17/10/2023

Qaysi mamlakatlarda hozirda yangi IQOS ILUMA sotilmoqda?

Philip Morris International kompaniyasi hozirda Yaponiya, Shveysariya, Ispaniya, Italiya, Gresiya, Kipr va Portugaliyada o’zining eng progressiv IQOS ILUMA tamaki qizdirish tizimini taqdim qilgan.

Trulli

O’zbekistonda esa qanday holat? Keling, birgalikda ko’rib chiqamiz.

Philip Morris kompaniyasining eng yangi va innovasiyaviy tutunsiz mahsuloti IQOS ILUMA hozirda Yaponiya, Shveysariya, Ispaniya, Italiya, Gresiya, Kipr va Portugaliya kabi mamlakatlarda taqdim qilgan. IQOS ILUMA inqilobiy lineykasi oldingi IQOS modellariga nisbatan ajoyib foydalanish tajribasini ta’minlaydi. Mahsulot ushbu kamroq zararli muqobil variant bo’lmagan holatda nikotin saqlaydigan mahsulotni chekishni davom ettiradigan va undan foydalanadigan 21 yosh va undan katta yoshdagi chekuvchilar uchun mo’ljallangan.


2021: Yaponiyada IQOS ILUMA savdo-sotiqlari boshlanishi



Yaponiyada IQOS ILUMA savdo-sotiqlari boshlanishini sabrsizlik bilan kutdilar. Mahsulot birinchi marta eksklyuziv onlayn matbuot-konferensiyasida taqdim qilingan. So’ngra yaponiyalik iste’molchilar rasmiy saytda yangi IQOSdan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ldilar.


2022: Ispaniyada IQOS ILUMA paydo bo’lishi



Yaponiya va Shveysariyada “Boshqa daraja” nomli tashabbus bilan ishlab chiqarish yo’lga qo’yilganidan so’ng Ispaniyada IQOS ILUMA 2022 yil boshida paydo bo’lgan. Innovasiya, dizayn va san’at mutlaqo yangi foydalanish tajribasini yaratish uchun birga uyg’unlashgan.


IQOS ILUMA nima?



IQOS ILUMAdan SMARTCORE INDUCTION SYSTEMTM innovasiyaviy texnologiyasi tamakini yondirmagan holda ichidan qizdiradi. Ushbu texnologiya tamakining haqiqiy ta’mini saqlab qoladi va sigaretadan* olinadigan hissiyotga o’xshash, biroq tutunsiz va kulsiz qoniqish olish imkonini beradi.

Tamaki tayoqchasi ichidagi qizdirish qismi tufayli endilikda qurilmada tig’ ishlatilmaydi. Qurilmada tamaki qoldiqlari yo’q, demak uni tozalashga ham zarurat yo’q.

TEREA tamaki tayoqchalari ichidagi zanglamaydigan po’latdan tayyorlangan qizdirish qismi tamakining yonishsiz uzoq vaqt qizdirilishini ta’minlaydi.

IQOS ILUMA yanada takomillashtirilgan funksiyalar, dizayn va ranglarni taklif qiladi. Qo’shimcha qismlarning katta tanlovi tufayli esa qurilma aynan sizning didingizga moslashtirilishi mumkin.

*Italiya va Yaponiyada 2020 yil noyabrdan 2021 yil martgacha IQOS qurilmasining 714 nafar foydalanuvchisi ishtirokida o’tkazilgan tadqiqotlar asosida.


IQOS ILUMA O’zbekistonda qachon paydo bo’ladi?



O’zbekistonda yangi qurilmaga qiziqish juda yuqori. O’zbekistonda kompaniyaning eng yangi ishlab chiqilgan mahsulotlariga qiziqish bildirgan chekuvchilar juda oz vaqt kutishlari kerak. Ayni paytda O’zbekistonda IQOS ILUMA savdo-sotiqlari boshlanadigan aniq sana yo’q, biroq ishontirib aytamizki, IQOS hamjamiyatini kelgusida ko’plab yoqimli kutilmagan xushxabarlar kutmoqda. Barcha aktual yangiliklarni rasmiy saytda, IQOS Uzbekistan Telegramda va @Uzbekistan.IQOS Instagramda topish mumkin.

Trulli

Philip Morris International yangi IQOS ILUMA qurilmasini taqdim qiladi
O’qishni davom ettirish.
IQOS ILUMAdan SMARTCORE INDUCTION SYSTEM™ TEXNOLOGIYASI
O’qishni davom ettirish.
Yangi IQOS ILUMA – endi O’zbekistonda
O’qishni davom ettirish.
IQOS ILUMA va IQOS oldingi turdagi modellari o’rtasida qanday farq bor?
O’qishni davom ettirish.
Tayanish mumkin bo’lgan g’amxo’rlik.
Ishonish mumkin bo’lgan g’amxo’rlik.
Ishonish mumkin bo’lgan g’amxo’rlik.
Sizning qurilmangizni qo’llab-quvvatlash.
1 yil kafolat, almashtirish va xalqaro qo’llab-quvvatlash.