IQOS nima?
Yangi darajadagi texnologiya
Foydalana boshlashning asosiy sabablari
Ilmiy yondashuv haqida ma’lumot oling
Premium uslub va innovatsiya mujassamligi
Klassik dizayndagi innovatsiya
Yangi texnologiya ixcham formatda
IQOS nima?
Yangi darajadagi texnologiya
Foydalana boshlashning asosiy sabablari
Ilmiy yondashuv haqida ma’lumot oling
02/09/2024
Elektron sigaretalar va qizdiriladigan tamaki tizimlari muhim o'xshashlikka ega: ikkala moslama ham, aks holatda chekishni davom ettiradigan yoki nikotinni o'z ichiga olgan boshqa mahsulotlardan foydalanishni davom ettiradigan katta yoshdagi chekuvchilar uchun muqobillarni taqdim etadi. Bu moslamalar tutun chiqarmaydi, ya’ni, tamakini yoqmasdan, balki uni qizdiradi.
Biroq, elektron sigaretalar va tamaki qizdirish moslamalarining ishlash jarayonlari sezilarli darajada farq qiladi. Elektron sigaretlarda suyuqlikdan, tamaki qizdirish tizimlarida esa tamaki tayoqchalaridan foydalaniladi.
Elektron sigaretlarda tamaki ishlatilmaydi. Ularda turli xil xushbo'y qo'shimchalarni o'z ichiga olgan maxsus suyuqliklardan, shuningdek, ba'zi hollarda nikotindan foydalaniladi.
IQOS ILUMAda qayta ishlangan va presslangan tabiiy tamakidan foydalaniladi. TEREA tayoqchalari IQOS ILUMA tamaki qizdirish moslamalarida foydalanish uchun mo'ljallangan.
TEREA tayoqchalari qayta ishlangan tamaki barglaridan tayyorlanadi va haqiqiy tamaki ta'mini beradi. Ular taxminan 14 marta tortishga yetadi, bu deyarli sigaretaga teng. TEREA tamaki tayoqchalari xavflardan xoli emas va o’ziga qaramlikni chaqirishi mumkin; ularda tabiiy tamaki tarkibiy qismi hisoblanuvchi nikotin mavjud.
TEREA tayoqchalari va suyuqliklar o'rtasidagi asosiy farq – bu foydalanilgandagi hissiyot. Veyplarda suyuqlik elektron sigaret bakidan keladi va akkumulyatordan quvvatlanadigan qizdirish elementi bilan aloqaga kirishadi. Suyuqlikning qizdirilishi uning bug'lanishiga va bug' hosil bo'lishiga olib keladi, undan mundshtuk orqali nafas olish mumkin. Tutun yoki kul hosil bo’lmaydi – faqat bug'. Moslamaning katta yoshli foydalanuvchisi bug'langan suyuqlikning ta’mini his qiladi.
TEREA tamaki tayoqchalari tamaki qizdirish moslamasiga solinadi va ma'lum bir haroratgacha qizdiriladi. Tayoqchalar maxsus qizdirish tig’lari yordamida qizdiriladi. Qizdirish harorati Selsiy bo'yicha 350 darajadan oshmaydi, bu tamaki ta'mini yonish, tutun va kulsiz his qilinishini ta'minlaydi. Bunday holda ham faqat bug' ajralib chiqadi.
TEREA tayoqchalari va veyping uchun mo’ljallangan suyuqliklar o'rtasidagi asosiy o'xshashlik shundaki, ular katta yoshdagi chekuvchilar uchun chekishni davom ettirishga muqobildir. Agar siz, aks holatda chekishni davom ettiradigan yoki nikotinni o'z ichiga olgan boshqa mahsulotlardan foydalanishni davom ettiradigan katta yoshdagi chekuvchi bo'lsangiz, lekin tamakini o’z ichiga olmaydigan tutunsiz muqobil variantlarni ko'rib chiqayotgan bo’lsangiz, elektron sigaretalar va ular uchun mo’ljallangan suyuqliklar sizni qiziqtirishi mumkin. Agar chekishga yaqin ta'm va hissiyotni ta'minlaydigan tutunsiz moslamalar sizni qiziqtirsa, u holda IQOS ILUMA – chekishni davom ettirishdan ko'ra yaxshiroq tanlovdir.
Muhim ma'lumot: IQOS dan foydalanish xavflarni istisno qilmaydi.