IQOS nima?
Yangi darajadagi texnologiya
Foydalana boshlashning asosiy sabablari
Ilmiy yondashuv haqida ma’lumot oling
Premium uslub va innovatsiya mujassamligi
Klassik dizayndagi innovatsiya
Yangi texnologiya ixcham formatda
IQOS nima?
Yangi darajadagi texnologiya
Foydalana boshlashning asosiy sabablari
Ilmiy yondashuv haqida ma’lumot oling
2017 yil 10 yanvardan boshlab amal qiladi
«Tashkent Tobacco Distribution» MChJ QKga (bundan keyin ushbu Cookie-fayllardan foydalanish to‘g‘risidagi xabarnomada "biz" deb yuritiladi) tegishli bo‘lgan va u yoki uning nomidan foydalaniladigan WWW.IQOS.COM veb-saytiga (bundan buyon matnda Veb-sayt deb yuritiladi) xush kelibsiz.
Ushbu Cookie-fayllardan foydalanish to‘g‘risidagi xabarnomada biz tomondan veb-saytimizda tashrif buyuruvchilar haqidagi muayyan ma’lumotlarni avtomatik ravishda to‘plash uchun cookie-fayllardan va shunga o‘xshash kuzatuv texnologiyalaridan foydalanish tartibi ta’riflangan. Shuningdek, unda biz foydalanadigan cookies fayllar ishlatilishini qanday qilib qabul qilishingiz yoki rad qilishingiz mumkinligi tushuntirilgan.
Cookies fayllar o‘zi nima?
Cookies fayllar - bu kompyuteringizda joylashgan va biron bir veb-saytga kirishingiz uchun zarur bo‘lgan kichik matnli fayllardir. Cookies fayllar veb-sayt egalari tomonidan veb-saytlarning ishini ta’minlash yoki ish samaradorligini oshirish va hisobot ma’lumotlarini taqdim etish uchun keng qo‘llaniladi.
Veb-sayt egasi tomonidan sozlangan cookies fayllar "asosiy" cookies” deb nomlanadi. Veb-sayt egasi bo‘lmagan boshqa shaxs tomonidan sozlangan cookies fayllar "begona" cookies” fayllar deb nomlanadi. "Begona" cookies” fayllar veb-saytda mustaqil opsiyalarning (masalan, tahlil vositalarining) ishlashini ta’minlaydi. Ushbu begona cookies fayllarni sozlash bilan shug‘ullanuvchi shaxslar yuqorida aytilgan veb-saytga yoki boshqa veb-saytlarga kirganingizda kompyuteringizni aniqlay oladilar.
Nima uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz?
Biz ulardan veb-saytimizga tashrif buyuruvchilar haqidagi muayyan ma’lumotlarni to‘plash uchun foydalanamiz. Bunday ma’lumotlar kompyuteringizning IP-manzili, brauzer turi va ekranning aniqligi, shuningdek, ba’zi tahliliy ma’lumotlar (masalan, qaysi sahifalar va qancha vaqt ko‘rilganligi) yoki afzal ko‘riladigan narsalar (masalan, tilni tanlash) haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Ushbu ma’lumotlar bizga tashrif buyuruvchilarning veb-saytimizdan qanday foydalanishini tushunish va uni yanada funksional qilish imkoniyatini beradi. Biroq, bunday ma’lumotlarni to‘plash, tashrif buyuruvchilar o‘z ixtiyori bilan rozilik bermagan taqdirda ularning shaxsini aniqlay olmasligimizni nazarda tutgan holda amalga oshiriladi.
Veb-saytimiz orqali olinadigan cookies fayllar va ularning maqsadlari quyidagi jadvalda ta’riflangan.
Men cookies fayllarni qanday boshqarishim mumkin?
GO.IQOS.UZ veb-saytidan foydalanish orqali siz asosiy cookies fayllardan foydalanishga rozilik bildirasiz, chunki saytda ishlash saytning ayrim elementlarining ishlashini ta’minlovchi asosiy cookies fayllardan foydalanishni nazarda tutadi.
Agar siz asosiy cookies fayllarni qabul qilishni istamasangiz, unda saytdan foydalanishni to‘xtatishingiz va brauzer sozlamalari orqali kompyuteringizda yaratilgan cookies fayllarni yo‘q qilishingiz lozim.
GO.IQOS.UZ shuningdek, "Google analytics xizmatidan yoki boshqa veb-saytlarni tahlil qilish vositalaridan foydalanasizmi?" bandida ko‘rsatilganidek, “Google, Inc» korporatsiyasi (bundan keyin matnda "Google" deb nomlanadi) tomonidan taqdim etilgan Google Analytics xizmatidan foydalanadi.
"Google analytics xizmatidan yoki boshqa veb-saytlarni tahlil qilish vositalaridan foydalanasizmi?" bandidagi ko‘rsatmalarga rioya qilib, Google taqdim etgan begona cookies fayllardan foydalanishni rad etishingiz mumkin. Sizga o‘z tizim ma’muringizning yordami kerak bo‘lishi mumkin.
Shuni bilingki, agar siz begona cookies fayllardan foydalanishni rad qilishga qaror qilsangiz, bu veb-saytimizning ayrim funksional imkoniyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Maqsadli reklama bilan shug‘ullanasizmi?
Yo‘q. Hozirgi vaqtda biz veb-saytimiz orqali maqsadli reklama uchun cookies fayllarni qabul qilmaymiz va uchinchi shaxslarga ham buni amalga oshirishga ruxsat bermaymiz.
"Google analytics xizmatidan yoki boshqa veb-saytlarni tahlil qilish vositalaridan foydalanasizmi?"
WWW. IQOS.COM “Google, Inc» korporatsiyasi (bundan keyin matnda "Google" deb nomlanadi) tomonidan taqdim etilgan Google Analytics xizmatidan foydalanadi. Google Analytics xizmati foydalanuvchilarning saytdan foydalanishlarini tahlil qilishga yordam beruvchi cookies fayllardan foydalanadi. Cookies fayllar yordamida sizning veb-saytdan foydalanishingiz haqida olingan ma’lumotlar (shu jumladan sizning IP-manzillaringiz) AQShdagi Google korporatsiyasiga uzatiladi. IP-manzilning qayerda (Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar, Yevropa iqtisodiy zonasi to‘g‘risidagi Bitimning boshqa taraflari yoki boshqa biron bir mamlakatda) joylashganligi muhim emas, Google IP-manzilning oxirgi oktet (IPv4 manzillari uchun) yoki oxirgi 80 bit (IPv6 manzillari uchun) ma’lumotlarini shaxssizlantiradi (bu "IP-niqoblash" deb nomlanadi). Google buni amalga oshirishining sababi - biz tomondan uning barcha mamlakatlarga mo‘ljallangan "anonymizeIP" tizimining faollashtirilganligidir. Va nihoyat, Google shaxssizlantirilgan ma’lumotlarni AQShdagi serverlarda saqlaydi. Google ushbu ma’lumotlarni bizning nomimizdan sizning veb-saytdan foydalanishingizni baholash, biz uchun veb-sayt faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzish va veb-saytning ishi va Internetdan foydalanish bilan bog‘liq boshqa xizmatlarni taqdim etish uchun ishlatadi. Google sizning IP-manzilingizni o‘zidagi mavjud boshqa biron bir ma’lumotlarga bog‘lamaydi.
Men cookies fayllarni qanday boshqarishim mumkin? bandida aytilganidek, siz bu yerdan ulanadigan brauzer modulini yuklab olish va o‘rnatish orqali Google tomonidan ma’lumotlarning (cookies va IP-manzillarning) to‘planishi va ishlatilishini taqiqlashingiz mumkin. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun, biz tomondan Google analytics serveridan foydalanish shartlari, ma’lumotlarning maxfiyligi va xavfsizligi masalalari bo‘yicha Google tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar hamda Google tomonidan ma’lumotlarning maxfiyligini saqlash to‘g‘risida xabar berish shartlari bilan tanishish uchun quyidagi havolalarga o‘ting.
Veb-saytga tashriflar sonini kuzatib borish uchun cookie-fayllar qo‘llanmaydigan texnologiyalardan (masalan, Web Beacons, LSOs va h.k.) foydalanasizmi?
Yo‘q. Hozirgi vaqtda veb-saytimizga tashrif buyuruvchilar haqidagi ma’lumotlarni to‘plash maqsadida faqat yuqorida ta’riflangan cookie fayllardan foydalanamiz.