TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchalari

Qo’llab-quvvatlash. Toifa. TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchalari
Qo’llab-quvvatlash. Toifa. TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchalari
Sizdagi qurilma ishga tushirilmaydi, chunki IQOS ILUMA faqat TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchalari bilan foydalanish uchun ishlab chiqilgan. SMARTCORE INDUCTION SYSTEM™ innovasion qizitish texnologiyasi tufayli qizitiladigan tamaki tayoqchasi tomonidan tamaki yondirilmaydi, balki ichidan qizitiladi, natijada yanada sifatli, toza va yoqimli foydalanish jarayoni ta’minlanadi. TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchalari IQOS oldingi turdagi modellari bilan ishlamasligiga va Sizdagi qurilmani shikastlashi mumkinligiga e’tibor qarating.
Ishlatilgan tamaki tayoqchalari ikkita indikatorga ega, ularga qarab ishlatilganligi yoki ishlatilmaganligini tushunish mumkin. Ishlatilgan tamaki tayoqchalarida filtr atrofidagi qog’oz biroz g’ijimlangan bo’ladi va qog’ozda tamaki aerozolidan kichik dog’ qoladi. Biz tushunmovchilikdan saqlanish uchun qizitiladigan tamaki tayoqchasidan foydalanilganidan so’ng darhol uning utilizasiya qilinishini tavsiya etamiz. TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchasidan takroriy foydalanishdan saqlanishning yana bir usuli – uni o’ram idishga tubi yuqorida holatda qayta joylashtirishdan iborat. Siz TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchasini tanlash vaqtida filtrning to’lqinsimon chizig’i ko’rinib turganligiga ishonch hosil qilasiz.
Barchasi oddiy. TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchasini IQOS ILUMA ushlagichiga TEREA logotipli filtr yuqoriga yo’naltirilganligiga ishonch hosil qilgan holda joylashtiring. To’g’ri foydalanilgan holatda, Siz qizitiladigan tamaki tayoqchasini tiralgungacha ushlagichga joylashtirganingizdan so’ng logotip ko’rinib turadi.
Hech nima. Qurilma qizitish jarayonini boshlamaydi. Devays TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchasi ushlagichga joylashtirilganligini aniqlagan holatda ishlashni boshlaydi.
TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchalari faqat IQOS ILUMA bilan foydalanish uchun mo’ljallangan. TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchasini ushlagichda qizitish qismli IQOS qurilmasiga o’rnatishga urinmang – qurilmaning buzilishiga olib kelishi mumkin, chunki yangi SMARTCORE INDUCTION SYSTEM™ innovasion qizitish texnologiyasida ushlagichda qizitish qismi yo’q. Endi bevosita TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchasining o’zida metalldan tayyorlangan qizitish qismi o’rnatilgan.
IQOS ILUMA qurilmalari bilan TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchalari ham, oldingi turdagi IQOS qurilmalari bilan HEETS qizitiladigan tamaki tayoqchalari ham tamakini yondirmaydi, balki uni sigaretalarga nisbatan tutunsiz, kulsiz va kamroq hid bilan ichidan qizitadi. Bundan tashqari, ular sigaretalarga nisbatan o’rtacha 95% kamroq zararli kimyoviy moddalar ajratib chiqaradi*.

HEETS qizitiladigan tamaki tayoqchalariga nisbatan TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchalari germetik ishlangan. Shunday qilib, IQOS ILUMA qurilmalari bilan TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchalaridan foydalanilganida tamaki qolmaydi va foydalanilganidan so’ng qurilmani tozalash zarurati bo’lmaydi. TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchalari faqat IQOS ILUMA bilan foydalanish uchun mo’ljallangan. Tamaki tayoqchasini qismlarga ajratish va tasodifan yutib yuborishdan saqlanish uchun qurilmani bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak.

*“95% kamroq” Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti sigareta tutunida (nikotindan tashqari) kamaytirishni tavsiya etadigan 9 ta kimyoviy modda darajasining o’rtacha pasayishini anglatadi. Bu albatta xavfning 95% ga kamayishini anglatmaydi.
Sizdagi IQOS qurilmasidan foydalanilganidan so’ng, mahalliy chiqindilarni utilizasiya qilish qoidalariga muvofiq, tamaki tayoqchalarini darhol utilizasiya qiling.
Ha, Siz TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchalaridan IQOS ILUMA lineykasidagi har qanday qurilma bilan foydalanishingiz mumkin. Ulardan IQOS oldingi turlari bilan birga foydalanmang, chunki Siz devaysni shikastlab qo’yishingiz mumkin.
Keling, TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchasining yangi dizayni bilan tanishib chiqamiz va uni bunday innovasion qurilmaga aylantirgan xususiyatlarini aniqlaymiz:

Qizitish qismi:
Bir tekisda qizitish uchun tayoqchaning tamaki qismida zanglamaydigan po’latdan tayyorlangan innovasion metall qizitish qismidan iborat.

Tamaki bo’linmasi:
Maxsus texnologiya bo’yicha maydalangan va presslangan saralab olingan tamaki navlari.

Himoya bo’linmasi:
IQOS ILUMA qurilmasidan foydalanilganidan so’ng ushlagich tozaligini saqlaydi, tamaki qoldiqlarini qoldirmaydi hamda tamaki tayoqchasining yengil siljishi va chiqarib olinishini ta’minlaydi.

Filtrning ichi bo’sh bo’linmasi:
Kuchlanishsiz bir tekis ichga tortish uchun filtrning sovitish bo’linmasiga aerozolning kerakli miqdorini o’tkazgich sifatida xizmat qiladi.

Filtrning sovitish bo’linmasi:
Aerozolni qulay haroratgacha sovitadi. Ushbu bo’linma asetat sellyulozadan tayyorlangan, shu tufayli sovitishning eng yaxshi samaradorligi ta’minlanadi.

Qog’ozdan tayyorlangan himoya qobig’i:
Bizning yangi himoya qog’oz plyonkamiz foydalanishdan so’ng tozalikka yordam beradi.

Filtr:
TEREA tamaki tayoqchasining qismi bo’lib, Sizning mundshtukingiz hisoblanadi.
Foydalanish jarayonini yanada toza saqlash uchun mo’ljallangan. Ikki tomonlama qizitadigan TEREA tamaki tayoqchasi filtrlari Sizdagi IQOS ILUMA qurilmasiga tamaki tushishi oldini oladi. Siz qurilmadan foydalanganda har safar uni tozalashingiz kerak emas.
TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchalari faqat SMARTCORE INDUCTION SYSTEM™ innovasion qizitish texnologiyali IQOS ILUMA qurilmalari bilan foydalanish uchun mo’ljallangan bo’lib, unda tamaki qizitish uchun TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchasi ichida joylashtirilgan zanglamaydigan po’latdan tayyorlangan metall qizitish qismi ishlatiladi. TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchalari har doim bolalar va uy hayvonlari ololmaydigan joyda saqlanishi kerak va qismlarga ajratilishi kerak emas, chunki metall qizitish qismi o’tkir qirralarga ega. TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchalarining yutib yuborilishi ularda metall qizitish qismi borligi tufayli ichki a’zolarning jiddiy jarohatlariga olib kelishi mumkin. TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchalari yutib yuborilgan holatda, darhol tibbiy yordam uchun murojaat qilish kerak. Har doim TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchalaridan foydalanilganidan so’ng darhol ularni utilizasiya qiling.