IQOS nima?
Vaqt to’xtab qolgan lahzalar uchun
Bizning eng mukammal qurilmamiz
Yangi sensor ekranli qurilma klaasik dizaynda
Yangi qurilma. Hammasi bir narsada.
Klassik dizayndagi innovatsiya
IQOS nima?
Vaqt to’xtab qolgan lahzalar uchun
15/10/2025
IQOS ILUMA i va IQOS ILUMA i PRIME innovatsion TEREA stiklari* bilan foydalanish uchun moʻljallangan va SMARTCORE INDUCTION SYSTEM™ induksion tamaki qizitish asosida ishlaydigan qurilmalarning yangi avlodidir. Ushbu texnologik yechim qurilmani tozalash zaruratini bartaraf etadi va har foydalanishda barqaror ta'mni ta'minlaydi. Ikkala qurilma ham FlexPuff**, FlexBattery***, «Pauza» funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi va sensorli ekran bilan jihozlangan.
IQOS ILUMA i qurilma toʻplamiga quyidagilar kiradi:
• Ushlagich – stiklarni qizitadi.
• Quvvatlagich – ushlagichni quvvatlaydi va ushlagichni saqlash uchun xizmat qiladi.
• USB-C kabeli – quvvatlash uchun ishlatiladi.
IQOS ILUMA i PRIME ham xuddi shu to'plamdan iborat, lekin yuqori sifatli materiallarga urg'u beriladi:
• Modelga qarab tekstilli yoki charmli top bilan alyuminiydan ishlangan quvvatlagich korpusi.
• Ushlagich alyuminiydan noyob gradient rangda ishlangan.
• O’rami zichroq va premial uslubda ishlangan.
Har bir qurilma foydalanish bo'yicha qo'llanma va birinchi foydalanish uchun tavsiyalar bilan birga keladi. Ikkala modelni ham rasmiy IQOS do'konlarida xarid qilish mumkin.
Ikkala model ham qizitish holatini, seans oxirigacha qolgan vaqtni, shuningdek, faol funksiyalar indikatorlarini aks ettiruvchi sensorli ekran bilan jihozlangan.
• FlexPuff - agar foydalanish rejimi ruxsat bersa, qo‘shimcha tortqichlarni qo‘shadi.
• FlexBattery – ushlagich batareyasidan tejamkorroq foydalanishni ta'minlaydigan funksiya.
• Pauza rejimi – seansni 8 daqiqagacha pauzaga qo’yish va keyinroq davom ettirish imkonini beradi.
Ishlatishdan oldin quvvatlagich to'liq quvvatlanganligiga ishonch hosil qiling. To'liq quvvatlash 135 daqiqagacha vaqt olishi mumkin.
Bosqichma-bosqich ko'rsatmalar:
1. Quvvatlagich tugmachasini 4 soniya bosib turing.
2. Ushlagichni quvvatlagichga to'liq quvvatlangunga qadar joylashtiring, ushlagich holati indikatori ushlagichning batareya darajasini ko'rsatadi.
3. Quvvatlagichdan ushlagichni chiqaring va ushlagich tebranguncha stikni filtrdagi chiziqqa qadar joylashtiring. Qizitish avtomatik ravishda boshlanadi yoki uni ekranda tepaga surish orqali boshlashingiz mumkin.
4. Qurilma ikki marta tebransa, foydalanishni boshlash mumkin.
5. Sensorli ekrandagi indikator qolgan tortimlar vaqtini ko'rsatadi.
6. Ushlagich so'nggi 30 soniya yoki oxirgi 2 tortim haqida xabar berish uchun tebranadi.
Tugagach:
1. Ishlatilgan stikni ehtiyotkorlik bilan chiqaring va uni xavfsizlik ko'rsatmalari va yo'l-yo'riqlariga muvofiq chiqitga chiqaring.
2. Quvvatlash uchun ushlagichni quvvatlagichga qayta soling.
IQOS ILUMA i PRIME - bizning eng mukammal qurilmamiz bo'lib, ichki tomondan o'ylangan va tashqi tomondan ko’rkamdir. To'rt rangda va premial teksturali topga ega yangi alyuminiy dizayni bilan taqdim etilgan. IQOS ILUMA i – bu bizning tanish dizayndagi yangi qurilmamiz bo‘lib, yanada moslashuvchan foydalanish uchun aqlli funksiyalar bilan to‘ldirilgan. Ushbu qurilma minimalizm va funksionallikni qadrlaydiganlar uchun.
Ikkala model ham tamakining toza, bir xil qizitilishi, yonish hidi yo’qligi, lezviya yo’qligi va tozalashga hojat yo’qligi birlashtiradi. Bu shunchaki liniyani yangilash emas - bu mutlaqo yangi model - IQOS ILUMA i, unda hamma narsa aniq, tez ishlaydi va sizning ritmingizga moslashtirilgan.