30/05/2024

Tamaki qizdirish tizimlari nima?

Tamakini yoqmasdan qizdirish tizimini yaratish g'oyasi uzoq vaqt oldin paydo bo'lgan. Ko'p yillik tadqiqot va ishlanmalardan so'ng, “Philip Morris International” (PMI) kompaniyasi nihoyat buni haqiqatga aylantirdi va o’zga holatda chekishni davom ettiradigan yoki nikotinni o'z ichiga olgan boshqa mahsulotlardan foydalanishni davom ettiradigan katta yoshdagi tamaki iste'molchilariga muqobil variant taklif qildi.


Sigaret chekish uchun uni yoqish kerak. Sigaretaning uchidagi harorat 600°C, tortish paytida esa 800°C dan oshishi mumkin. Aynan yonish jarayonida chekuvchi tomonidan tutun bilan birga nafas olinuvchi zararli va potentsial zararli kimyoviy moddalarning aksariyati ajralib chiqadi.


PMI kompaniyasining IQOS ILUMA tamaki qizdirish tizimlari qayta ishlangan tamakini 350°C ga qadar qizdirib, kuyish, kul va sigaret tutunisiz uning haqiqiy ta'mini ochib beradi. Yonish yo'qligi tufayli IQOS ILUMA tamaki qizdirish tizimlari tutun hosil qilmaydi va sigaretaga nisbatan 95% kamroq zararli kimyoviy moddalar chiqaradi*. Shuni ta'kidlash kerakki, bu IQOS dan foydalanganda xavfning 95% ga kamayishi yoki umuman xavf yo'qligini anglatmaydi.


IQOS ILUMA ning oddiy sigaretlarga nisbatan afzalliklaridan biri shundaki, bunda siz yon-atrofingizdagi boshqa odamlarga noqulaylik tug’dirishidan tashvishlanishingiz shart bo’lmaydi. Yonish jarayonining yo'qligi sababli, IQOS ILUMA dan foydalanganda passiv chekish ta'siri hosil bo'lmaydi va sigaret tutuni ajralib chiqmaydi.


*“95% kamroq” bir qator zararli moddalar (nikotindan tashqari) darajasining etalonli sigaret tutuniga (3R4F) nisbatan o’rtacha kamayishiga to'g'ri keladi. Bu xavfni 95% ga kamaytirishni anglatmaydi. Muhim maʼlumotlarni IQOS.com saytida koʻring



Tamaki qizdirish tizimlari nima?


"Tamaki qizdirish tizimlari" yoki "qizdiriluvchi tamaki mahsulotlari" nomining o'zi buning nima uchun mo’ljallanganligi haqida ma’lum qiladi: ularda tamaki yonmaydi, balki qizdiriladi.


Qizdiriladigan tamaki mahsulotlarining ko’plab turlari mavjud. IQOS ILUMA dagi innovatsion SMARTCORE INDUCTION SYSTEM™ texnologiyasi tufayli tamaki yonish jarayonisiz 350°C gacha qizdiriladi. Bunda siz tamaki ta'mi va hidini chekish jarayonida sochlaringizga, qo'llaringizga va kiyimlaringizga o’tirib qoladigan yoqimsiz hidlarsiz his qilasiz.



IQOS ILUMA tutunsiz moslamalar.


Hozirda IQOS moslamalari ikki xil turli versiyada ishlab chiqariladi. Birinchi versiya ikkita asosiy komponentdan iborat - tutqich va zaryadlovchi moslama. Ikkinchisi tutqich va zaryadlovchini moslamani o’zida birlashtirgan integratsiyalangan “Hammasida birda” moslamalarini o’z ichiga oladi. IQOS tamaki qizdirish tizimlari o’zga holatda chekishni davom ettiradigan yoki nikotinni o'z ichiga olgan boshqa mahsulotlardan foydalanishni davom ettiradigan katta yoshdagi tamaki iste'molchilari uchun mo’ljallangan.


Birinchi toifaga IQOS ILUMA va IQOS ILUMA PRIME moslamalari kiradi. IQOS ILUMA tutqichi moslamadan ketma-ket ikki marta qo’shimcha zaryad berishsiz foydalanish imkonini beradi: u juda tez zaryadlovchi tutqich bilan jihozlangan (birinchi foydalanishdan atigi 1 daqiqa 50 soniya oldin), aksessuarlarning keng assortimenti esa moslamani o'z uslubingizga moslashtirishga imkon beradi.


Ikkinchi toifaga IQOS ILUMA ONE va lil SOLID Ez moslamalari kiradi, ular tamakini yoqish o’rniga ichkaridan bir tekis qizdirish uchun sterjen shaklidagi qizdirish elementi texnologiyasidan foydalanadi. lil SOLID Ez moslamasi tutqich va zaryadlovchi moslamani o’zida birlashtirib, 25 tagacha tamaki stiklarini qo’shimcha zaryadlamasdan ishlatishga imkon beradi*. Ushbu xususiyatlarning xilma-xilligi tufayli katta yoshdagi chekuvchilar o’zlariga eng mos keluvchi IQOS tamaki qizdirish moslamasini tanlashlari mumkin.
*Batareyaning eskirish darajasiga va foydalanish shartlariga bog'liq.



IQOS ILUMA tamaki qizdirish tizimlari qanday ishlaydi?


Barcha IQOS tamaki qizdirish tizimlari bir xil ishlash prinsipiga ega. Avvalo, tamaki stikini tutqichga qo’ying. Tutqishning tebranishi seansning boshlanganligidan dalolat beradi. Foydalanish yakunida, tamaki stikini tutqichdan olib tashlang va uni tashlab yuboring.



Yuqori sifat – bizning maqsadimiz


Biz katta yoshdagi IQOS foydalanuvchilarini eng yaxshi sifatli mahsulotlar bilan ta'minlashga intilamiz va bunda tamaki mahsulotlarini qayta ishlash muhim rol o'ynaydi. Har bir stikda tamaki noyob patentlangan presslash texnologiyasidan foydalangan holda maxsus ishlov berish jarayonidan o'tadi. Yuqori sifatli tamaki barglari kukunsimon holga keltiriladi, presslanadi va tamaki plastinalariga kesiladi. Ushbu plastinalar tamaki sterjeniga yig'iladi va boshqa tarkibiy qismlar bilan birgalikda tamaki stikini hosil qiladi.


IQOS ILUMA uchun maxsus yaratilgan TEREA tamaki stiklari haqiqiy tamaki ta'mini va sigaret chekish tuyg'usiga o'xshash qoniqish tuyg’usiga ega bo’lish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda 7 turdagi ta'mlar mavjud – to’yingan ta’mdan nafis ta’mgacha, mentol va boshqa yangi hid birikmalari. Har bir katta yoshli IQOS foydalanuvchisi o'z afzalliklariga mos keluvchi ta'mni tanlashi mumkinligiga ishonchimiz komil.

Sigaret chekishni tashlab, tutunsiz muqobillarga o'tsangiz nima bo'ladi?
O’qishni davom ettirish.
TEREA tamaki tayoqchalari elektron sigaretalar uchun mo’ljallangan suyuqliklardan nimasi bilan farq qiladi?
O’qishni davom ettirish.
IQOS veypmi?
O’qishni davom ettirish.
Tamaki qizdirish tizimlari qanday ishlaydi
O’qishni davom ettirish.
Tayanish mumkin bo’lgan g’amxo’rlik.
Ishonish mumkin bo’lgan g’amxo’rlik.
Sizning qurilmangizni qo’llab-quvvatlash.
1 yil kafolat, almashtirish va xalqaro qo’llab-quvvatlash.