq qilish va tahlil qilish.


Menga pochta, telefon, elektron pochta, SMS, MMS, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, vebsaytlar, elektron axborot resurslari va boshqa axborot tizimlari hamda mobil ilovalardan foydalangan holda bildirishnomalar yuborish orqali yuqoridagi maqsadlarda men bilan bog‘lanishga ruxsat beraman.

Yuqoridagi maqsadlarga erishish uchun Kompaniya tomonidan belgilangan muddatlarda shaxsiy ma’lumotlarimni saqlashga, shaxsiy ma’lumotlarimni O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga uzatishga va ularni O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida qayta ishlashga (transchegaraviy uzatish), shaxsiy ma’lumotlarimni Kompaniyaning affillangan shaxslariga, Kompaniyaning kontragentlariga, shu jumladan, lekin cheklanmagan holda Philip Morris International ga (va uning affillangan shaxslariga), ijtimoiy tarmoqlarda va boshqa ochiq manbalarda mustaqil ravishda va/yoki uchinchi shaxslarni jalb etish bilan men haqimda qo’shimcha ma’lumotlarni qidirishga ruxsat beraman.

Men shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga ushbu rozilikni berish paytida shaxsiy ma'lumotlarimni qayta ishlash yuqorida ko'rsatilgan maqsadlari, ularni yuqorida ko'rsatilgan shaxslarga uzatish, shuningdek, «Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 30-moddasida ko’zda tutilgan huquqlarim (ushbu Rozilikning 1-ilovasi) to'g'risida xabardor qilinganimni tasdiqlayman va bunday bildirishnomani yozma shaklga teng deb bilaman.

Men ushbu rozilikni ushbu rozilik berilgan shaklda quyidagi manzilga yozma so'rov yuborish orqali: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Yunusobod tumani, Buyuk Turon MFY, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 1-uy, DIM TOWER BM, 9-qavat, Kompaniyaning elektron pochta manziliga xabar yuborish orqali: contact.uz@iqos.com yoki menga 1137 raqami orqali beriladigan ma’lumotlar bo’yicha Kompaniyada mavjud bo‘lgan boshqa qonuniy yo’llar orqali bekor qilishim mumkin. Rozilik bekor qilingan taqdirda, barcha Shaxsiy ma'lumotlar Kompaniya ma'lumotlar bazasidan yo'q qilinishi lozim.

Men shaxsiy ma'lumotlarni to'ldirishim yoki o'zgartirishim mumkin istalgan vaqtda kompaniyaning elektron pochtasiga xabar (va hujjatli tasdiqlash) yuborish orqali: contact.uz@iqos.com yoki menga 1137 raqami orqali beriladigan ma’lumotlar bo’yicha Kompaniyada mavjud bo‘lgan boshqa qonuniy yo’llar orqali bekor qilishim mumkin.

Men tomonimdan Kompaniyaga taqdim etiladigan shaxsiy ma'lumotlar mening shaxsiy va/yoki oilaviy sirim emasligini tasdiqlayman.


Ushbu bilan men Kompaniya bilan ushbu rozilikni berish (bajarish) shaklini bitimning yozma shakliga tenglashtirish bo'yicha kelishuvga erishdim. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga berilgan ushbu rozilik mening Shaxsiy ma'lumotlarimni yuqorida ko'rsatilgan maqsadlarda, tartibda va shartlarda qayta ishlashga roziligimni tasdiqlaydi hamda men va Kompaniya o'rtasidagi Kompaniya ma'lumotlar bazasida ro'yxatdan o'tganimdan boshlab yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan amal qiladi va qo’llanadi.



FISH __________________________________________________________

Telefon raqami ________________________________________________

Elektron pochta ______________________________________________

Qurilma kodi __________________________________________________

Sana __________________________________________________________

Imzo __________________________________________________________

Rozilik shaklining raqami _____________________________________





Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilikning 1-ilovasi


Shaxsiy ma'lumotlar subyekti quyidagi huquqlarga ega:

- Kompaniyada, shuningdek, uchinchi shaxsda shaxsiy ma'lumotlarning mavjudligi va ularning tarkibi to'g'risida bilish;

- so'rov bo'yicha Kompaniyadan shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash to'g'risida ma'lumot olish;

- Kompaniyadan shaxsiy ma'lumotlarga kirishni ta'minlash shartlari to'g'risida ma'lumot olish;

- shaxsiy ma'lumotlarga nisbatan huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari bo'yicha vakolatli davlat organiga yoki sudga murojaat qilish;

- O‘zbekiston Respublikasining «Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida»gi qonunida ko’zda tutilgan hollardan boshqa hollarda, shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berishga rozilik berish va bunday rozilikni qaytarib olish;

- shaxsiy ma'lumotlarning ommaviy manbalarida shaxsiy ma'lumotlarning tarqatilishiga rozilik berish;

- shaxsiy ma'lumotlar to'liq bo'lmagan, eskirgan, noto'g'ri, noqonuniy ravishda olingan yoki qayta ishlash maqsadlari uchun zarur bo'lmasa, shaxsiy ma'lumotlaringizga ishlov berishni vaqtincha to'xtatib turishni talab qilish.