24/11/2023

Yangi IQOS ILUMA – endi O’zbekistonda

IQOS ILUMA: tamaki qizitishning yangi usullarini kashf etishni davom ettirmoqdamiz


Ilg’or texnologiyalarga ega qurilmalar foydalanishda oldingi turdagi IQOS modellariga nisbatan yanada tushunarli, toza va intuitiv bo’ldi.

IQOS ILUMA – bu IQOS evolyusiyasi. Ushbu model faqat innovasion induksion tamaki qizitish tizimli SMARTCORE INDUCTION SYSTEM™ texnologiyasi uchun maxsus ishlab chiqilgan TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchalari bilan qo’llanishi mumkin.

Trulli


IQOS ILUMA qurilmasida nima o’zgarmoqda?


IQOS ILUMA inqilobiy turi tamaki qizitish tizimini yangi darajaga olib chiqadi.
IQOS ILUMA qurilmalari asosini SMARTCORE INDUCTION SYSTEM™ innovasion texnologiyasi tashkil etadi. TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchalarida hozirda qizitish qismi o’rnatilgan bo’lib, u tamakini tig’siz qizitish imkonini beradi. IQOS ILUMA foydalanish yangi tajribasini ta’minlaydi va yonishsiz haqiqiy tamaki ta’mini ochib beradi.*

*Italiya va Yaponiyada 2020 yil noyabrdan 2021 yil martgacha IQOS qurilmasining 714 nafar foydalanuvchisi ishtirokida o’tkazilgan tadqiqotlar asosida.


Nima uchun portfelimizni yangi IQOS ILUMA bilan kengaytirmoqdamiz?


Biz, aks holda, sigareta chekishni yoki nikotinni saqlaydigan mahsulotdan foydalanishni davom ettiradigan katta yoshdagi chekuvchilar uchun tamaki tutunisiz kelajakni yaratish uchun har doim qurilmalarimizni takomillashtirib boramiz va yangiliklarni joriy qilamiz.

IQOS ILUMA bilan IQOS qurilmalari turlari innovasion texnologiya — SMARTCORE INDUCTION SYSTEM™ tizimi joriy qilinishi tufayli takomillashib bormoqda. Qurilmani qizitish tig’isiz va tozalash zaruratisiz yanada qulay qilish maqsadida IQOS alohida dizayni puxta o’ylab chiqilgan.

Trulli


SMARTCORE INDUCTION SYSTEM™: IQOS ILUMA yangi texnologiyasi qanday ishlaydi?


SMARTCORE INDUCTION SYSTEM™ texnologiyali IQOS ILUMA turi faqat TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchalari bilan foydalanish uchun mo’ljallangan. Qurilma tamakini qizitish yangi usulini ochib beradi.
IQOS ILUMA modellari uchun maxsus ishlab chiqilgan yangi qizitiladigan tamaki tayoqchalarida hozirda zanglamaydigan po’latdan tayyorlangan qizitish qismi o’rnatilgan bo’lib, u tamakini yondirmaydi, balki ichidan qizitadi. Shunday qilib, qurilmada tig’ yo’qligi IQOS oldingi modellariga nisbatan katta ishonchlilikni ta’minlaydi.**

**2021 yil martda o’tkazilgan test sinovlari natijalari bo’yicha.


Yangi TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchalari


SMARTCORE INDUCTION SYSTEM™ texnologiyasi va TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchalari IQOS ILUMAdan foydalanish yanada qulay bo’lishi uchun ishlab chiqilgan. Tamaki qoldiqlari yo’qligi esa jarayonni yangi darajaga olib chiqadi.


IQOS ILUMA yangi funksiyalari


IQOS ILUMA modellari funksionalligi va dizayni qurilmani intuitiv tushunarli va foydalanishda oddiy qiladi.
Avtostart funksiyasi tufayli qizitiladigan tamaki tayoqchasi ushlagichga joylashtirilishi bilan darhol avtomatik ravishda qizitish boshlanadi.
IQOS ILUMA qurilmalarida qizitish tig’i yo’q, bu qizitiladigan tamaki tayoqchalarini osonroq va tezroq chiqarib olish imkonini beradi. Seans yakunlanganidan so’ng, agar yana foydalanilmasa, qurilma avtomatik ravishda uzib qo’yiladi.


Tanlov uchun uch model: IQOS ILUMA PRIME, IQOS ILUMA va IQOS ILUMA ONE


IQOS ILUMA turi uchta modeldan iborat::

IQOS ILUMA PRIME

  • • IQOS lineykasida eng innovasion va premial;
  • • induksion texnologiya — qizitish tig’isiz va qurilmani tozalash zaruratisiz;
  • • 2 marta ketma-ket foydalanish;
  • • alyuminiy korpusi;
  • • 3 xil rangda mavjud.

IQOS ILUMA

  • • tanish dizayn, kengaygan imkoniyatlari;
  • • induksion texnologiya — qizitish tig’isiz va qurilmani tozalash zaruratisiz;
  • • 2 marta ketma-ket foydalanish;
  • • 3 xil rangda mavjud.

IQOS ILUMA ONE

  • • ixcham va qulay formatda yangi texnologiyalar;
  • • induksion texnologiya — qizitish tig’isiz va qurilmani tozalash zaruratisiz;
  • • 20 marta ketma-ket foydalanish;
  • • 3 xil rangda mavjud.

Qaysi mamlakatlarda hozirda yangi IQOS ILUMA sotilmoqda?
O’qishni davom ettirish.
Philip Morris International yangi IQOS ILUMA qurilmasini taqdim qiladi
O’qishni davom ettirish.
IQOS ILUMAdan SMARTCORE INDUCTION SYSTEM™ TEXNOLOGIYASI
O’qishni davom ettirish.
IQOS ILUMA va IQOS oldingi turdagi modellari o’rtasida qanday farq bor?
O’qishni davom ettirish.
Tayanish mumkin bo’lgan g’amxo’rlik.
Ishonish mumkin bo’lgan g’amxo’rlik.
Ishonish mumkin bo’lgan g’amxo’rlik.
Sizning qurilmangizni qo’llab-quvvatlash.
1 yil kafolat, almashtirish va xalqaro qo’llab-quvvatlash.