18/10/2023

Philip Morris International yangi IQOS ILUMA qurilmasini taqdim qiladi

IQOS olamida inqilob



  • Tamakini induksiyaviy qizdirish tizimli yangi qurilma oldingi IQOS modellariga nisbatan eng yaxshi foydalanish tajribasini ta’minlaydi.
  • IQOS ILUMA bilan kompaniya yaqin vaqt ichida o’z tasavvuridagi tutunsiz kelajakka erishishga intiladi.


Stefano Volpetti, tutunsiz mahsulotlar toifalari prezidenti va foydalanish tajribasi bo’yicha bosh mutaxassisning fikricha, IQOS ILUMA Philip Morris International kompaniyasining juda muhim innovasiyasi hisoblanadi. “Kompaniya o’z iste’molchilariga har doim voqealar markazida bo’lishni taklif qiladi va IQOS ILUMA buning dalil-isboti hisoblanadi. Foydalanuvchilar fikr-mulohazalariga asoslangan holda, Philip Morris International kompaniyasi ajoyib mahsulot yaratgan bo’lib, u nafaqat foydalanishda oddiy, balki bugungi kunda eng innovasiyaviy ham hisoblanadi. Innovasiyalarga intilish – kompaniya bosh maqsadining asosi bo’lib, u tutunsiz kelajakni ta’minlashdan iborat. IQOS ILUMA butun dunyoda sigaretalar miqdorini kamaytirishga qaratilgan birgalikdagi harakatlarimizda oldinga bir qadamni ifodalaydi”, - deydi Volpetti.

Yangi IQOS ILUMA – qurilmada tig’ ishlatilmagan holda tamakini ichidan qizdirish induksiyaviy texnologiyasiga ega birinchi IQOS qurilmasi hisoblanadi. Oldingi IQOS mahsulotlariga nisbatan IQOS ILUMA qurilmasida tamaki qoldiqlari, hidi va qurilmani tozalash zarurati yo’q. Kompaniya kamroq zararli muqobil variantdan manfaatdor katta yoshdagi chekuvchilar uchun yanada oddiy va texnologik jihatdan ishonchli mahsulotni taklif qilishga intiladi. IQOS ILUMA innovasiyaviy texnologiyasi – tamaki tayoqchalarini ichidan qizdiradigan SMARTCORE INDUCTION SYSTEMTM texnologiyasidan iborat.


O’zbekiston bozorida IQOS ILUMA qurilmasini uch versiyada xarid qilish mumkin bo’ladi: IQOS ILUMA PRIME, IQOS ILUMA va IQOS ILUMA ONE. Qurilma dizaynda farq qiladi, bu 21 yosh va undan katta yoshdagi iste’molchilarga o’z xohish-istaklariga eng a’lo darajada muvofiq bo’ladigan tanlovni amalga oshirish imkonini beradi. Oldingi modellardagi kabi IQOS ILUMA qurilmasida tamaki yonmaydi, balki qizdiriladi, bu tutun va kul hosil bo’lishidan saqlanishga yordam beradi. 2023 yil iyundagi holatga ko’ra, butun dunyoda 19,4 milliondan ko’proq katta yoshdagi chekuvchilar IQOS qurilmasiga o’tganlar*.

Philip Morris global maqsadi 2025 yilga kelib 40 million katta yoshdagi, aks holda sigareta chekishni davom ettiradigan chekuvchilar yonishsiz kamroq zararli muqobil variantga o’tishni afzal bilishlaridan iborat.

*PMI moliyaviy hisobotlari (Rossiya va Ukrainadan tashqari), IQOS foydalanuvchilari so’rovnomalari va PMI bozori tahlili asosidagi ma’lumotlar. Sigaretalarni butunlay rad qilgan, PMI qizdiriladigan tamaki tayoqchalari iste’moli so’nggi 7 kun ichida jami qizdiriladigan tamaki iste’molining eng kamida 70% ni tashkil qiladigan IQOS foydalanuvchilari.


Philip Morris International: Sigareta tutunisiz kelajak



Philip Morris International (PMI) tamaki dunyosining transformasiyasi bo’yicha jarayonga yetakchilik qiladi: sigareta chekishni davom ettirish yoki nikotinni saqlaydigan mahsulotdan foydalanish istagidagi barcha katta yoshdagi chekuvchilar uchun, shuningdek jamiyat, o’z xodimlari va aksiyadorlari uchun sigareta o’rnini bosish maqsadida sigareta tutunidan holi kelajakni yaratadi. PMI tamaki sanoati, yonish jarayonidan foydalanmaydigan qurilmalar, shu jumladan elektron qurilmalar va qo’shimcha qismlar, shuningdek AQSh bozoridan tashqarida sotiladigan boshqa nikotinni saqlaydigan mahsulotlar bozorida yetakchi ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi. PMI o’z kelajagini tamaki tutunini hosil qilmaydigan mahsulotlar toifalariga asosan barpo qiladi, ular garchi xavf-xatarlardan holi bo’lmasada, sigareta chekishning samarali muqobil variantini o’zida mujassamlashtiradi. O’z mahsulotini ishlab chiqishda foydalaniladigan tajriba, eng zamonaviy infratuzilma va ilmiy tadqiqotlarning tasdiqlangan natijalari tufayli PMI o’zining yonishni talab qilmaydigan mahsuloti iste’molchilarning xohish-istaklariga ham, qonun hujjatlarining qat’iy talablariga ham javob berishiga intiladi. Tutunsiz mahsulot assortimenti tamakini qizdirish mahsulotini, nikotin saqlaydigan veyp qurilmani va ichga qabul qilish uchun nikotinli mahsulotlarni o’z ichiga oladi. 2022 yil 30 sentyabrdagi holatga ko’ra (Rossiya va Ukrainadan tashqari), PMIdan chekish uchun muqobil mahsulotlar 70 ta mamlakat bozorida taqdim qilingan. Tabiiy fanlar sohasida mustahkam poydevorga va katta tajribaga ega bo’lgan holda, 2021 yil fevralda PMI innovasiyaviy mahsulotlarni va foydalanuvchilar ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan qarorlarni taqdim qilgan holda o’zining ushbu sohada kengayishiga tayyorligi to’g’risida e’lon qildi. Qo’shimcha axborot olish uchun siz pmi.com va pmiscience.com saytlariga kirishingiz mumkin.

1Manba: 2019 yil dekabrda bozorda qizdiriladigan tamaki mahsulotlari savdo-sotiqlari umumiy hajmining PMI tomonidan global baholanishi (Xitoy va AQSh bundan mustasno).
2IQOS ILUMA faqat TEREATM tamaki tayoqchalari bilan foydalanish uchun mo’ljallangan. TEREATM tamaki tayoqchalaridan oldingi IQOS avlodlari bilan foydalanish mumkin emas, chunki bu qurilma shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

Sigaret chekishni tashlab, tutunsiz muqobillarga o'tsangiz nima bo'ladi?
O’qishni davom ettirish.
TEREA tamaki tayoqchalari elektron sigaretalar uchun mo’ljallangan suyuqliklardan nimasi bilan farq qiladi?
O’qishni davom ettirish.
IQOS veypmi?
O’qishni davom ettirish.
Tamaki qizdirish tizimlari qanday ishlaydi
O’qishni davom ettirish.
Tayanish mumkin bo’lgan g’amxo’rlik.
Ishonish mumkin bo’lgan g’amxo’rlik.
Sizning qurilmangizni qo’llab-quvvatlash.
1 yil kafolat, almashtirish va xalqaro qo’llab-quvvatlash.