31/10/2025

Tamakini qizitish qurilmalarini xavfsiz quvvatlash bo'yicha ko'rsatmalar

Agar siz oddiy sigaretani tamakini qizitish tizimiga almashtirgan bo'lsangiz, qurilmani qanday qilib to'g'ri quvvatlashni bilish muhimdir. Bu, ayniqsa, o'rnatilgan batareyali modellar uchun dolzarbdir. Qurilmaning haddan ortiq qizishiga qanday yo’l qo’ymaslik va ishlash muddatini uzaytirishni gaplashaylaylik.

Muhim: tamakini qizitish tizimlari butunlay zararsiz emas. Ularning tarkibida tobelikni keltirib chiqaradigan nikotin mavjud nikotin bor. Eng xavfsiz tanlov – tamaki va nikotinni butunlay tashlashdir. Ammo agar siz nikotindan butunlay voz kechishga tayyor bo'lmasangiz, Sizga sigaretani chekishni davom ettirish bilan solishtirganda kamroq zararli muqobilni taklif etamiz.


Nima uchun akkumulyatorlar ishdan chiqadi

Batareya bilan bog'liq muammolar ko'pincha ishlab chiqarishdagi nuqson tufayli emas, balki quvvatlash jarayonidagi muammolar tufayli yuzaga keladi. Asosiy sabablar:

• Mexanik shikastlanish. Korpusdagi yoriqlar va deformatsiyalar qurilmaning ishlashini buzishi mumkin.

• To'g'ri kelmaydigan quvvatlagich. Boshqa qurilmaning quvvatlagichidan foydalanish akkumulyatorning haddan ortiq qizib ketishiga olib kelishi mumkin.

• Batareyaning eskirishi. Agar qurilma tezda quvvatini yo'qotsa, bu akkumulyatorni almashtirish zarurligini ko'rsatishi mumkin.

• Noutbuk orqali quvvatlash. Turg’un bo’lmagan va zaif tok vaqt o'tishi bilan batareyaga zarar yetkazishi mumkin.

• Kirlangan kontaktlar. Chang va kirlik to'g'ri quvvatlashga xalaqit beradi va qurilmaning haddan ortiq qizib ketishiga olib kelishi mumkin.


Qurilmani parvarish qilish: oddiy maslahatlar

• Qurilmani kerak bo'lgandan ortiq quvvatlashda qoldirmang.

• Quvvatlagandan keyin qurilmani elektr tarmog'idan uzganingizga ishonch hosil qiling.

• To'g'ridan-to'g'ri quyosh nuri va yuqori haroratdan uzoqroq tuting.

• Quvvatlash kontaktlarini chang va kirlikdan muntazam tozalang.

Ushbu oddiy tavsiyalarga rioya qilish nosozliklarning oldini olishga va tamakini qizitish tizimining ishlash muddatini uzaytirishga yordam beradi.


Quvvatlash uchun qancha vaqt ketadi?

Quvvatlash vaqti muayyan qurilma modeliga, akkumulyator hajmiga va foydalanish chastotasiga bog'liq. O'rtacha hisobda, jarayon 30 daqiqadan 2 soatgacha davom etadi. Eng yaxshi qo'llanma – ishlab chiqaruvchining ko'rsatmalaridir. Qisqa quvvatlashlar ko'pincha uzoq davom etuvchi quvvatlashlarga qaraganda ehtiyotliroq. IQOS ILUMA™ qizitish tizimini quvvatlash haqida ma'lumot olish uchun «Birinchi qadamlar» ga qarang.


Uni kechasi quvvatlashda qoldirish mumkinmi?

Texnik jihatdan maqbul bo'lsa-da, tamakini qizitish qurilmasini bir kecha quvvatlashda qoldirish tavsiya etilmaydi. Bu akkumulyatorga qo'shimcha yuk beradi va vaqt o'tishi bilan uning ishlash muddatini qisqartiradi. Qurilma to‘liq quvvatlangandan so‘ng darhol uni elektr tarmog‘idan uzib qo‘ygan ma’qul.


Qurilmani quvvatlanayotganda ishlatish mumkinmi?

Yo'q, bunga qo’l qo’ymagan ma’qul. Quvvatlanayotganda qurilmadan foydalanish akkumulyatorga yukni oshiradi va haddan ortiq qizish xavfini oshiradi. Optimal usuli – quvvatlash tugaguncha kutish.


Xavfsiz qurilmani tanlash: nimaga e’tibor qaratish kerak

Rasmiy sertifikatlangan ishonchli ishlab chiqaruvchilar va tizimlarni tanlang. Masalan, IQOS ILUMA™ tamaki qizitish tizimi induksion texnologiyadan foydalanadi, tozalashni talab qilmaydi va elektron sigaretlar toifasiga kirmaydi. Batafsil ma'lumotni «IQOS ILUMA haqida ma'lumot» bo'limida o'qing.

Yuqori sifatli va ishonchli qurilma – ishonchli tanlov uchun asosdir.




O'zbekistonda tamaki qizitish tizimlari haqida afsonalar va faktlar
O’qishni davom ettirish.
IQOS ILUMA va elektron sigaretalar o'rtasidagi farq nima?
O’qishni davom ettirish.
IQOS bilan bog'liq tajribangiz yangi bosqichga chiqsachi?
O’qishni davom ettirish.
TEREA qatorini yangi kapsulali ta’m bilan to‘ldirsak-chi? Qiziqarlimi?
O’qishni davom ettirish.
Tayanish mumkin bo’lgan g’amxo’rlik.
Ishonish mumkin bo’lgan g’amxo’rlik.
Sizning qurilmangizni qo’llab-quvvatlash.
1 yil kafolat, almashtirish va xalqaro qo’llab-quvvatlash.