IQOS nima?
Yangi darajadagi texnologiya
Foydalana boshlashning asosiy sabablari
Ilmiy yondashuv haqida ma’lumot oling
Premium uslub va innovatsiya mujassamligi
Klassik dizayndagi innovatsiya
Yangi texnologiya ixcham formatda
IQOS nima?
Yangi darajadagi texnologiya
Foydalana boshlashning asosiy sabablari
Ilmiy yondashuv haqida ma’lumot oling
15/08/2024
"Tamaki qizdirish tizimlari" noming o'zi uning nima ekanligi haqida aytib turadi: ularda tamaki yonmaydi, balki qizdiriladi. Natijada siz kuyish, kul va sigaret tutunisiz haqiqiy tamaki ta'mini his qilasiz.
Bunday qurilmalar har doim qandaydir qizdirish manbaiga ega. Ba'zi qizdiriladigan tamaki mahsulotlari elektrondir va tamakining aniq qaysi haroratgacha qizdirilishi har bir mahsulot uchun har xil. Muhimi shundaki, tamaki qizdirish tizimlari tamaki kuyadigan haroratgacha yetib bormaydi.
Tamaki qizdirish tizimlari tamakini yoqmaydi, balki uni qizdiradi.
IQOS ILUMA qurilmalarida qizdirish elementi yo'q, ya'ni tozalashga ham hojat yo'q. Endi u maxsus TEREA tamaki tayoqchalarida mavjud. IQOS ILUMA tamaki qizdirish tizimlarida smartfoningiz kabi muntazam ravishda quvvatlanishi kerak bo'lgan zaryadlovchi moslama mavjud. Zaryadlangandan so’ng IQOS ILUMA foydalanishga tayyor bo’lib, qurilmaga TEREA tamaki tayoqchasini kiritish kifoya. Siz vibratsiya signalini sezasiz, bu, isitish jarayoni boshlanganligidan dalolat beradi. Sessiya tugagandan so'ng, ishlatilgan tamaki tayoqchasini qurilmadan olib tashlash va tashlab yuborish lozim.
Tamakini yoqmasdan qizdirish tufayli u sigaretaga qaraganda 95% kamroq zararli kimyoviy moddalar chiqaradi*. Muhim ma'lumot: Bu xavfni 95% ga kamaytirishni anglatmaydi. IQOS dan foydalanish xavflarni istisno qilmaydi.
*«95% kamroq» - Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti sigareta tutunida kamaytirishni tavsiya qiladigan nikotindan tashqari 9 turdagi zararli moddalar darajasining o'rtacha pasayishi. iqos.com saytidagi "Muhim ma'lumotlar" bo'limiga qarang.
IQOS ILUMAning har bir elementi yaratilishning barcha bosqichlarida diqqat bilan nazorat qilinadi.
Moslamalar Shveysariyada ishlab chiqilgan SMARTCORE INDUCTION SYSTEM™ texnologiyasiga asoslangan bo'lib, buning yordamida tamaki yonish haroratiga yetmasdan 350 daraja Selsiyga qadar qizdiriladi.
TEREA tamaki tayoqchalari tayoqchaning ichida joylashgan lezviya shaklidagi qizdirish elementi yordamida qizdiriladi. Katta yoshdagi IQOS foydalanuvchilari sigaretaning tutuni, kuli va hidisiz haqiqiy tamaki ta'mini his qilishadi.
Biz katta yoshdagi IQOS ILUMA foydalanuvchilarini eng yuqori sifatli mahsulotlar bilan taʼminlashga intilamiz, bunda tamaki mahsulotlarini qayta ishlash muhim rol o’ynaydi. Har bir TEREA tayoqchasida qizdirish tizimida foydalanish imkonini beruvchi noyob patentlangan presslash texnologiyasi yordamida maxsus qayta ishlangan tamaki mavjud. Qayta ishlash jarayonida yuqori sifatli tamaki barglari kukunsimon holatgacha keltirilib, presslanadi, so'ngra tamaki plastinalariga kesiladi. Ushbu plastinalar tamaki sterjeniga siqish orqali presslanadi. Boshqa tarkibiy qismlar bilan birgalikda u TEREA tamaki tayoqchasini hosil qiladi, bu amalda sigaretani iste'mol qilgandek qoniqarli ta'm bilan ta’minlaydi.**
IQOS ILUMA va TEREA katta yoshli foydalanuvchilar tamaki iste'mol qilishdan qoniqish va sigaretga o'xshash davomiylikni qabul qilishlari uchun maxsus ishlab chiqilgan. TEREA tamaki tayoqchasi bilan har bir seans o'rtacha 6 daqiqagacha yoki 14 ta tortishgacha davom etadi. Yodda tutish kerak bo'lgan yagona narsa shundaki, kamroq darajadagi tez-tez va chuqur tortishlar TEREA tamaki tayoqchasi bilan o’tkaziluvchi seans davomiyligini oshiradi.
IQOS ILUMA uchun TEREA tamaki tayoqchalari boy ta’mdan nafis ta’mgacha bo’lgan turli xil mazalar, jumladan, mentolli tamaki va yangi xushbo’ylashtirilgan aralashmalarni o’z ichiga oladi. Har bir katta yoshli IQOS foydalanuvchisi o'zining sevimli TEREA ta’mini tanlashiga ishonchimiz komil.
IQOS ILUMA tamaki qizdirish tizimlari va ularni yaratishda foydalaniladigan texnologiyalar haqida batafsil bu yerda bilib olishingiz mumkin.
**Manba: AQSH va Yaponiyada real (ambulatoriya) sharoitda 160 nafar katta yoshdagi chekuvchilar ishtirokida o'tkazilgan uch oylik klinik tadqiqot.