BONDS 2 by IQOS nosozliklarini bartaraf eting

Quvvatlash bilan bog‘liq muammolar
Qurilmani qayta ishga tushirish
Indikatorlar va signallarning ma’nosi
Stiklar bilan bog‘liq muammolar*

Quvvatlash bilan bog‘liq muammolar

Agar BONDS 2 by IQOS quvvatlanmayotgan bo‘lsa yoki quvvatlash ko‘proq vaqt olsa:
1. Mos keladigan quvvat bloki va quvvatlash kabelidan foydalanayotganingizga ishonch hosil qiling.
2. Qurilmani elektr rozetkasiga ulang. Noutbuk, portativ akkumulyator yoki boshqa USB manbalaridan quvvatlanganda, quvvatlash ko‘proq vaqt olishi mumkin.
3. Qurilma va quvvatlash kabeli ulagichlari toza ekanligini tekshiring.
4. Qurilma tavsiya etilgan 0 dan 40 °C gacha bo‘lgan harorat diapazonida ekanligiga ishonch hosil qiling.

Quvvatlash vaqtida holat indikatorlari miltillaydi. Agar mos kelmaydigan quvvat bloki ishlatilsa, indikatorlar samarasiz quvvatlashni ko‘rsatib, sekin miltillashi mumkin.

Qurilmani qayta ishga tushirish

BONDS 2 by IQOS qurilmasini qayta ishga tushirish uchun:
Tugmani bosing va 10 soniya ichida sodir bo‘ladigan uchinchi tebranishgacha bosib turing, so‘ng qo‘yib yuboring.

Barcha indikatorlar avval o‘chadi, so‘ngra qurilma qayta ishga tushganini tasdiqlab, yana yonadi. Shundan so‘ng indikatorlar akkumulyatorning zaryad darajasini ko‘rsatadi.

Indikatorlar va signallarning ma’nosi

BONDS 2 by IQOS indikatorlari qurilma holatini aniqlashga yordam beradi:

• Indikatorlar yonmayapti: qurilma o‘chirilgan yoki akkumulyator zaryadsizlangan.

• Sariq indikator miltillayapti: zaryad darajasi past. Qurilmani quvvatlang.

• Qizil indikator miltillayapti: qurilmani qayta ishga tushirish lozim.

• Barcha indikatorlar ikki marta oq rangda miltillayapti: qurilma 0 dan 40 °C gacha bo‘lgan ishchi harorat diapazonidan tashqarida. Uning sovishini yoki tavsiya etilgan haroratgacha isishini kuting.

• Indikatorlar ketma-ket ikki marta pastdan yuqoriga va yuqoridan pastga yonmoqda: ketma-ket uchta seansdan so‘ng qurilma sovutish rejimiga o‘tdi. Keyingi seans taxminan 4 daqiqadan so‘ng mavjud bo‘ladi.

Stiklar bilan bog‘liq muammolar*

Stikni to‘g‘ri joylashtiring — belgigacha (filtr tashqarida bo‘lishi kerak) — va foydalanish vaqtida uni chiqarib olmang.

Agar stikni isitish kamerasiga joylashtirish qiyin bo‘lsa:
1. Mos keluvchi BLENDS stikidan foydalanayotganingizga ishonch hosil qiling.
2. Isitish kamerasi ichida qoldiqlar yo‘qligini tekshiring.
3. Stikni filtrdagi chiziqqacha, logotipini tashqariga qaratib kiriting.
4. Agar stik hali ham qiyinchilik bilan kirsa, slayder-qopqoqni oching, tugmani taxminan 2 soniya bosib turish orqali isitishni boshlang va 3–4 soniya kuting. So‘ngra stikni ehtiyotkorlik bilan kiriting.
5. Qurilmani tozalash uchun o‘tkir yoki metall buyumlardan foydalanmang.

Agar tavsiyalar yordam bermasa, rasmiy IQOS™ do‘koniga murojaat qiling.
*Stik - isitiladigan tamaki mahsuloti.
BONDS 2 by IQOS haqida foydali videolar
Qisqa videoqo‘llanmalar qurilmaning ishlashini va yorug‘lik indikatorlarining ma’nosini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
Qulay va xavfsiz foydalanish uchun
Foydalanuvchi qo‘llanmasi qurilmangizdan qanday to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatadi
    Yordamga muhtojmisiz?
    Biz bilan bog’laning.
    Siz biz bilan bir necha usullar orqali bog’lanishingiz mumkin.
    Real vaqt rejimida qo’llab-quvvatlash xizmati bilan bog’laning. Biz har kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha Sizning ixtiyoringizdamiz. Keling, suhbatlashamiz.​
    O’z Instagram rasmiy sahifamizda Sizning har qanday savollaringizga javob berishdan mamnun bo’lamiz.
    So’nggi yangiliklardan o’z vaqtida xabardor bo’ling
    Bizga yozib yuboring. Sizning savolingiz e’tiborsiz qoldirilmaydi. Biz Sizga 24 soat davomida javob qaytaramiz. Aloqada bo’ling.
    Bizning bevosita liniya Sizni to’g’ridan-to’g’ri qo’llab-quvvatlash xizmati mutaxassisi bilan bog’laydi. Biz har kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha aloqadamiz.
    Ehtimol, Sizning savolingiz oldin berilgan. Javob topish uchun “Tez-tez beriladigan savollar” (FAQ) bo’limiga o’ting.​Bizning “Tez-tez beriladigan savollar” bo’limimiz bilan tanishib chiqing.​