IQOS nima?
Yangi darajadagi texnologiya
Foydalana boshlashning asosiy sabablari
Ilmiy yondashuv haqida ma’lumot oling
Premium uslub va innovatsiya mujassamligi
Klassik dizayndagi innovatsiya
Yangi texnologiya ixcham formatda
IQOS nima?
Yangi darajadagi texnologiya
Foydalana boshlashning asosiy sabablari
Ilmiy yondashuv haqida ma’lumot oling
13/01/2025
Is gazining zararli ta'siri ba'zi katta yoshdagi chekuvchilar uchun jiddiy tashvish tug'dirishi mumkin. Chekuvchi qabul qilishi mumkin bo'lgan eng yaxshi qaror – tamaki va nikotindan butunlay voz kechishdir. Biroq, sigaretani chekishni yoki boshqa nikotinni o'z ichiga olgan mahsulotlardan foydalanishni davom ettiradiganlar uchun tutunsiz muqobillarni o'rganish yanada mosroq variant bo'lishi mumkin. Ushbu maqolada sigaretalar va IQOS ILUMA tamaki qizdirish moslamalaridagi is gazi darajasi ko'rib chiqiladi.
Is gazi (CO) – zaharli, rangsiz va hidsiz gazdir. U sigaretdagi yoqilg'i, yog'och yoki tamaki kabi turli xil moddalar yondirilganda ko'p miqdorda hosil bo'ladi. Bu gaz shunchalik xavfliki, ba'zi uylarda uning mavjudligi haqida ogohlantiruvchi datchiklar ham mavjud.
Is gazidan nafas olinganda, u o'pka orqali qonga o'tadi va uning kislorodni miya, yurak va mushaklar kabi organlarga o'tkazish qobiliyatini pasaytiradi.
Sigareta chekishdan tutunsiz mahsulotlarga o'tish organizmdagi is gazi miqdorini kamaytirishi va chekish bilan bog'liq zarar xavfini kamaytirishi mumkin. Chekuvchilar chekmaydiganlarga qaraganda is gazi ta’siriga ko'proq moyil ekanligini bilarmidingiz? Bu sigaretalar ko'p miqdorda is gazi chiqarishi bilan bog'liq.
Qizdiriladigan tamaki sigaretdan nimasi bilan farq qiladi? Tamakini qizdirish tizimlari kabi tutunsiz mahsulotlar ham sigaretalar bilan bir xil miqdordagi is gazi chiqarishi kerak, chunki ularda ham tamaki ishlatiladi, deb hiosblanadi. Biroq, bu IQOS ILUMA tamaki qizdirish tizimiga taalluqli emas. Sigaretalar tamakini yoqadi, bu esa ko'p miqdorda is gazi chiqaradi. IQOS ILUMAda esa tamaki yoqilmaydi, u sigaretaga nisbatan oʻrtacha 98% kamroq is gazi (CO) chiqarib, boshqa zararli moddalar miqdorini sezilarli darajada kamaytiradi.*
MUHIM АXBOROT: bu xavf-xatarning 98%ga kamayishini anglatmaydi, va is gazi sigareta tutuni tarkibidagi koʼplab zararli moddalarning faqat bir turi xolos. IQOS ILUMА mutlaqo zararsiz emas. Uning tarkibida nikotin boʼlib, u koʼnikish hissini uygʼotadi.
*Biz nikotindan tashqari Butunjahon sogʼliqni saqlash tashkiloti sigareta tutunida kamaytirishni tavsiya qilgan 9 xil zararli moddalarning darajasini oʼlchab chiqdik. Ular sigareta tutuni bilan taqqoslaganda 95%ga kamaydi.
Shuni taʼkidlash lozimki, IQOS ILUMА zararsiz emas, va chekish bilan bogʼliq salomatlikka yetkazilishi mumkin boʼlgan zararlardan xavfsirayotgan chekuvchilar uchun eng yaxshi yechim – bu tamaki yoki nikotindan batamom voz kechishdir. Biroq tarkibidagi zararli kimyoviy moddalarning kamayishi tufayli, IQOS ILUMА mahsuloti hech narsaga qaramay chekishda yoki boshqa nikotinli mahsulotlarni isteʼmol qilishda davom etuvchi katta yoshdagi chekuvchilar uchun eng yaxshi tanlov boʼlib hisoblanadi.
IQOS ILUMА tamakini qizdirish tizimlarini IQOSning rasmiy doʼkonlaridan xarid qilib olishingiz mumkin.
Yangi avloddagi IQOS ILUMА moslamalarida SMARTCORE INDUCTION SYSTEM™ innovatsion tigʼsiz qizdirish texnologiyasi ishlatilib, bu IQOSning* oldingi modellari bilan taqqoslaganda yanada yoqimli tututsiz ishlatishni taʼminlaydi.
*Tadqiqotlar 2020-yil noyabr oyidan 2021-yil mart oyigacha Italiya va Yaponiyada jami 714 nafar IQOS foydalanuvchisi oʼrtasida oʼtkazilgan.
IQOS ILUMA™ uchun faqatgina TEREA™ stiklari toʼgʼri keladi. TEREA™ stiklaridan IQOS™ning oldingi modellari bilan birga ishlatmang, chunki bu moslamangizni buzib qoʼyishi mumkin. Batafsil maʼlumot uz.iqos.com saytida.