29/04/2025

Elektron sigaretlar (veyplar) nima? 

Elektron sigaretalar va veyp qurilmalari bir narsami? Qurilmalar chekish uchun tutunsiz muqobildir va elektron sigaretalar uchun maxsus suyuqlikni qizitish uchun o'xshash mexanikaga ega. Qizitish natijasi bug'lanish deb ataladigan jarayondir.  

Butun dunyo bo'ylab ishlab chiqaruvchilar mahalliy qonunchilikda belgilangan yoshga yetgan chekuvchilarga keng tanlovni taklif qilishadi: turli shakl va formatdagi elektron sigaretalar, bir martalik qurilmalar, qayta zaryadlanuvchi tizimlar hamda bakklar va boks-modli yanada murakkab va katta qurilmalar. 


Elektron sigaretalar va veyp qurilmalarining ishlashning asosiy tamoyillari

"Veyp" yoki "elektron sigareta" - bu maxsus suyuqlikni qizitish orqali bug' hosil qiluvchi batareyadan quvvat oladigan elektron qurilmadir. Elektron sigaretalar odatda qayta zaryadlanuvchi yoki qayta zaryadlanmaydigan lityum batareya, bak yoki alohida sotiladigan oldindan to'ldirilgan kapsulalar yoki kartridjlar bilan jihozlangan. Bakli elektron sigaretlarning ishlashi bakni batareya bilan qizitiladigan suyuqlik bilan to'ldirish orqali imkonli bo’ladi.  

Piltali va g’altakli veyp qurilmalarda suyuqlikni qizitish ichki mexanizm - atomayzer (bug’latgich) ning ishlashi tufayli mumkin bo'ladi. Odatda, elektron sigaretlar uchun suyuqlik bug' hosil qilish uchun zarur bo'lgan boshqa komponentlar qatorida glitserin, propilen glikol, aromatizatorlar va nikotinni o'z ichiga oladi. 


Elektron sigaretalarning turli xillari

Elektron sigaretalar va veyp qurilmalar bir narsa bo'lsa-da, bu qurilmalarning turli xillari mavjud: veyp modlar, veyp tutqichlar, pod tizimlar va tashqi jihatdan sigaretaga o'xshash qurilmalar. 

Elektron qurilmalardagi batareya ularning uslubiga bog'liq: kattaroq veyp modlar qayta zaryadlanuvchi batareyalarga ega, ularni qayta zaryadlash yoki almashtirish uchun yechib olish mumkin; bir martalik ixcham qurilmalarda batareya tizimga birlashtirilgan.  


IQOS tutunsiz tamaki qizitish tizimlari

Agar siz IQOS elektron sigaret ekan deb hisoblasangiz, bunday emas. IQOS da ham yonish jarayoni bo’lmasa-da, unda maxsus suyuqlik o'rniga presslangan tabiiy tamakidan foydalaniladi. Ushbu asosiy farq IQOS ni veyplar toifasiga kiritishga to'sqinlik qiladi. 

Shu sababli, IQOS – chekish uchun tutunsiz muqobil deyish to'g'riroq bo'lib, undan foydalanish baklar va modlar bilan murakkab tizimlarni bilishni talab qilmaydi, chunki IQOS qurilmalari – nikotin iste'molidan voz kechish niyatida bo'lmagan 21 yoshdan oshgan odamlar uchun an'anaviy sigaret chekishning eng yaxshi muqobilidir. Ammo shuni ta'kidlash kerakki, IQOS mahsulotlari va qurilmalari zararsiz emas va tarkibida bog’liqlikni keltirib chiqaradigan nikotin mavjud. 

IQOS liniyasidagi eng yangi innovatsion mahsulotlardan biri – bu IQOS ILUMA tamaki qizitish qurilmasidir. Sigaretlardan farqli o'laroq, IQOS ILUMA tamakini yoqmaydi va shuning uchun tutun chiqarmaydi. IQOS sigaretaga nisbatan oʻrtacha 95% kamroq zararli kimyoviy moddalar chiqaradi.* Biroq bu xavfni 95 foizga kamaytiradi degani emas. IQOS zararsiz emas.

IQOS ILUMA qurilmalari qurilma ichiga joylashtiriladigan maxsus ishlab chiqilgan TEREA tamaki tayoqchalaridan foydalanadi. Shuni aytish kerakki, IQOS ILUMA tozalashni talab qilmaydi - qurilmalarda induksion qizitish texnologiyasi ishlatilgan, buning natijasida tamaki ichkaridan qizitiladi va kul qoldirmaydi, chunki qizitish unsuri stik ichida joylashgan**.

IQOS ILUMA uchun liniyada turli xil TEREA stiklari taqdim etilgan, ular ta'mlari intensivligi va xushbo'yligi bo'yicha farqlanadi.  

IQOS ILUMA haqida va barcha modellar haqida batafsil ma’lumotni buyerda olishingiz mumkin.

IQOS mahsulotlari va qurilmalari zararsiz emas va bog‘lanib qolishni keltirib chiqaradigan nikotinni inson badaniga yetkazib beradi. 21 yoshdan oshgan har qanday chekuvchi qabul qilishi mumkin bo'lgan eng yaxshi qaror - bu tamaki va nikotindan butunlay voz kechishdir. IQOS chekishni tashlashga muqobil yoki chekishni tashlashga yordam beradigan vosita emas.



*«95 foizga kamroq» bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti sigareta tutunida nikotindan tashqari kamaytirishni tavsiya etadigan 9 ta zararli modda darajasining o‘rtacha pasayishi. **Stik – qizdiriladigan tamaki tayoqchasi
Ushbu maqola faqat o’quv va ma'lumot olish maqsadlarda foydalanish uchun mo'ljallangan. Ushbu maqolada keltirilgan ma'lumotlarning bir qismi tashqi, mustaqil manbalarga asoslangan va biz bunday ma'lumotlarning to'g'riligi, ahamiyatliligi yoki to'liqligi haqida hech qanday bayonot yoki kafolat bermaymiz.

HEETS sotuvdan chiqarilmoqda: endi nima qilish kerak?
O’qishni davom ettirish.
Qizdiriladigan tamaki holatida xavfni kamaytirish deganda nima tushuniladi?
O’qishni davom ettirish.
Is gazi darajasi: Qizdiriladigan tamakiga qarshi Sigaretalar
O’qishni davom ettirish.
Yangil yilni birga nishonlaymiz!
O’qishni davom ettirish.
Tayanish mumkin bo’lgan g’amxo’rlik.
Ishonish mumkin bo’lgan g’amxo’rlik.
Sizning qurilmangizni qo’llab-quvvatlash.
1 yil kafolat, almashtirish va xalqaro qo’llab-quvvatlash.