IQOS nima?
Vaqt to’xtab qolgan lahzalar uchun
Bizning eng mukammal qurilmamiz
Yangi sensor ekranli qurilma klaasik dizaynda
Yangi qurilma. Hammasi bir narsada.
Klassik dizayndagi innovatsiya
IQOS nima?
Vaqt to’xtab qolgan lahzalar uchun
22/10/2025
Aksariyat tamaki iste'molchilari tutunsiz muqobillarga o'tmoqda. Lekin qaysi muqobilni tanlash kerak? Ko'plab odamlar elektron sigaretlarni tamakini qizitish tizimlari bilan chalkashtirishadi, garchi ular orasidagi farq juda katta. Biz bu farqlarning mohiyatini va nima uchun chekishni davom ettirayotganlar uchun muhimligini oddiy so'zlar bilan tushuntiramiz.
Elektron sigaretalar – bu nikotin va xushbo'y moddalarni o'z ichiga olgan suyuqlikni bug'laydigan qurilmalar. 100-250 °S gacha qizdirilganda, rezervuardan suyuqlik aerozolga (bug'ga) aylanadi, u mundshtuk orqali ichga tortiladi. Ushbu qurilmalarda tamaki foydalanilmaydi – faqat suyuqlik aralashmasi.
IQOS ILUMA – Philip Morris International kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan tamaki qizitish innovatsion qurilmasi. Sigaretdan farqli o'laroq, bunda tamaki kuydirilmaydi balki qizitiladi, olovsiz, tutunsiz va kulsiz.
Qurilma SMARTCORE INDUCTION SYSTEM™ texnologiyasidan foydalanadi. TEREA™ tamaki stikining* ichida tamakini bir tekisda qizituvchi yupqa metall plastinka bor. Bu yonishsiz va is gazining hosil bo’lishisiz ta’m va nikotin olishga imkon beradi.
Asosiy farq shundaki, tamaki yonmaydi, ya'ni kamroq zararli moddalar ajralib chiqadi.
*Stik – qizitiladigan tamakili mahsulot.
IQOS ILUMA ham, elektron sigaretalar ham odatiy chekish uchun tutunsiz muqobildir. Biroq, ularning ishlash prinsipi boshqacha.
IQOS ILUMA maxsus TEREA™ stiklari ichidagi tamakini kuydirmasdan qizitadi. Elektron sigaretalar esa, aksincha, nikotin va xushbo'y moddalarni o'z ichiga olgan suyuqlikni bug’lagich yordamida bug'ga aylantiradi.
IQOS ILUMA qurilmalari hamda TEREA™ tamaki stiklarini eng yaqin chakana savdo nuqtalarida topish mumkin – ularning manzillarini uz.iqos.com rasmiy veb-saytining «Qaerdan sotib olish kerak» bo‘limida topishingiz mumkin.
Sog'ligingiz uchun qila oladigan eng yaxshi narsa tamaki va nikotinni butunlay tashlashdir.
Biroq, agar siz hali chekishni tashlashga tayyor bo'lmasangiz, sigaretaga qaraganda kamroq zararli moddalar chiqaradigan IQOS ILUMA kabi kamroq zararli muqobilni ko'rib chiqishingiz mumkin. Tanlovga ongli va puxta yondashish muhimdir.