Kafolat va almashtirish

Sizdagi IQOS uchun kafolat muddati 1 yilni tashkil etadi
O’zbekiston Respublikasi bozorida sotish uchun mo’ljallangan IQOS qurilmasi uchun kafolat muddati qurilma xarid qilingan kundan e’tiboran 1 yilni tashkil etadi.

Kafolat shartlari

Kafolat doirasida IQOS servis markazi xodimlari qurilma tashxislanishini amalga oshirishlari va qurilmadan IQOS™ foydalanuvchisi qo’llanmasiga muvofiq foydalanilgan holatda, materiallar nuqtai nazaridan nuqsonlarga yoki ishlab chiqarish nuqsoniga ega har qanday tarkibiy qismlarni almashtirishlari mumkin. Ushbu kafolat qoidalari faqat xarid qilingan mamlakatda amal qiladi.

Kafolat quyidagi holatlarda amal qilmaydi:
1) qismlarning tabiiy eskirishi tufayli yuzaga kelgan shikastlanishlar;
2) tashqi shaklidagi nuqsoni (masalan, tirnalishlar, o’yiqlar, plastik sinishi va h.k.);
3) belgilangan maqsaddan tashqari foydalanish oqibatida yuzaga kelgan shikastlanishlar, kuchlanish keskin o’zgarishlari, noto’g’ri ishlatish, suyuqlik tushishi yoki olov bilan tutashish;
4) qurilmadan bir-biriga to’g’ri kelmaydigan buyumlar bilan birga foydalanish tufayli yuzaga kelgan nosozlik;
5) foydalanuvchi yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan vakolat berilmagan mutaxassisning qurilmani ochishga, shaklini o’zgartirishga yoki ta’mirlashga urinishi tufayli yuzaga kelgan shikastlanish yoki nosozlik;
6) tegishli IQOS qurilmasi foydalanuvchisi qo’llanmasida belgilangan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida yuzaga kelgan shikastlanishlar yoki nosozliklar;
7) ishlatish natijasida batareyalar unumdorligi me’yoriy pasayishi, agar batareyalar rad qilishi materiallar nuqsoni yoki tegishlicha ishlab chiqarilmaganligi tufayli yuz bermagan bo’lsa.

Almashtirish

Eng yuqori sifatli mahsulotlar ham ba’zan ishlashdan to’xtaydi. Siz bizning Qo’llab-quvvatlash xizmatimizga murojaat qilishingiz mumkin, ushbu xizmat har kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha ishlaydi va biz Sizdagi qurilma bilan bog’liq har qanday muammolarni bartaraf qilishga yordam beramiz.

Quyidagi kabi afzalliklardan foydalanish uchun o’z IQOS qurilmangizni ro’yxatdan o’tkazing:

- iste’molchilar dasturlarida ishtirok qilish
- IQOS rasmiy do’konlarida servis xizmat ko’rsatilishi
- IQOS ishtirok qilayotgan mamlakatlarda servis xizmat ko’rsatilishi va qurilma almashtirilishi bilan xalqaro qo’llab-quvvatlash
Yordamga muhtojmisiz? Biz bilan bog’laning.
Siz biz bilan bir necha usullar orqali bog’lanishingiz mumkin.
FAQ icon
Real vaqt rejimida qo’llab-quvvatlash xizmati bilan bog’laning. Biz har kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha Sizning ixtiyoringizdamiz. Keling, suhbatlashamiz.​
O’z Instagram rasmiy sahifamizda Sizning har qanday savollaringizga javob berishdan mamnun bo’lamiz.
So’nggi yangiliklardan o’z vaqtida xabardor bo’ling
Bizga yozib yuboring. Sizning savolingiz e’tiborsiz qoldirilmaydi. Biz Sizga 24 soat davomida javob qaytaramiz. Aloqada bo’ling.
Bizning bevosita liniya Sizni to’g’ridan-to’g’ri qo’llab-quvvatlash xizmati mutaxassisi bilan bog’laydi. Biz har kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha aloqadamiz.
Ehtimol, Sizning savolingiz oldin berilgan. Javob topish uchun “Tez-tez beriladigan savollar” (FAQ) bo’limiga o’ting.​ Bizning “Tez-tez beriladigan savollar” bo’limimiz bilan tanishib chiqing.​
Ushbu mahsulot zararsiz emas va ko’nikishni chaqiradigan nikotinni saqlaydi. Faqat voyaga yetganlar uchun.