IQOS nima?
Yangi darajadagi texnologiya
Foydalana boshlashning asosiy sabablari
Ilmiy yondashuv haqida ma’lumot oling
Premium uslub va innovatsiya mujassamligi
Klassik dizayndagi innovatsiya
Yangi texnologiya ixcham formatda
IQOS nima?
Yangi darajadagi texnologiya
Foydalana boshlashning asosiy sabablari
Ilmiy yondashuv haqida ma’lumot oling
11/09/2024
Agar siz chekishning «tutunsiz muqobillari» haqida eshitgan bo'lsangiz-u, lekin uning nima ekanligini aniq tushunmagan bo’lsangiz, siz to'g'ri maqolani o'qiyapsiz. Tutunsiz muqobillar – sigaretlardan farqli o'laroq, tamakini yoqmaydigan, balki uni qizdiradigan mahsulotlardir. Ular kul yoki sigaret tutuni hosil qilmasdan turib, nikotinni o'z ichiga olgan tamaki bug'ini ajratib chiqaradi.
Ko'pgina katta yoshli chekuvchilar tutunsiz mahsulotlarni davomiy chekishga muqobil sifatida ko’rib chiqishadi. Buning sababini tushunish uchun, chekish nima uchun siz uchun zararli ekanligini va siz sigaretadan tutunsiz muqobilga o'tganingizda nima sodir bo'lishini o’ylab ko’rish lozim.
Chekishda sigareta yoqiladi va u yonadi, natijada tutun hosil bo’lib, zararli kimyoviy moddalar ajralib chiqadi. Yonayotgan sigareta tutunida zararli kimyoviy moddalarning ko'pligi chekish bilan bog'liq kasalliklarning asosiy sababidir. Tutunsiz mahsulotlar tamakini yoqish o’rniga uni qizdiradi va bunda tamaki tutuni ajralib chiqmaydi. Shunday ekan, sigaretalar bilan solishtirganda sezilarli darajada kamroq zararli va potentsial zararli moddalar ajralib chiqadi. Yonishning mavjud emasligi va zararli kimyoviy moddalar hosil bo'lishining kamayishi har bir alohida mahsulot asosida asoslangan bo’lishi kerak. Tutunsiz mahsulotlar zararsiz emas va o’ziga qaramlik chaqiruvchi nikotinni o'z ichiga oladi. Bunday tutunsiz muqobillardan biri IQOS ILUMA tamaki qizdirish tizimidir.
Tutunsiz muqobillarga o'tish chekishdan butunlay voz kechishga teng emas. Ushbu mahsulotlar hali ham nikotinni o'z ichiga olganligi sababli, ular o’ziga o’rgatib qo’yadi. Agar siz cheksangiz va sog'lig'ingiz bilan bog'liq muammolar mavjud bo'lsa, tamaki va nikotin mahsulotlarini iste'mol qilish bilan bog'liq sog'liq uchun xavflarni kamaytirishning eng yaxshi usuli tamaki va nikotindan butunlay voz kechishdir. Biroq, aks holatda chekishni davom ettiradigan yoki nikotinni o'z ichiga olgan mahsulotlardan foydalanishni davom ettiradigan katta yoshdagi chekuvchilar uchun chekishni davom ettirishdan ko'ra, tutunsiz muqobillarga o'tish yaxshiroq tanlov bo'lishi mumkin.
Quyida sigaretdan tutunsiz mahsulotlarga o'tishda ko'rishingiz mumkin bo'lgan asosiy farqlar keltirilgan.
Chekish bilan bog'liq zararning aksariyat qismi yonish natijasida yuzaga keladi. Yuqori haroratlar sigaret tutunida mavjud bo'lgan zararli kimyoviy moddalarning ko'p qismining hosil bo’lishiga olib keladi. Sigaret tutuni tarkibidagi minglab turli xil kimyoviy moddalardan yuzga yaqini zararli hisoblanadi va chekish bilan bog'liq kasalliklarning asosiy sababi hisoblanadi.
Albatta, chekish sog'liq uchun zararli, nikotin esa qaramlikka olib keladi. Biroq, chekish uchun tutunsiz muqobillar, tamakini yoqadigan sigaretlardan farqli o'laroq, yonish jarayoniga tayanmaydi. Yonish va buning ortidan, tutunni yo'q qilish orqali zararli va potentsial zararli kimyoviy moddalar darajasini sezilarli darajada kamaytirish va chekish bilan bog'liq kasalliklarning ayrim asosiy sabablari ta'sirini cheklash mumkin. Albatta, bu har bir alohida tutunsiz mahsulotga ilmiy baho berish masalasidir.
Tutunsiz muqobillar keng assortimentdagi turli xil ta’mlarda taqdim etiladi. Bu har bir katta yoshdagi chekuvchining o'zi uchun biror narsa saralab olishini kafolatlaydi. Tamaki qizdirish tizimlari, shuningdek, ta’m birikmalarining keng tanlovini taklif qiladi.
Misol uchun, IQOS ILUMA uchun TEREA tamaki tayoqchalari keng assortimentdagi ta'mlarda taqdim etiladi. To’yingan ta’mdan nafis va o’tkir ta’mgacha – har bir katta yoshli chekuvchi o'z didiga mos keladigan ta’mni tanlashi mumkin.
Nomidan ko'rinib turibdiki, tutunsiz chekish muqobillari sigaret tutunini ajratib chiqarmaydi. Misol uchun, tamaki qizdirish tizimlari va veyplar tajribasiz ko'z bilan qaralganda tutun kabi ko'rinishi mumkin bo'lgan aerozol ajratib chiqaradi, lekin bu – sigaretani yoqish paytida ajralib chiqadigan tutun emas. Chunki bunday mahsulotlar tamakini yoqish o’rniga uni qizdiradi, ular kul hosil qilmaydi va sigaretaga qaraganda kamroq hid chiqaradi. Sizning yaqinlaringiz sigaret tutunidan nafas olmaydilar va sochlariga, qo'llariga yoki kiyimlariga uning hidi o’rnashib qolmaydi.
Eng yaxshi variant chekishdan butunlay voz kechishdir. Ammo agar siz, aks holatda chekishni davom ettiradigan yoki nikotinli mahsulotlardan foydalanishni davom ettiradigan katta yoshli chekuvchi bo'lsangiz, tutunsiz muqobillarga o'tish to'g'ri yechim bo'lishi mumkin. Quyida, katta yoshli chekuvchining tutunsiz mahsulotga muvaffaqiyatli o'tishiga yordam beradigan umumiy maslahatlar keltirilgan.
Bir qadam orqaga tashlang va o'zingizdan nima uchun sigaretaning tutunsiz muqobiliga o'tishni xohlayotganingizni so'rang. Do'stlaringiz maslahati bilanmi yoki sigaretaning kulidan va turg’un hididan charchaganingiz uchunmi? Yoki zararli kimyoviy moddalar ta’sirini kamaytirmoqchimisiz? Doimiy murojaat qilishingiz mumkin bo'lgan oddiy sabablarning aniq ro'yxati chekishdan voz kechishingizga yordam beradi.
Siz chekuvchi do'stlaringizdan sizga sigaret taklif qilmasliklarini yoki sizning huzuringizda chekmasliklarini so'rashingiz mumkin. Agar tutunsiz moslamangiz qo'l ostida bo'lmasa, sizda sigaret chekish havasi paydo bo’lishi mumkin. Sigaretga qaytish vajidan qochish uchun tutunsiz devaysingizni o'zingiz bilan olib yurishni o'ylab ko'ring.
Boshqalarga chekishdan voz kechayotganingizni bildirsangiz, bu ularni vaqti-vaqti bilan progressingiz haqida bilishlariga undashi mumkin.
Hozirgi kunda katta yoshdagi chekuvchilar uchun sigaretaning turli xil tutunsiz muqobillari mavjud. Tanlash uchun juda ko'p brendlar, mahsulotlar va funksiyalar bo’lgani holda, shaxsiy afzalliklaringizga mos keladigan muqobil topilishi aniq.
Elektron sigaretalar yoki veyplar – bu tutunsiz muqobillar bo'lib, ular juda ko'p turli xil funksiyalarga ega va kastomizatsiya imkoniyatini taklif etishi mumkin. Moslamalar keng assortimentda taqdim etilgan, bu katta yoshli chekuvchilar e'tiborga oladigan asosiy afzalliklardan biri hisoblanadi.
Veyplar – bu aromatizatorlar va ba'zi hollarda nikotinni o'z ichiga olgan suyuqlikni qizdirish orqali ishlaydigan elektron moslamalar. Suyuqliklar keng assortimentdagi ta’mlarda taqdim etilgan. Suyuqlik qizdirilganda bug'lanadi va aerozol hosil qiladi. Elektron sigaretalarda tamaki ishlatilmasligini ham hisobga olish kerak.
Ba'zi odamlarda savol tug’iladi: veyplar ham sigaret chekish kabi zararlimi? Aynan yonish, sigaret tutunida mavjud bo'lgan ko’pgina zararli kimyoviy moddalarning hosil bo’lishiga olib keladi. Elektron sigaretlarda yonish jarayonining yo'qligi hosil bo’luvchi va nafas olinadigan zararli kimyoviy moddalar darajasini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin, ammo bu har bir aniq holatda ilmiy jihatdan isbotlanishi kerak. Elektron sigaretalar zararsiz emas.
Tamaki qizdirish tizimlarida haqiqiy presslangan tamakidan tayyorlangan maxsus ishlab chiqilgan "tamaki tayoqchalari" ishlatiladi. Tamaki yonishga yo’l qo’yilmagan holda ma'lum bir haroratgacha qizdiriladi va shu bilan uning haqiqiy ta'mi va xushbo'yligi ochib beriladi. Yonish jarayonining yo’qligi ko'plab zararli va potentsial zararli kimyoviy moddalarni o'z ichiga olgan sigaret tutunining shakllanishiga to'sqinlik qiladi. Bu katta yoshdagi iste'molchilarga olov, kul va tutunsiz tamaki iste'mol qilishdan haqiqiy qoniqish olish imkonini beradi. Tamaki qizdirish tizimlari zararsiz emas.
Eng yaxshi tanlov chekishdan butunlay voz kechishdir. Biroq, aks holatda chekishni davom ettiradigan yoki nikotinni o'z ichiga olgan boshqa mahsulotlardan foydalanishni davom ettiradigan kattalar uchun bugungi kunda tutunsiz muqobillarning ko’p turlari mavjud. Ular elektron sigaretlar bo’ladimi yoki IQOS ILUMA kabi qizdiriladigan tamaki tizimlarimi, tanlov qilish ancha oson.
Ushbu maqola umumiy ma'lumot va ta'limiy maqsadlar uchun mo'ljallangan. Ushbu maqoladagi ba'zi ma'lumotlar tashqi, uchinchi tomon manbalariga asoslangan va biz bunday ma'lumotlarning aniqligi, ishonchliligi yoki to'liqligi bo'yicha hech qanday bayonot yoki kafolat bermaymiz.