Shaxsiy ma'lumotlarni yig'ish va qayta ishlashga rozilik

Men 21 yoshga to'lganimni va tamaki mahsulotlari, tamaki yoki nikotinni o'z ichiga olgan, ammo nikotinga bog’lanib qolishni davolash preparatlari hisoblanmagan boshqa mahsulotlarning iste'molchisi ekanligimni tasdiqlayman. Men taqdim etgan barcha ma'lumotlar to'g'ri.

 

Men ushbu bilan "Tashkent Tobacco Distribution" (bundan buyon matnda "Kompaniya" deb yuritiladi) MChJ va kompaniya tomonidan qayta ishlash uchun jalb qilingan shaxslarga shaxsiy ma'lumotlarimni, shu jumladan audioyozuv va (yoki) foto/video tasvierga olish orqali, jumladan, familiyam, ismim, otamning ismi (agar mavjud bo'lsa), tug'ilgan sanam, STIR, shaxsni tasdiqlovchi hujjatim ma'lumotlari, telefon raqamim, elektron pochta manzilim ijtimoiy tarmoqlar va ilovalaridagi foydalanuvchi nomi(lar) xabar almashish uchun, tamaki va nikotin isteʼmol qilish qurilmalari kabi men tomonidan sotib olingan va/yoki foydalaniladigan qurilmalardan maʼlumotlar, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, “IQOS” va “lil SOLID” elektr tamaki qizitish tizimlari (keyingi o'rinlarda “qurilma” deb yuritiladi), shaxsiy tavsiya kodi va tamaki mahsulotlari, tamaki yoki boshqa tarkibida nikotin mavjud, bioq nikotinga qaramlikni davolash uchun dori vositalari bo’lmagan mahsulotlar iste'molchisining maqomi va boshqa ma'lumotlar (keyingi o'rinlarda "Shaxsiy ma'lumotlar” deb yuritiladi) ni o'z ichiga oluvchi, ammo shular bilan chegaralanib qolmaydigan shaxsiy ma'lumotlarimni quyidagi maqsadlarda qayta ishlashga (shu jumladan yig'ish, tizimlashtirish, saqlash, o'zgartirish, qo'shimcha qo’shish, foydalanish, taqdim etish, tarqatish, uzatish, shaxssizlashtirish va yo'q qilish) rozilik beraman:

 

• menga Kompaniya va uning affillangan shaxslari to'g'risida, Kompaniyaning mahsulotlari va xizmatlari to'g'risida, Kompaniya faoliyati to'g'risida, tamaki mahsulotlari, tamaki yoki nikotinni o'z ichiga olgan boshqa mahsulotlar bilan bog'liq huquqiy hujjatlar loyihalari va / yoki qonunchilik to'g'risida, kompaniyaning mahsulotlari yoki xizmatlariga nisbatan ilmiy tadqiqotlar yoki boshqa ma'lumotlar to'g'risida ma'lumot taqdim etish;

• menga Kompaniya mahsulotlarini sotish;

• meni so'rovnomalarda va tadqiqotlarda qatnashishga taklif qilish;

• tovar va xizmatlar sifatini oshirish, iste’molchining Kompaniya bilan o‘zaro munosabatlari tajribasini takomillashtirish, aloqa va servis yechimlarini ishlab chiqish, shuningdek, qurilmalarga texnik xizmat ko‘rsatish vaqtida ularni diagnostika qilish;

• Kompaniyaning veb-saytlari, ijtimoiy tarmoq sahifalari yoki mobil ilovalariga kirish huquqini berish;

• Kompaniya mahsulotlarini iste’moli/foydalanilishining tadqiqoti va tahlili

 

Menga pochta, telefon, elektron pochta, SMS, MMS, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, veb-saytlar, elektron axborot resurslari va boshqa axborot tizimlari va mobil ilovalaridan foydalangan holda xabar yuborish orqali yuqoridagi maqsadlar uchun men bilan bog'lanishga ruxsat beraman.

 

Men yuqoridagi maqsadlarga erishish uchun shaxsiy ma'lumotlarimni Kompaniya tomonidan belgilangan muddatlarda saqlash, shaxsiy ma'lumotlarimni O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqarish va ularni O'zbekiston Respublikasidan tashqarida qayta ishlash (transchegaraviy uzatish), shaxsiy ma'lumotlarimni Kompaniyaning affillangan shaxslariga, Kompaniyaning kontragentlariga, jumladan, ammo bu bilan cheklanmagan holda, Philip Morris International kompaniyasi (va uning affillangan shaxslari)ga taqdim etish, men haqimda qo'shimcha ma'lumotlarni mustaqil ravishda va / yoki uchinchi shaxslarning ishtiroki bilan ijtimoiy tarmoqlarda yoki boshqa ochiq manbalarda qidirish va to'plash uchun ruxsat beraman.

 

Men shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga ushbu rozilikni berish paytida shaxsiy ma'lumotlarimni qayta ishlash yuqorida ko'rsatilgan maqsadlari, ularni yuqorida ko'rsatilgan shaxslarga uzatish, shuningdek, “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 30-moddasida ko’zda tutilgan huquqlarim (ushbu Rozilikning 1-ilovasi) to'g'risida xabardor qilinganimni tasdiqlayman va bunday bildirishnomani yozma shaklga teng deb bilaman.

 

Men ushbu rozilikni ushbu rozilik berilgan shaklda, yoki O’zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirobod tumani, Eski Otchopar 2-tor ko’chasi, 3-uy manziliga yozma so'rov yuborish orqali bekor qilishim mumkin. Rozilik bekor qilingan taqdirda, barcha shaxsiy ma'lumotlar Kompaniya ma'lumotlar bazasidan yo'q qilinishi kerak.

 

Men shaxsiy ma'lumotlarni istalgan vaqtda kompaniyaning contact.uz@iqos.com elektron pochtasiga xabar (va hujjatli tasdiqlash) yuborish orqali to'ldirishim yoki o'zgartirishim mumkin.

Men haqimda Kompaniya tomonidan to'plangan Shaxsiy ma'lumotlarning hamma uchun ochiq deb tan olinishiga roziligimni tasdiqlayman. Men Kompaniyaga taqdim etadigan shaxsiy ma'lumotlar mening shaxsiy va / yoki oilaviy sirim emasligini tasdiqlayman.

 

Ushbu bilan men ushbu rozilikni taqdim etish (amalga oshirish) shaklini bitimning yozma shakliga tenglashtirish to'g'risida Kompaniya bilan kelishib oldim. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga berilgan ushbu rozilik yuqorida ko'rsatilgan maqsadlarda, tartibda va shartlarda shaxsiy ma'lumotlarimni qayta ishlashga rozilik berganimning (taqdim etganimning) tasdiqlanishi hisoblanadi, kompaniyaning ma'lumotlar bazasida ro'yxatdan o'tgan vaqtdan boshlab men bilan Kompaniya o'rtasida paydo bo'lgan munosabatlarga nisbatan amal qiladi va qollaniladi.