IQOS ILUMA i PRIME

Ha, barcha qurilmalar bir-biriga mos keladi. IQOS ILUMA i PRIME™ ushlagichini IQOS ILUMA i™ quvvatlagichida va aksincha zaryadlash mumkin.

Kabel va adapter ham mos keladi. IQOS ILUMA i™ va IQOS ILUMA™ ushlagichlari ikkala liniyadagi quvvatlagichlar bilan ham ishlatilishi mumkin. Kabel, adapter va aksessuarlar ham ikkala liniya qurilmalariga ham mos keladi.
IQOS ILUMA i PRIME™ — bu IQOS ILUMA™ liniyasining yangi avlodi boʻlib, yanada silliq, toza va moslashuvchan tajriba uchun moʻljallangan.

Asosiy xususiyatlar:
1. Haqiqiy vaqtda ko'rsatadigan sensorli ekran:
• oldindan qizdirish holati (davomiyligi va tugashi);
• seansning qolgan vaqti;
• mavjud seanslar soni (bir yoki ikkita).

2. Qurilmani Sizning foydalanish uslubingizga moslashtiradigan yangi kengaytirilgan funksiyalar:
• “Pauza rejimi” – seansni to'xtatib turish va qayta boshlash imkoniyati;
• FlexPuff — tortimlarning moslashuvchan boshqarilishi;
• FlexBattery — ushlagich batareyasi ish rejimini tanlash. IQOS ILUMA i PRIME™ faqat TEREA™ qizitiladigan tamaki mahsulotlari* bilan mos keladi.
*TEREA™ qizdiriladigan tamaki mahsulotlarini yutmang yoki qismlarga ajratmang.
Ushbu mahsulot o‘tkir metall qismni o‘z ichiga olgan bo‘lib, uni yutish jiddiy shikastlanishlarga olib kelishi mumkin. Bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlang.
Qo‘shimcha ma’lumot uz.iqos.com saytida.
1. Qurilmani yoqing: Quvvatlagich tugmachasini 4 soniya bosib turing, so'ng uni qo'yib yuboring. Quvvatlagich va ushlagich holat indikatorlari asta-sekin yonadi.
2. Ushlagichni quvvatlagichga joylashtiring va qopqog'ini yoping. Ushlagichning holat indikatori batareya darajasini ko'rsatadi.
3. Ushlagichni quvvatlagichdan chiqarib oling va TEREA™* qizitiladigan tamaki mahsulotini ushlagich tebranguncha filtrdagi chiziqqa qadar joylashtiring.
4. Oldindan qizitish avtomatik ravishda (AutoStart) yoki sensorli ekranda yuqoriga surish orqali boshlanadi. Holat ekranda paydo bo'ladi (taxminan 20 soniya).
5. Ikkinchi tebranishdan keyin ishlatishni boshlash mumkin.
6. Sensorli ekrandagi teskari hisob indikatori qolgan foydalanish vaqtini ko'rsatadi.
7. Tugashdan 30 soniya oldin yoki ikkita tortim qolganda ushlagich tebranadi.
8. Ishlatilgan TEREA™* qizdiriladigan tamaki mahsulotini chiqarib oling va uni xavfsizlik ko'rsatmalariga muvofiq chiqitga tashlang.
9. Quvvatlash uchun ushlagichni quvvatlagichga qayta joylang.

*TEREA™ qizdiriladigan tamaki mahsulotlarini yutmang yoki qismlarga ajratmang.
Ushbu mahsulot o‘tkir metall qismni o‘z ichiga olgan bo‘lib, uni yutish jiddiy shikastlanishlarga olib kelishi mumkin. Bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlang.
Qo‘shimcha ma’lumot uz.iqos.com saytida.
Birinchi foydalanishdan oldin:
1. Qurilmani rozetkadan mos keladigan quvvat adapteri (5V, 2A, Type-C chiqishi) va Type-C quvvatlash kabeli yordamida to‘liq quvvatlang.
2. To'liq quvvatlash taxminan 135 daqiqani (2 soat 15 daqiqa) oladi.
3. Siz IQOS ILUMA i™ quvvatlagichni o’rnatilgan ushlagich bilan yoki ushlagichsiz quvvatlashingiz mumkin.
4. Birinchi marta ishlatganda (o’ramni ochgandan keyin) yoki uzoq vaqt ishlatmaslikdan keyin ushlagichni to'liq zaryadlash uchun 10 daqiqagacha vaqt ketishi mumkin. Bu normal holat.
5. IQOS ILUMA i™ quvvatlagichi ishlashi uchun toʻliq quvvatlangan bo’lishi shart emas, lekin birinchi foydalanishdan oldin uni toʻliq quvvatlashni tavsiya etamiz.
6. Ushlagichni quvvatlash uchun uni quvvatlagichga joylashtiring va qopqog'ini yoping. Ushlagichning holat indikatori batareya darajasini ko'rsatadi.
Qurilmaning akkumulyatori quvvati darajasini tekshirish uchun tugmani bosing va qo'yib yuboring.
Indikatorlar batareya holatini ko'rsatadi:
• 4 ta LED — 75% dan ortiq
• 1 LED - 25% dan kam
• Uch marta to'q sariq rangda miltillash — batareya to'liq quvvatsizlangan va qayta quvvatlashni talab etadi.
Ushlagichning quvvat darajasini tekshirish uchun uni o'zingizga eging yoki sensorli ekranga teging - ekrandagi indikatorlar darajani ko'rsatadi.

Agar ushlagich to'liq quvvatsizlangan bo'lsa, sensorli ekrandagi yorug'lik halqasi "0" ni ko'rsatadi va ort yorug'lik yonmaydi.
1. Ushlagichni quvvatlash moslamasiga joylang.
2. Quvvatlagichdagi tugmachani 10 soniya bosib turing.
3. Barcha indikatorlar o'chadi, ikki marta miltillaydi va keyin yana yonadi — bu sozlamalar qayta o'rnatilganligini bildiradi.
4. Tugmani qo'yib yuboring.
IQOS ILUMA i PRIME ™ va IQOS ILUMA i ™ qurilmalarini rasmiy IQOS ™ do‘konlarida va hamkor chakana savdo nuqtalarida xarid qilish mumkin. Yaqin atrofdagi do'konlarning joylashuvi xaritada mavjud