Yangi IQOS ILUMA i

Yangi sensor ekranli qurilma klaasik dizaynda
Yangi IQOS ILUMA i aqlli funksiyalar bilan
Yangi kengaytirilgan funksiyalar tufayli yanada yaxshiroq bo’ldi
IQOS ILUMA i ushlagichi
IQOS ILUMA i quvvatlash qurilmasi
Quvvatlash uchun sim
Kafolat muddati 12 oy.
Agar qurilmangiz registratsiya qilingan bo‘lsa, siz qo‘shimcha imtiyoz - xalqaro kafolat yordamiga ega bo‘lasiz.
Tutqic
Balandligi - 101 mm.
Eni - 14,5 mm.
Diametri - 14,5 mm.
Og‘irligi - 31 g.

Zaryadlash qurilmasi
Balandligi - 121,5 mm.
Eni - 47 mm.
Diametri - 23,4 mm.
Og‘irligi - 112 g.
Type C
Alyuminiy (ushlagich), plastmassa (zaryadlash moslamasi)
Sensorli ekran
Seansni 8 daqiqagacha to‘xtatib turish va uni yangittan davom ettirish uchun¹
Pauza
Qurilma holatini bilish va seansni bir teginishda boshqarish uchun
FlexPuff
Qo‘shimcha tortishlar⁴ olish va seansni o‘zingizga moslashtirish uchun
FlexBattery
Eko va Unumdorlik rejimlarida batareya quvvatini ehtiyotkorona va samarali sarflash uchun. Akkumulyatorning qo‘shimcha 1 yiligacha² xizmat qilishi va ketma-ket 3 seansgacha³
Avtostart
SMARTCORE INDUCTION SYSTEM™ qizdiriladigan tamaki mahsulotlari qo‘yilganda qizdirish avtomatik ravishda boshlanadi.
¹Faqatgina Unumdorlik rejimida, dastlabki 3 daqiqada yoki 8 ta tortish davomida. Pauza yoqilganda, Unumdorlik rejimi ikkitagacha ketma-ket seans olish imkonini beradi, bunda pauza faqat ulardan biri uchun ishlaydi.
²Ushlagichning butun xizmat muddati davomida faqatgina Eko rejimida to‘liq foydalanilganda; individual iste’molga qarab o‘zgarishi mumkin.
³Pauza faollashtirilmagan bo‘lsa, faqat Unumdorlik rejimida ishlaydi.
⁴FlexPuff tamaki stiklari bilan ishlatish uchun mo'ljallangan. Tortishlar soni va ularning faollashishi foydalanishning individual xususiyatlariga bog'liq, shuning uchun qo'shimcha tortishlar barcha chekuvchilar uchun ham mavjud bo'lmasligi mumkin. FlexPuff funksiyasi pauzadan foydalanganda faollashtirilmaydi.

TEREA ta’mlar kolleksiyasi:

TEREA™ qizdiriladigan tamaki mahsulotlarini yutmang yoki qismlarga ajratmang.

Ushbu mahsulot o‘tkir metall qismni o‘z ichiga olgan bo‘lib, uni yutish jiddiy shikastlanishlarga olib kelishi mumkin. Bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlang.

Ushbu mahsulot zararsiz emas, uning tarkibida tobelikka olib keladigan nikotin mavjud. Faqat chekishni davom ettirishni yoki tarkibida nikotin saqlovchi mahsulotlardan foydalanishni xohlaydigan 21 va undan katta yoshdagi shaxslar foydalanishi uchun. 
IQOS ILUMA i tez-tez so‘raladigan savollar
IQOS ILUMA i™ — bu chinakam shaxsiylashtirilgan tajriba uchun mo‘ljallangan bir qator kengaytirilgan funksiyalarga ega qurilmalarning yangi liniyasidir.
Liniyada uchta qurilma taqdim etilgan: IQOS ILUMA i PRIME™, IQOS ILUMA i™, va IQOS ILUMA i ONE™.

IQOS ILUMA i™ IQOS ning oldingi avlodlariga qaraganda koʻproq funksiyalarni, jumladan foydalanish paytida sensorli ekranda koʻrsatiladigan asosiy maʼlumotlarni taqdim etadi:
• oldindan qizdirish holati (davomiyligi va tugashi);
• seansning qolgan vaqti;
• mavjud seanslar soni (bir, ikki yoki uchta).
IQOS ILUMA i PRIME™, IQOS ILUMA i™ va IQOS ILUMA i ONE™ quilmalari bilan siz shuningdek ilg’or funksiyalardan ham foydalana olasiz:
• quvvatlashsiz ketma-ket uchta seansgacha (unumdorlik rejimida¹, agar “Pauza rejimi” ² faollashtirilmagan bo'lsa);
• seansni pauzaga qo’yish va keyinroq davom ettirish imkoniyati;
• FlexPuff — tortimlarning moslashuvchan boshqarilishi;
• FlexBattery — ushlagich batareyasi ish rejimini tanlash.

¹ Pauza faollashtirilmagan bo‘lsa, faqat Unumdorlik rejimida ishlaydi.
² Pauza rejimi faqat Unumdorlik rejimida, seansning dastlabki 3 daqiqasi yoki 8 ta tortimi davomida mavjud.
IQOS ILUMA i™ va IQOS ILUMA™ SMARTCORE INDUCTION SYSTEM™ texnologiyasidan foydalangan holda tamakini qizdiradi va sigaretaga muqobil hisoblanadi.
Farqi shundaki, IQOS ILUMA i™ — klassik IQOS ILUMA™ imkoniyatlarini kengaytiruvchi va tajribani yanada shaxsiylashtiradigan innovatsion qurilmalar liniyasidir.
IQOS ILUMA i™ va IQOS ILUMA™ oʻrtasidagi asosiy farqlar quyidagilardir:
1. Sensorli ekran:
Haqiqiy vaqtda quyidagilarni ko'rish imkonini beradi:
• oldindan qizdirish holati (davomiyligi, tugashi);
• seansning qolgan vaqti;
• mavjud seanslar soni (bir yoki ikkita).
2. Moslashuvchan foydalanish va shaxsiylashtirish uchun yangi funksiyalar:
• “Pauza rejimi*” yordamida seansni to‘xtatib turish va davom ettirish;
• FlexPuff funksiyasi tufayli foydalanish uslubiga moslashtirish;
• FlexBattery funksiyasi orqali ushlagich batareyasining ishlash muddatini sozlash.
*Pauza rejimi faqat ishlash rejimida, seansning dastlabki 3 daqiqasi yoki 8 ta tortimi davomida mavjud.
1. Qurilmani yoqing: Quvvatlagich tugmachasini 4 soniya bosib turing, so'ng uni qo'yib yuboring. Quvvatlagich va ushlagich holat indikatorlari asta-sekin yonadi.
2. Ushlagichni quvvatlagichga joylashtiring va qopqog'ini yoping. Ushlagichning holat indikatori batareya darajasini ko'rsatadi.
3. Ushlagichni quvvatlagichdan chiqarib oling va TEREA™* qizitiladigan tamaki mahsulotini ushlagich tebranguncha filtrdagi chiziqqa qadar joylashtiring.
4. Oldindan qizitish avtomatik ravishda (AutoStart) yoki sensorli ekranda yuqoriga surish orqali boshlanadi. Holat ekranda paydo bo'ladi (taxminan 20 soniya).
5. Ikkinchi tebranishdan keyin ishlatishni boshlash mumkin.
6. Sensorli ekrandagi teskari hisob indikatori qolgan foydalanish vaqtini ko'rsatadi.
7. Tugashdan 30 soniya oldin yoki ikkita tortim qolganda ushlagich tebranadi.
8. Ishlatilgan TEREA™* qizdiriladigan tamaki mahsulotini chiqarib oling va uni xavfsizlik ko'rsatmalariga muvofiq chiqitga tashlang.
9. Quvvatlash uchun ushlagichni quvvatlagichga qayta joylang.

*TEREA™ qizdiriladigan tamaki mahsulotlarini yutmang yoki qismlarga ajratmang.
Ushbu mahsulot o‘tkir metall qismni o‘z ichiga olgan bo‘lib, uni yutish jiddiy shikastlanishlarga olib kelishi mumkin. Bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlang.
Qo‘shimcha ma’lumot uz.iqos.com saytida.
Qurilmaning akkumulyatori quvvati darajasini tekshirish uchun tugmani bosing va qo'yib yuboring.
Indikatorlar batareya holatini ko'rsatadi:
• 4 ta LED — 75% dan ortiq
• 1 LED - 25% dan kam
• Uch marta to'q sariq rangda miltillash — batareya to'liq quvvatsizlangan va qayta quvvatlashni talab etadi.

Ushlagichning quvvat darajasini tekshirish uchun uni o'zingizga eging yoki sensorli ekranga teging - ekrandagi indikatorlar darajani ko'rsatadi.

Agar ushlagich to'liq quvvatsizlangan bo'lsa, sensorli ekrandagi yorug'lik halqasi "0" ni ko'rsatadi va ort yorug'lik yonmaydi.
1. Ushlagichni quvvatlash moslamasiga joylang.
2. Quvvatlagichdagi tugmachani 10 soniya bosib turing.
3. Barcha indikatorlar o'chadi, ikki marta miltillaydi va keyin yana yonadi — bu sozlamalar qayta o'rnatilganligini bildiradi.
4. Tugmani qo'yib yuboring.
Ha, Siz avvalgi IQOS™ (IQOS ORIGINALS DUO™, IQOS lil Solid 2.0™) modellaridagi quvvat adapteridan foydalanishingiz mumkin

Quvvatlash uchun USB Type-C kabeli kerak.
Qurilma to'g'ri quvvatlanishini ta'minlash uchun quvvat adapterining quyidagi shartlarga javob berishiga ishonch hosil qiling:
• 10 Vt (5 V, 2 A) quvvatini beradi
• CE xavfsizlik belgisiga ega (adapter yoki o‘ramda ko‘rsatilgan).

Quvvat adapterining texnik xususiyatlarini to'g'ridan-to'g'ri adapter korpusida yoki uning qutisida topish mumkin.
Siz uchta variantdan birini tanlashingiz mumkin:
1. Oldingi IQOS™ (IQOS ORIGINALS DUO™, IQOS lil Solid 2.0™) qurilmalaridagi adapter
2. IQOS™ do'konlaridan sotib olingan yangi adapter.
3. Sertifikatlangan uchinchi tomon adapteri (5 V, 2 A, xavfsizlik sertifikati bilan — odatda yirik elektronika do'konlarida sotiladi).

Zaryadlashdan oldin qurilmadagi USB porti toza, chang va begona zarralardan xoli ekanligini tekshirishni tavsiya etamiz. 

Agar Siz uchinchi tomon adapteridan foydalansangiz, quyidagilarga ishonch hosil qiling:
• 10 Vt quvvat chiqaradi (5 V, 2 A — o‘ram yoki adapter korpusida ko‘rsatilgan)
• xavfsizlik sertifikatiga ega (PSE belgisi bilan belgilangan)
• IQOS™ kabeli (USB Type-C) bilan mos keladi
• kamroq quvvat chiqishiga ega emas, chunki bu quvvatlashni sekinlashtiradi va nosozliklar yoki xavfsizlik xatariga olib kelishi mumkin.
Quvvat adapterining xususiyatlarini uning korpusi yoki o'ramida tekshirish mumkin.
FlexPuff — bu IQOS ILUMA i PRIME™ va IQOS ILUMA i™ qurilmalarida mavjud bo'lgan innovatsion funksiya bo'lib, avvalgidan ham moslashuvchan foydalanishni ta'minlaydi. Tortim uslubingizga qarab, qurilma Sizga moslashadi va 6 daqiqa davomida qo'shimcha tortimlar* berishi mumkin.

FlexPuff IQOS™ ilovasi orqali faollashtiriladi, yangi qurilmalarda esa sukut bo'yicha yoqilgan. Seans davomida qurilma iste'mol qilingan aerozol miqdorini tahlil qiladi va FlexPuff ni avtomatik ravishda faollashtiradi. Agar hajmi ma'lum darajadan bo’lsa, Siz xuddi shu 6 daqiqalik seans doirsida qo'shimcha tortimlar* olishingiz mumkin bo'ladi.

E’tibor bering: agar foydalanish vaqtida “Pauza rejimi” yoqilgan boʻlsa, joriy seans davomida FlexPuff funksiyasi faollashtirilmaydi. Uni ishlatganda, sensorli ekranda mavjud bo'lgan qo'shimcha tortimlar soni ko'rsatiladi* va indikator jarayon tugaguncha soat miliga teskari yo'nalishda harakatlanadi.

FlexPuff Sizning shaxsiy foydalanish xususiyatlaringizni hisobga oladi, shuning uchun kengaytirilgan seans har doim ham mavjud emas.

*FlexPuff TEREA™ qizdiriladigan tamaki mahsulotlari uchun mo‘ljallangan. Tortimlar soni va ularning faollashishi foydalanishning individual xususiyatlariga bog'liq, shuning uchun qo'shimcha tortimlar 21 va undan katta yoshdagi barcha tamaki foydalanuvchilari uchun mavjud bo'lmasligi mumkin.
FlexPuff funksiyasi Pauzadan foydalanganda faollashtirilmaydi.

*TEREA™ qizdiriladigan tamaki mahsulotlarini yutmang yoki qismlarga ajratmang. Ushbu mahsulot o‘tkir metall qismni o‘z ichiga olgan bo‘lib, uni yutish jiddiy shikastlanishlarga olib kelishi mumkin. Bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlang. Qo‘shimcha ma’lumot uz.iqos.com saytida.
Pauza rejimi faqat IQOS ILUMA i PRIME™ va IQOS ILUMA i™ qurilmalarida mavjud. Bu funksiya seansni vaqtincha to'xtatib turish va uni 8 daqiqa ichida davom ettirish imkonini beradi. Agar ushbu vaqt ichida seans davom ettirilmasa, ushlagich avtomatik ravishda o'chadi.
Pauza rejimini quyidagi holatlarda yoqish mumkin:
• faqat unumdorlik rejimida;
• faqat ketma-ket ikkita seansdan biri davomida;
• seansning dastlabki 3 daqiqasida yoki birinchi 8 ta tortimida.

Pauza rejimi qanday ishlaydi?
1. Pauza rejimini faollashtirish uchun sensorli ekranda pastga suring. Qisqa tebranish faollashtirishni tasdiqlaydi.
2. Pauza rejimida ekrandagi indikatorlar qolgan vaqtni ko'rsatish uchun “soat 12” holatidan boshlab soat miliga teskari yo'nalishda asta-sekin o'chadi.
3. Pauza rejimi 8 daqiqa davom etsa, ushlagich o'chadi. Tebranish vaqt o'tganligini bildiradi.
4. Davom etish uchun ekranda tepaga suring. E’tibor bering: Pauza rejimidan foydalanganda, tortimlarning umumiy soni 14 ta bilan (shu jumladan Pauza rejimidan oldin va keyin olingan tortimlar) cheklangan.
5. Seansni qayta boshlagandan so'ng, qurilma o'rtacha 20 soniya davom etadigan oldindan qizitish bosqichini amalga oshiradi. Bu vaqt ichida ekranda tutashgan yorug'lik doirasi paydo bo'ladi.
6. Tebranish va ort yorug'lik ushlagich yana foydalanishga tayyor ekanligini ko'rsatadi.
FlexBattery — innovatsion funksiya bo‘lib, faqat IQOS ILUMA i PRIME™ va IQOS ILUMA i™ qurilmalarida mavjud. U sizga ushlagich batareyasi qanday ishlashini tanlash imkonini beradi: unumdorlik rejimida yoki Eko rejimida.
Sukut bo'yicha, qurilma Unumdorlik rejimiga o'rnatiladi.
Rejimlar o‘rtasida almashish faqat rasmiy IQOS ™ do‘konlarida mumkin.
Unumdorlik rejimi (standart):
• har biri 6 daqiqagacha bo'lgan ketma-ket ikki seansgacha. Seanslardan birida "Pauza rejimi" ishlatilishi mumkin;
• Pauza rejimi ishlatilmasa, har biri 6 daqiqagacha bo'lgan ketma-ket uchta seansgacha.
• E’tibor bering: sensorli ekran uchinchi seansni bevosita ko'rsatmaydi. Ikkinchi seansdan so'ng ekranda yana bir mavjud seansni bildiruvchi "-" belgisi paydo bo'ladi. Seanslar qolmaganda, ekranda "0" ko'rsatiladi.
Eko rejimi:
• 6 daqiqagacha bo'lgan faqat bitta seans mavjud;
• “Pauza rejimi” mavjud emas;
• faollashtirish faqat rasmiy IQOS ™ do'konlarida mumkin;
• Eko rejimidan muntazam foydalanish ushlagich batareyasining ishlash muddatini sezilarli darajada uzaytirishga yordam beradi (natijalar individual foydalanishga qarab farq qiladi).
IQOS ILUMA i PRIME™ va IQOS ILUMA i™ sensorli ekranlarida ikkita LED yorqinligi darajasi mavjud: “Yuqori” va “Past”.
LED yorqinligini o'zgartirish uchun sensorli ekranga besh marta bosing. LED yorqinligi 100% (yuqori) va 30% (past) oralig'ida. IQOS ILUMA i PRIME™ va IQOS ILUMA i™ qurilmalarida mavjud seanslar soni sensorli ekranda ko'rsatiladi.

Tekshirish uchun ekranga bir marta bosing:
• Ikki gorizontal chiziq: — 2 seans mavjud;
• bitta chiziq: — 1 seans mavjud;
• Ikkinchi seansdan so'ng uchinchi seans mavjudligini bildiruvchi qo'shimcha chiziq paydo bo'ladi;
• “0” boshqa seanslar yo‘qligini va ushlagich quvvatlanishi kerakligini bildiradi.
Yo‘q, Siz IQOS ILUMA i™ qurilmalar liniyasidan HEETS™ qizitiladigan tamaki mahsulotlari bilan foydalana olmaysiz.

IQOS ILUMA i ™ qurilmalari faqat TEREA™* qizitiladigan tamaki mahsulotlari bilan foydalanish uchun moʻljallangan, chunki ular eksklyuziv tizim doirasida birgalikda ishlaydi. IQOS ILUMA i™ va TEREA™* qizitiladigan tamaki mahsulotlarini oldingi avlod IQOS™ qurilmalari bilan ishlatmang, chunki bu qurilmaga zarar yetkazishi mumkin.

*TEREA™ qizdiriladigan tamaki mahsulotlarini yutmang yoki qismlarga ajratmang.
Ushbu mahsulot o‘tkir metall qismni o‘z ichiga olgan bo‘lib, uni yutish jiddiy shikastlanishlarga olib kelishi mumkin. Bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlang.
Qo‘shimcha ma’lumot uz.iqos.com saytida.
Bir to’xtamga kelolmayapsizmi?
IQOS ILUMA modellarini solishtirish
Yangilik

IQOS ILUMA i PRIME

Bizning eng mukammal
qurilmamiz.

Sensorli ekran
Pauza
FlexBattery
FlexPuff
Avtostart
Ketma-ket 3 ta seans¹
Yangilik

IQOS ILUMA i

Yangi sensor ekranli qurilma klassik dizaynda.

Sensorli ekran
Pauza
FlexBattery
FlexPuff
Avtostart
Ketma-ket 3 ta seans¹
Yangilik

IQOS ILUMA i ONE

Yangi qurilma.
Hammasi bir narsada.

Sensorli ekran
Pauza
FlexBattery
FlexPuff
Avtostart
Ketma-ket 20 ta seans¹
¹Faqatgina Unumdorlik rejimida pauza funksiyasini o’chirgan holda. 
Ushbu mahsulot zararsiz emas va ko’nikishni chaqiradigan nikotinni saqlaydi. Faqat voyaga yetganlar uchun.