25/11/2024

Passiv chekish nima degani? U zararlimi?

Passiv chekish nima degani? U zararlimi?

Passiv chekish chekuvchi boʼlmagan inson masalan sigareta tutuni kabi tamaki tutunidan nafas olganida sodir boʼladi.

Passiv chekish – bu uchi yondirilgan sigareta (yoki yondiriladigan boshqa tamaki mahsuloti) tutuni hamda chekuvchilar tomonidan nafas bilan chiqariladigan tutunning uygʼunligidir.

Sogʼliqni saqlash organlari shunday xulosaga kelganlarki, yongan tamakidan passiv chekish chekmaydigan katta odamlarda oʼpka saratoni hamda yurak-qon tomir kasalliklarini keltirib chiqaradi, shuningdek bolalarda astma, respirator infeksiyalar, xirillashlar, otit (oʼrta quloq infeksiyasi) hamda toʼsatdan bola oʼlimi sindromiga olib keladi. Bundan tashqari sogʼliqni saqlash sohasidagi mutaxassislarning fikriga koʼra passiv chekish kattalarda astma kasalligini chuqurlashtiradi va koʼz, tomoq va burun achishiga olib keladi. Odamlar bunday xulosalardan xabardor boʼlishlari va passiv chekish holati mavjud joylarda boʼlishdan, gʼamda boshqalar bilan birga oʼtirib chekish joyi va vaqtini tanlashdan oldin ularni hisobga olishlari kerak. Chekuvchilar bolalar va homilador ayollar oldida chekmasligi lozim.


Passiv chekish va ikkilamchi tamaki tutunidan nafas olish – bu bir narsa deganimi?

Ha, umuman olganda passiv chekish va ikkilamchi tutundan nafas olish bir narsa hisoblanadi.


Passiv chekish nima degani?

Passiv chekish – bu oʼzi istamagan holda yaqin atrofda boʼlgan tamaki tutunidan nafas olish deganidan. Bu holat qachonki odam sigareta chekib turgan yoki boʼlmasa hattoki sigareta uchini yondirib olgan chekuvchi oldiga yaqin turganda sodir boʼladi. Sigareta tutuni havoga tushib qolishi bilan yaqin atrofdagilar undan nafas oladilar. Passiv chekish ham xuddi chekishning oʼzi kabi birday zararlimi? Sogʼliqni saqlash organlari shunday xulosaga kelganlarki, passiv chekish yuqorida aytib oʼtilgan maʼlum bir kasalliklarni keltirib chiqaradi.


Ikkilamchi tutun nima degani?

Ikkilamchi tutun – bu chekuvchi tomonidan sigareta chekish natijasida hosil boʼladigan yoki yondirilgan sigareta uchidan chiqadigan tutundir. Ushbu tutun “passiv nafas olish” orqali yaqin atrofda turgan istalgan kishining ichiga kirib qolishi mumkin.


Passiv chekish toʼgʼrisida faktlar

Sogʼliqni saqlash organlari shunday xulosaga kelganlarki, yongan tamakidan passiv chekish chekmaydigan katta odamlarda oʼpka saratoni hamda yurak-qon tomir kasalliklarini keltirib chiqaradi, shuningdek bolalarda astma, respirator infeksiyalar, xirillashlar, otit (oʼrta quloq infeksiyasi) hamda toʼsatdan bola oʼlimi sindromiga olib keladi. Bundan tashqari sogʼliqni saqlash sohasidagi mutaxassislarning fikriga koʼra passiv chekish kattalarda astma kasalligini chuqurlashtiradi va koʼz, tomoq va burun achishiga olib keladi. Odamlar bunday xulosalardan xabardor boʼlishlari va passiv chekish holati mavjud joylarda boʼlishdan, gʼamda boshqalar bilan birga oʼtirib chekish joyi va vaqtini tanlashdan oldin ularni hisobga olishlari kerak. Chekuvchilar bolalar va homilador ayollar oldida chekmasligi lozim.


Passiv chekish chekmaydiganlar uchun xavflimi?

Sogʼliqni saqlash organlari shunday xulosaga kelganlarki, passiv chekish yuqorida aytib oʼtilgan maʼlum bir kasalliklarni keltirib chiqaradi.


Tamaki tutunidan xoli boʼlgan muhitni qanday qilib yaratish mumkin?

Аgarda siz yoshingiz katta chekuvchi boʼlsangiz, quyida tamaki tutunidan xoli boʼlgan muhitni qanday qilib yaratish boʼyicha bir nechta maslahat keltiramiz.

Chekishdan batamom voz keching. Passiv chekishdan xalos boʼlishning eng yaxshi usuli – bu chekishdan batamom voz kechishdir. Bu, soʼzsiz, istalgan chekuvchi uchun eng yaxshi yechimdir. Chekuvchilar bolalar va homilador ayollar oldida chekmasligi lozim.

Uyingizni chekilmaydigan zonaga aylantiring. Shunchaki oynani yoki eshikni ochish, yoki uydagi boshqa xonada chekishning oʼzi kifoya emas. Siz chigaretani chekib boʼlganingizdan keyin ham tutun havoda aylanib yuraveradi. Odamlar passiv chekish mavjud boʼlgan joylarda boʼlish haqida, yoki agarda oʼzlari chekuvchi boʼlsalar, qayerda va qachon boshqalar oldida chekish mumkinligi haqida qaror qabul qilishdan oldin sogʼliqni saqlash organlarining tavsiyalariga amal qilishlari lozim.

Аvtomobilingizni chekishdan xoli zonaga aylantiring. Uyda chekish holatlari kabi, avtomobil ham – bu yana bir yopiq maydon boʼlib, u yerda ham chekmaslik kerak. Аvtomobildagi tushirilgan derazalar uncha katta ahamiyatga ega boʼlmaydi, chunki tutun oʼrindiqlarga oʼrnashib olishi va havoda qolib ketishi mumkin. Odamlar bunday xulosalardan xabardor boʼlishlari va passiv chekish holati mavjud joylarda boʼlishdan, gʼamda boshqalar bilan birga oʼtirib chekish joyi va vaqtini tanlashdan oldin ularni hisobga olishlari kerak.

Chekishdan xoli zonalarni hurmat qiling. Sigareta chekishdan oldin, ayniqsa agar siz sayohat qilayotgan boʼlsangiz yoki mahalliy qonun va urf-odatlardan bexabar boʼlsangiz, atrofingizni diqqat bilan qarab chiqing.


Qizdiriladigan tamakidan chiqadigan bugʼ chekmaydiganlar uchun zararlimi?

Istalgan chekuvchi qabul qilishi mumkin boʼlgan eng yaxshi yechim – bu tamaki va nikotindan batamom voz kechishdir. Аks holda chekishda davom etuvchi yoki tarkibida nikotin boʼlgan mahsulotlarni isteʼmol qiluvchi katta yoshdagi chekuvchilar uchun bozorda koʼplab tutunsiz muqobil variantlar ham mavjud boʼlib, tamakini qizdiruvchi qurilmalar oʼshalardan biridir. Qoidaga koʼra, qizdiriladigan tamaki mahsulotlari tutun chiqarmaydi, chunki ular tamakini yondirmaydi, balki undan bugʼ chiqarish uchun qizdiradi.

Shuni hisobga olib, koʼplab odamlarda qizdiriladigan tamaki mahsuloti passiv chekish holatiga olib keladimi yoki yoʼqmi degan savol tugʼilib qoladi. Umuman olganda, qizdiriladigan tamaki mahsuloti tamakini yondirmaydi va tamaki tutunini ajratmaydi, bu esa ularning tarkibida sigareta tutuniga qaraganda sezilarli darajada kamroq zararli moddalar borligini anglatadi. Biroq yonish jarayonining yoʼqligi va zararli moddalar miqdorining kamayishi har bir mahsulot uchun alohida tasdiqlangan boʼlishi lozim. Shuni yodda tutish kerakki, yuqoridagi gaplar tutunsiz mahsulotlar, shu jumladan qizdiriladigan tamaki mahsulotlari mutlaqo xavfsiz degan gapni anglatmaydi. Soʼzsiz, eng yaxshi yechim – tamaki va nikotin isteʼmol qilishdan batamom voz kechish hisoblanadi.



Ushbu maqola umumiy tartibda tanishib olish va taʼlimiy maqsadlar uchun moʼljallangan. Ushbu maqoladagi baʼzi maʼlumotlar tashqi va begona manbalarga asoslangan, va biz bunday maʼlumotlarning aniqligi, ishonchliligi yoki toʼliqligi boʼyicha biror gap yoki kafolat bera olmaymiz.

Sigaret chekishni tashlab, tutunsiz muqobillarga o'tsangiz nima bo'ladi?
O’qishni davom ettirish.
TEREA tamaki tayoqchalari elektron sigaretalar uchun mo’ljallangan suyuqliklardan nimasi bilan farq qiladi?
O’qishni davom ettirish.
IQOS veypmi?
O’qishni davom ettirish.
Tamaki qizdirish tizimlari qanday ishlaydi
O’qishni davom ettirish.
Tayanish mumkin bo’lgan g’amxo’rlik.
Ishonish mumkin bo’lgan g’amxo’rlik.
Sizning qurilmangizni qo’llab-quvvatlash.
1 yil kafolat, almashtirish va xalqaro qo’llab-quvvatlash.