IQOS ILUMA qurilmasi

1. TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchasini tiralgungacha joylashtiring, ushlagich tebranadi va miltillab yoritiladi. Qizitish avtomatik tartibda yoki ushlagich tugmasini 1 soniya bosish orqali boshlanadi.
2. Ushlagich tebranishi va indikatorlar yoritilishi bilan – qurilma foydalanishga tayyor bo’ladi.
3. Foydalanish seansi 14 marta ichga tortish yoki taxminan 6 daqiqa davom etadi. Ushlagich tebrangan va indikatorlar oq rangda yoritilgan holatda – seans oxirigacha 30 soniya yoki 2 marta ichga tortish qolganligini anglatadi.
4. Ishlatilgan TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchasini ushlagichdan chiqarib oling va uni utilizasiya qiling.
5. Ushlagichni zaryadlash uchun quvvatlagichga joylashtiring.
Qurilmani qayta yuklash uchun ushlagichni quvvatlagichga joylashtiring va tugmachani bosilgan holatda 10 soniya davomida ushlab turing. Barcha indikatorlar o’chadi, so’ngra ikki marta miltillab yoritiladi va bekor qilishni tasdiqlagan holda yana yoritiladi. Sizdagi qurilma foydalanish uchun tayyor bo’ladi.
Ushlagich zaryadini tekshirishning bir necha usullari bor. Yoxud bevosita ushlagichning o’zida, yoxud ushlagich bilan ichdan quvvatlagichni tekshirish:

Ushlagichni tekshirish:
Ushlagichni o’zingiz tomonga og’diring va ushlagich tugmasini bosing. Indikatorlar yoritiladi va batareyaning zaryadlanish darajasini aks ettiradi. Agar 2 ta indikator yoritilsa, bu ushlagich 2 marta foydalanish uchun tayyorligini anglatadi. Agar 1 ta indikator yoritilsa – ushlagich 1 marta foydalanish uchun tayyorligini anglatadi.

Quvvatlagichni tekshirish:
Ushlagichni quvvatlagichga joylashtiring, quvvatlagich tugmasini bosing.

Quvvatlagich indikatori yoritiladi:
Agar 2 ta indikator yoritilsa, bu ushlagich 2 marta foydalanish uchun tayyorligini anglatadi. Agar 1 ta indikator yoritilsa – ushlagich 1 marta foydalanish uchun tayyorligini anglatadi.
Quvvatlagich batareyasi zaryadlanish darajasini tekshirish juda oson. Oddiy quvvatlagich tugmasini bosing. Quvvatlagich indikatorlari batareya zaryadlanish darajasini aks ettirgan holda quyidagicha yoritiladi:
• 4 ta OQ RANGLI indikator batareya to’liq zaryadlanganligini anglatadi.
• 3 ta OQ RANGLI indikator batareya zaryadi 75% gacha qolganligini anglatadi.
• 2 ta OQ RANGLI indikator batareya zaryadi 50% gacha qolganligini anglatadi.
• 1 ta OQ RANGLI indikator batareya zaryadi 25% gacha qolganligini anglatadi.
Ushlagichda SARIQ RANGLI miltillab yoritilgan indikatorlar batareya zaryadsizlanganligini va ushlagichni zaryadlash kerakligini anglatadi.

IQOS ILUMA ushlagichini zaryadlash vaqti:
• 1 daqiqa 50 soniya 0-1 marta foydalanish uchun*
• 3 daqiqa 25 soniya 1-2 marta foydalanish uchun*
• 5 daqiqa 15 soniya 0-2 marta foydalanish uchun*

*Marhamat, akkumulyator degradasiyasiga bag’ishlangan bo’limga murojaat qiling.

Ushlagichda QIZIL RANGLI miltillab yoritilgan indikator: ushlagichni quvvatlagichga joylashtirish va qurilmani qayta yuklash kerakligini anglatadi.

Ushlagichda OQ RANGLI indikatorlar ikki marta miltillab yoritiladi: bu Sizdagi IQOS ILUMA qurilmasi 0° dan 40°C gacha haroratlar ishchi diapazoni doirasidan tashqarida ekanligini anglatadi.
Qurilmani qayta yuklash uchun ushlagichni quvvatlagichga joylashtiring va tugmachani bosilgan holatda 10 soniya davomida ushlab turing. Barcha indikatorlar o’chadi, so’ngra ikki marta miltillab yoritiladi va bekor qilishni tasdiqlagan holda yana yoritiladi. Sizdagi qurilma foydalanish uchun tayyor bo’ladi.
Qurilmani tez va oson zaryadlash mumkin. IQOS ILUMA qurilmasi uchun mo’ljallangan asl quvvat manbai adapteri va quvvatlash kabelidan foydalanish xavfsizroq. Quvvatlagichni to’liq zaryadlash uchun taxminan 135 daqiqa, ochilganidan so’ng ushlagichni to’liq zaryadlash uchun esa – 10 daqiqagacha vaqt talab qilinadi. Ushlagichni zaryadlash vaqti quyidagilarni tashkil etadi:
• 1 daqiqa 50 soniya – 1 marta foydalanish uchun*.
• 3 daqiqa 25 soniya – 1-2 marta foydalanish uchun*.
• 5 daqiqa 15 soniya – 0-2 marta foydalanish uchun*.
• 10 daqiqa 5 soniya – qutidan birinchi zaryadlash uchun*.

*Marhamat, akkumulyator degradasiyasiga bag’ishlangan bo’limga murojaat qiling.
Ha, faqat IQOS 3-turdagi qurilmalari uchun mo’ljallangan zaryadlash uchun quvvat manbai adepteri va quvvatlash kabelidan foydalanish mumkin.
IQOS ILUMA qurilmasi yanada qulay foydalanish uchun ko’plab yangi funksiyalarni o’z ichiga olgan:

Avtomatik start.
Siz TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchasini ushlagichga to’g’ri joylashtirgan zahoti tebranishni sezasiz, bu SMARTCORE INDUCTION SYSTEM™ induksion qizitish texnologiyasi faollashtirilganligidan dalolat beradi. Qurilma foydalanish uchun tayyor bo’lganida, u ikkinchi marta tebranadi. Siz ushlagichdagi tugmani bosish orqali qizitishni dastaki usulda ishga tushirishingiz mumkin.

Ushlagich zaryadini tekshirish.
Ushbu aqlli funksiya ushlagich zaryadini tekshirish imkonini beradi. Siz ushlagichdan foydalanilmayotgan vaqtda, uni oddiy o’zingiz tomonga og’diring va indikatorlar batareya zaryadlanish darajasini aks ettiradi.

Foydalanish vaqtida zaryadni tekshirish.
Ushlagich tugmasini ikki marta bosing, tebranishlar soni seansning qolgan davom etish muddatini aks ettiradi:
- 3 ta tebranish = 75-50%
- 2 ta tebranish = 50-25%
- 1 ta tebranish = <25%.
Agar Sizdagi IQOS ILUMA qurilmasi avtomatik ravishda ishga tushirilmasa, marhamat:

• Siz faqat TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchalaridan foydalanayotganligingizga ishonch hosil qiling.
• Siz TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchasini ushlagichga to’g’ri joylashtirganligingizga ishonch hosil qiling.
• Ushlagichni quvvatlagichga joylashtiring va barcha sozlanishlarni bekor qiling. Buning uchun quvvatlagich tugmasini bosing va 10 soniya davomida indikatorlar so’ngungacha ushlab turing. Siz tugmani qo’yib yuborganingizda va barcha indikatorlar 2 marta miltillab yoritilganida sozlanishlar bekor qilinganligi tasdiqlanadi.

Agar ushlagich TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchasi ushlagichga joylashtirilmagan holatda o’z-o’zidan ishga tushirilsa, quyidagi harakatlarni bajaring:

• Ushlagichni quvvatlagichga joylashtiring va barcha sozlanishlarni bekor qiling. Buning uchun quvvatlagich tugmasini bosing va 10 soniya davomida indikatorlar so’ngungacha ushlab turing. Siz tugmani qo’yib yuborganingizda va barcha indikatorlar 2 marta miltillab yoritilganida sozlanishlar bekor qilinganligi tasdiqlanadi.

Agar taklif qilingan usullar yordam bermasa, eng yaqin IQOS do’koniga boring va agentlarimizdan biri Siz uchun muammoni hal qiladi yoki 1137 raqami bo’yicha bizning koll-markazga qo’ng’iroq qiling.
Yaxshi yangilik, olib-qo’yiladigan charmli (top) qopqoqni tozalash juda oson. Nam salfetkani oling va uni ehtiyotkorlik bilan artib chiqing. Afsuski, qo’shimcha qismlarga kafolatlar joriy qilinmaydi.