O’z IQOS ORIGINALS DUO qurilmangizda indikatorlar yoritilmaydimi?
Sizning qurilmangiz oddiy uzib qo’yilgan yoki quvvatsizlangan bo’lishi mumkin.
1. IQOS ORIGINALS DUO ushlagichini quvvatlagich ichiga joylashtiring.

2. Qurilma sozlanishini bekor qilish va ulash uchun quvvatlagichdagi tugmachani 10 soniya bosib turing. Qurilma sozlanishi qanday bekor qilinishini bilish uchun videoni ko’rib chiqing.

3. Quvvatlagichni IQOS ORIGINALS DUO asl quvvat adapteri va kabeli yordamida rozetkaga ulang. Har doim asl quvvat adapteri va kabelidan foydalaning hamda har doim ushlagich va quvvatlagich o’rtasida kontaktlar tozaligini saqlang.

4. Quvvatlagichni quvvatlash vaqtida yorug’lik diodli indikatorlar miltillab yoritiladi. Yodda tuting, to’liq quvvatlangan quvvatlagich quvvatlanishni boshlash uchun 20 daqiqagacha vaqt talab qilinishi mumkin. Qurilmani qanday quvvatlash va kontaktlarni tozalashni bilish uchun videoni ko’rib chiqing.

5. Agar Sizga qo’shimcha yordam kerak bo’lsa, o’z-o’zini tashxislash vositasidan foydalaning.
IQOS ORIGINALS DUO qurilmasidagi indikatorlar nimani anglatadi?
Ehtimol, Sizning qurilmangiz xato to’g’risida ogohlantirish bermoqda.
1. IQOS ORIGINALS DUO QURILMASIDA MILTILLAB YORITILAYOTGAN QIZIL CHIROQ:

• Ehtimol, qizdirish qismi singan. Qizdirish qismini tekshiring, agar u singan bo’lsa, o’z-o’zini tashxislash vositasidan foydalaning.
• Ehtimol, ushlagich quvvatlagichdan yetarlicha quvvat olmaydi. Har doim rozetkaga ulashda rasmiy quvvat adapteri va kabelidan foydalaning hamda har doim ushlagich va quvvatlagich o’rtasida kontaktlar tozaligini saqlang. Qurilmani qanday quvvatlash va kontaktlarni tozalashni bilish uchun videoni ko’rib chiqing.
• Ehtimol, Sizning qurilmangizga sozlanishlarni bekor qilish kerak. Sizdagi ushlagich quvvatlagich ichida ekanligiga ishonch hosil qiling. Quvvatlagich tugmasini bosing va uni 10 soniya ushlab turing. Sizning qurilmangiz sozlanishlarini qanday bekor qilish kerakligi to’g’risida videoni ko’rib chiqing.

2. IQOS ORIGINALS DUO QURILMASIDA MILTILLAB YORITILAYOTGAN OQ CHIROQ:

Ehtimol, Sizning qurilmangiz ishchi harorat (0°C dan 50°C gacha) diapazonidan tashqarida bo’lishi mumkin. Siz uning sovutilishini kutishingiz yoki qo’lda isitilishi talab qilinishi mumkin. Agar bu Sizdagi muammoni hal qilmasa, o’z-o’zini tashxislash vositasidan foydalaning.

3. “Mening IQOS ORIGINALS DUO qurilmamda yorug’lik indikatorlari nimani anglatadi?” maqolasini o’qib chiqing.
Sizning IQOS ORIGINALS DUO qurilmangiz haddan tashqari sekin quvvatlanadimi?
Ehtimol, Sizning qurilmangizga oddiy quvvat yetishmaydi.
1. Faqat IQOS ORIGINALS DUO asl quvvat manbai va kabelidan foydalaning. Bu Sizdagi ixcham quvvatlagichning belgilangan vaqtda quvvatlanishini kafolatlaydi. O’z qurilmangizni qanday quvvatlash kerakligini bilish uchun videoni ko’rib chiqing. Qurilmani quvvatlash bo’yicha video yo’riqnoma.

2. Ushlagich va quvvatlagich kontaktlari tozaligiga e’tibor qarating. Bu ushlagichning yetarlicha tez quvvatlanishini ta’minlaydi. Kontaktlarni qanday quvvatlash kerakligini bilish uchun o’quv videoni ko’rib chiqing. Kontaktlarni tozalash bo’yicha video yo’riqnoma.
IQOS ORIGINALS DUOga aerozol kuchsiz uzatiladimi?
Ehtimol, Sizdagi IQOS ORIGINALS DUO ushlagichini tozalash talab qilinadi.
1. IQOS ORIGINALS DUO ushlagichi tozalashni boshlashdan oldin to’liq sovuganligiga ishonch hosil qiling (oxirgi foydalanishdan so’ng eng kamida 30 soniya).

2. Faqat IQOS tozalash uchun asl qurilma va tozalash tayoqchalaridan foydalaning.

3. Qizdirish tig’ini kuch va bosim qo’llanilmagan holda tozalang.

4. Haqiqiy tamaki ta’mini saqlash uchun har bir tamaki stiklari qutisidan so’ng ushlagichni tozalang va ushlagich qopqog’ini har 6 oyda almashtirishni unutmang.

5. “O’z qurilmangizni qanday tozalash kerak?” bo’limi bilan tanishib chiqing.
Biz bu yerda Sizga yordam berish uchun.
Izlagan narsangizni topmadingizmi?
O’z qurilmangiz ichiga o’rnatilgan dasturiy ta’minotning doimiy ravishda yangilanishi Sizga qurilmaning ish unumdorligini saqlashda va ish sifatini yaxshilashda yordam beradi. Bu Sizdagi muammoni ham hal qilishi mumkin! O’quv qo’llanmani ko’rib chiqing.

Bu hali hammasi emas. IQOS ORIGINAL DUO foydalanuvchi qo’llanmasida yanada foydali axborot keltirilgan.

IQOS ORIGINAL DUO foydalanuvchi qo’llanmasi Sizga qurilmangiz qanday ishlashi va undan qanday foydalanish kerakligi to’g’risida batafsil bilib olish imkonini beradi.
Yordamga muhtojmisiz? Biz bilan bog’laning.
Siz biz bilan bir necha usullar orqali bog’lanishingiz mumkin.
FAQ icon
Real vaqt rejimida qo’llab-quvvatlash xizmati bilan bog’laning. Biz har kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha Sizning ixtiyoringizdamiz. Keling, suhbatlashamiz.​
O’z Instagram rasmiy sahifamizda Sizning har qanday savollaringizga javob berishdan mamnun bo’lamiz.
So’nggi yangiliklardan o’z vaqtida xabardor bo’ling
Bizga yozib yuboring. Sizning savolingiz e’tiborsiz qoldirilmaydi. Biz Sizga 24 soat davomida javob qaytaramiz. Aloqada bo’ling.
Bizning bevosita liniya Sizni to’g’ridan-to’g’ri qo’llab-quvvatlash xizmati mutaxassisi bilan bog’laydi. Biz har kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha aloqadamiz.
Ehtimol, Sizning savolingiz oldin berilgan. Javob topish uchun “Tez-tez beriladigan savollar” (FAQ) bo’limiga o’ting.​ Bizning “Tez-tez beriladigan savollar” bo’limimiz bilan tanishib chiqing.​
Ushbu mahsulot zararsiz emas va ko’nikishni chaqiradigan nikotinni saqlaydi. Faqat voyaga yetganlar uchun.