Shaxsiy ma'lumotlarni yig'ish va qayta ishlashga rozilik

SHAXSIY MA'LUMOTLARNI YIG'ISH VA QAYTA ISHLASHGA ROZILIK.

Men 21 yoshga to'lganimni va tamaki mahsulotlari, tamaki yoki nikotinni o'z ichiga olgan, ammo nikotinga bog’lanib qolishni davolash preparatlari hisoblanmagan boshqa mahsulotlarning iste'molchisi ekanligimni tasdiqlayman. Men tomonimdan taqdim etilgan barcha ma'lumotlar to'g'ri.

Men shu bilan "Tashkent Tobacco Distribution"

 (bundan buyon matnda "Kompaniya" deb yuritiladi) MChJ va kompaniya tomonidan jalb qilingan shaxslarga shaxsiy ma'lumotlarimni, shu jumladan, familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud bo'lsa), tug'ilish sanasi, STIR, shaxsni tasdiqlovchi hujjat ma'lumotlari, telefon raqami, elektron pochta manzili va boshqa ma'lumotlarni o'z ichiga oluvchi, ammo shular bilan chegaralanib qolmaydigan shaxsiy ma'lumotlarimni quyidagi maqsadlarda qayta ishlashga rozilik beraman:

• menga Kompaniya va uning affillangan shaxslari to'g'risida, Kompaniyaning tovarlari va xizmatlari to'g'risida, Kompaniya faoliyati to'g'risida, tamaki mahsulotlari, tamaki yoki nikotinni o'z ichiga olgan boshqa mahsulotlar bilan bog'liq huquqiy hujjatlar loyihalari va / yoki qonunchilik to'g'risida, kompaniyaning tovarlari yoki xizmatlariga nisbatan ilmiy tadqiqotlar yoki boshqa ma'lumotlar to'g'risida ma'lumot taqdim etish uchun;

• menga Kompaniya mahsulotlarini sotish uchun;

• meni so'rovnomalarda va tadqiqotlarda qatnashishga taklif qilish uchun;

• Kompaniyaning veb-saytlari, ijtimoiy tarmoq sahifalari yoki mobil ilovalariga kirish huquqini berish uchun.

Menga pochta, telefon, elektron pochta, SMS, MMS, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, veb-saytlar, elektron axborot resurslari va boshqa axborot tizimlaridan foydalangan holda xabar yuborish orqali yuqoridagi maqsadlar uchun men bilan bog'lanishga ruhsat beraman.

 

Men yuqoridagi maqsadlarga erishish uchun shaxsiy ma'lumotlarimni Kompaniya tomonidan belgilangan muddatlarda saqlash, shaxsiy ma'lumotlarimni O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqarish va ularni O'zbekiston Respublikasidan tashqarida qayta ishlash (transchegaraviy o'tkazish), shaxsiy ma'lumotlarimni Kompaniyaning affillangan shaxslariga, Kompaniyaning kontragentlariga, shu jumladan, ammo shu bilan cheklanmasdan, Philip Morris International kompaniyasi (va uning affillangan shaxslari)ga taqdim etish, men haqimda qo'shimcha ma'lumotlarni mustaqil ravishda va / yoki uchinchi shaxslarning ishtiroki bilan ijtimoiy tarmoqlarda yoki boshqa ochiq manbalarda qidirish va to'plash uchun ruhsat beraman.

Men ushbu rozilikni bekor qilishim, shuningdek shaxsiy ma'lumotlarimni istalgan vaqtda Kompaniyaning info@iqos.kz elektron pochta manziliga xabar yuborish yoki O’zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirobod tumani, Eski Otchopar 2-tor ko’chasi, 3-uy manzilga yozma so'rovnoma yuborish orqali qo'shishim yoki o'zgartirishim mumkin. Rozilik bekor qilingan taqdirda, barcha shaxsiy ma'lumotlar Kompaniya ma'lumotlar bazasidan yo'q qilinishi kerak.

 

Men taqdim etgan shaxsiy ma'lumotlar Kompaniyaga meni Kompaniya uchun individual belgilangan shaxs sifatida qarashga imkon beradi. Men Kompaniyaga taqdim etadigan shaxsiy ma'lumotlar mening shaxsiy va / yoki oilaviy sirim emasligini tasdiqlayman.

Shu bilan men ushbu rozilikni taqdim etish (amalga oshirish) shaklini bitimning yozma shakliga tenglashtirish to'g'risida Kompaniya bilan kelishuvga erishdim. Shaxsiy ma'lumotlarni to'plash va qayta ishlashga berilgan ushbu rozilik yuqorida ko'rsatilgan maqsadlarda, tartibda va shartlarda shaxsiy ma'lumotlarimni yig'ish va qayta ishlashga rozilik berganimning (taqdim etganimning) tasdiqlanishi  hisoblanadi, kompaniyaning ma'lumotlar bazasida ro'yxatdan o'tgan vaqtdan boshlab men bilan Kompaniya o'rtasida paydo bo'lgan munosabatlarga nisbatan amal qiladi va qollaniladi.