FlexPuff — bu IQOS ILUMA i PRIME™ va IQOS ILUMA i™ qurilmalarida mavjud bo'lgan innovatsion funksiya bo'lib, avvalgidan ham moslashuvchan foydalanishni ta'minlaydi.
Tortim uslubingizga qarab, qurilma Sizga moslashadi va 6 daqiqa davomida qo'shimcha tortimlar* berishi mumkin.
FlexPuff IQOS™ ilovasi orqali faollashtiriladi, yangi qurilmalarda esa sukut bo'yicha yoqilgan. Seans davomida qurilma iste'mol qilingan aerozol miqdorini tahlil qiladi va FlexPuff ni avtomatik ravishda faollashtiradi. Agar hajmi ma'lum darajadan bo’lsa, Siz xuddi shu 6 daqiqalik seans doirsida qo'shimcha tortimlar* olishingiz mumkin bo'ladi.
E’tibor bering: agar foydalanish vaqtida “Pauza rejimi” yoqilgan boʻlsa, joriy seans davomida FlexPuff funksiyasi faollashtirilmaydi. Uni ishlatganda, sensorli ekranda mavjud bo'lgan qo'shimcha tortimlar soni ko'rsatiladi* va indikator jarayon tugaguncha soat miliga teskari yo'nalishda harakatlanadi.
FlexPuff Sizning shaxsiy foydalanish xususiyatlaringizni hisobga oladi, shuning uchun kengaytirilgan seans har doim ham mavjud emas.
*FlexPuff TEREA™ qizdiriladigan tamaki mahsulotlari uchun mo‘ljallangan.
Tortimlar soni va ularning faollashishi foydalanishning individual xususiyatlariga bog'liq, shuning uchun qo'shimcha tortimlar 21 va undan katta yoshdagi barcha tamaki foydalanuvchilari uchun mavjud bo'lmasligi mumkin.
FlexPuff funksiyasi Pauzadan foydalanganda faollashtirilmaydi.
*TEREA™ qizdiriladigan tamaki mahsulotlarini yutmang yoki qismlarga ajratmang.
Ushbu mahsulot o‘tkir metall qismni o‘z ichiga olgan bo‘lib, uni yutish jiddiy shikastlanishlarga olib kelishi mumkin. Bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlang.
Qo‘shimcha ma’lumot uz.iqos.com saytida.