22/08/2024

IQOS veypmi?

IQOS qizdiriladigan tamaki tizimi va veyplar o’rtasida qanday farq borligini va nima uchun IQOS sigaretaga tutunsiz muqobil izlayotgan katta yoshdagi chekuvchilar uchun moʻljallanganligini bilib oling.


Bizdan, «IQOS ILUMA – veypmi?» deb tez-tez so'rashadi.

Garchi ikkala moslama ham katta yoshdagi chekuvchilar uchun sigaretaning tutunsiz muqobili bo'lsa-da, javob – yo'q, IQOS ILUMA va veyp bir xil narsa emas.


IQOS ILUMA va veyplar o'rtasidagi farq nimada? Biz ularni quyida sanab o'tamiz.


1. Texnologiya.

IQOS ILUMA tamakini qizdirish uchun mo'ljallangan mahsulotlar toifasiga kiradi. Innovatsion SMARTCORE INDUCTION SYSTEM™ texnologiyasi tamakini yoqish o’rniga uni qizdiradi. Elektron sigaretalar deb ham ataladigan veyplar esa maxsus suyuqliklarni qizdirish va bug'latish hisobiga ishlaydi.

2. Tamaki.

IQOS ILUMAda tabiiy tamaki barglaridan tayyorlangan tamaki ishlatiladi, ular maxsus ishlov berish jarayonidan o'tadi va tayoqchalarga presslanadi. Qizdirish jarayonida haqiqiy tamaki ta'mi kuydirmasdan ajralib chiqariladi. TEREA tamaki tayoqchalari xavfni istisno qilmaydi va qaramlik chaqirishi mumkin; ular tabiiy tamaki tarkibiy qismi hisoblanuvchi nikotinni o’z ichiga oladi.


Veyplarda tamakidan foydalanilmaydi, balki keng assortimentdagi ta'mlarda mavjud bo'lgan maxsus suyuqliklar ishlatiladi. Veyping uchun mo’ljallangan ba’zi suyuqliklar ham nikotinni o’z ichiga olishi mumkin.


3. Hissiyotlar.

IQOS ILUMA bilan siz sigaret chekishga o’xshash hissiyotlarni qabul qilasiz. IQOS ILUMA haqiqiy tamaki ta'mini va undan foydalanishdan qoniqish hissini ta’minlaydi. TEREA tayoqchalari taxminan 14 marta tortish uchun mo'ljallangan, bu deyarli sigaretaga teng. Boshqa tomondan, veyplar veyping uchun mo’ljallangan suyuqliklardan foydalanish orqali butunlay boshqacha tajriba beradi.


4. Mahsulotlar assortimenti.

Ayni paytda tamaki qizdirish uchun bir qator moslamalar tanlov uchun mavjud – IQOS ILUMA va lil SOLID Ez. Ba'zi IQOS moslamalari alohida tutqich va zaryadlovchi moslamaga ega, boshqa modellar esa bu komponentlarni birlashtiradi. Turli xil xususiyatlar tufayli katta yoshdagi chekuvchilar o'zlari uchun eng mos keladigan moslamani tanlashlari mumkin.


IQOS ILUMA – veyp emas

IQOS ILUMA – veyp emas, balki sigaretaga eng yaxshi muqobil bo’lgan moslama hisoblanadi. Sigaret tutuni tarkibidagi zararli moddalarning aksariyati tamaki yonishi natijasida ajralib chiqadi. Sigaretlardan farqli o'laroq, IQOS ILUMAda tamaki yonmaydi, ya'ni tutun hosil bo’lmaydi. IQOS ILUMA ga to'liq o'tish davomiy chekish uchun kamroq zararli bo’lgan muqobildir. IQOS ILUMAda tamakini yonmaydi, balki qiziydi va sigaretaga qaraganda o‘rtacha 95% kamroq zararli moddalar ajralib chiqadi.*

Muhim ma'lumot: Bu xavfni 95% ga kamaytirishni anglatmaydi. IQOS ILUMA zararsiz emas. Mahsulot o’ziga qaramlikni chaqiruvchi nikotinni o'z ichiga oladi.


«*95% kamroq» – bu Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti sigaret tutunida, nikotinni hisobga olmagan holda, kamaytirishni tavsiya qiladigan 9 turdagi zararli moddalar darajasining o'rtacha pasayishidir. «Muhim ma'lumotlar» bo'limiga qarang.

Sigaret chekishni tashlab, tutunsiz muqobillarga o'tsangiz nima bo'ladi?
O’qishni davom ettirish.
TEREA tamaki tayoqchalari elektron sigaretalar uchun mo’ljallangan suyuqliklardan nimasi bilan farq qiladi?
O’qishni davom ettirish.
Tamaki qizdirish tizimlari qanday ishlaydi
O’qishni davom ettirish.
Dunyoda 10 yil, O’zbekistonda esa 3 yil!
O’qishni davom ettirish.
Tayanish mumkin bo’lgan g’amxo’rlik.
Ishonish mumkin bo’lgan g’amxo’rlik.
Sizning qurilmangizni qo’llab-quvvatlash.
1 yil kafolat, almashtirish va xalqaro qo’llab-quvvatlash.