Sizdagi IQOS ILUMA qurilmasi bilan tanishib chiqing

Qo’llab-quvvatlash. Toifa. Sizdagi IQOS ILUMA qurilmasi bilan tanishib chiqing
Qo’llab-quvvatlash. Toifa. Sizdagi IQOS ILUMA qurilmasi bilan tanishib chiqing
TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchalari bilan mutlaqo yangi IQOS ILUMA qurilmasi. SMARTCORE INDUCTION SYSTEM™ innovasion qizitish texnologiyasi tufayli qizitiladigan tamaki tayoqchasi tomonidan tamaki yondirilmaydi, balki ichidan qizitiladi, natijada yanada sifatli, toza va yoqimli foydalanish jarayoni ta’minlanadi. Qo’shimcha ravishda, u oldingidek sigaretalarga nisbatan o’rtacha 95% kamroq zararli kimyoviy moddalar ajratib chiqaradi. Muhim axborot: bu albatta xavfning 95% ga kamayishini anglatmaydi. IQOS zararsiz hisoblanmaydi. Shuningdek, TEREA, Siz to’yingan va muvozanatlangan yoki yangi va xushbo’y aralashmalarni afzal bilishingizga qarab, haqiqiy tamaki ta’mlarining keng tanlovini taklif qiladi.

IQOS ILUMA qurilmasi IQOS™ oldingi turdagi modellari bilan qo’llanishi mumkin emas. IQOS ILUMA faqat TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchalari bilan foydalanish uchun mo’ljallangan. Qurilmadan boshqa qizitiladigan tamaki tayoqchalari bilan foydalanish qurilmaning buzilishiga olib kelishi mumkin. TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchalari metall qismni o’z ichiga oladi. Tamaki tayoqchasini qismlarga ajratish va tasodifan yutib yuborishdan saqlanish uchun qurilmani bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak. Yanada batafsil axborotni iqos.com saytidagi “Muhim axborot” bo’limida topish mumkin.

*“95% kamroq” Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti sigareta tutunida (nikotindan tashqari) kamaytirishni tavsiya etadigan 9 ta kimyoviy modda darajasining o’rtacha pasayishini anglatadi. Bu albatta xavfning 95% ga kamayishini anglatmaydi.
Yangi IQOS ILUMA uchun 3 ta uslubiy rang mavjud bo’lib, ular Sizga o’z shaxsiy uslubingizni yaratish imkonini beradi: yashil rang, kul rang va havo rang.
Sizdagi qurilmani ishga tushirish va zaryadlash.

IQOS ILUMA qurilmasini taqdim qilinadigan quvvat manbai adepteri va quvvatlash kabeli yordamida to’liq zaryadlang. So’ngra, qurilmani ishga tushirish uchun quvvatlagich tugmasini bosing va 4 soniya davomida ushlab turing. Quvvatlagich batareyasi holatini tekshirish uchun ushlagichni chiqarib oling va quvvatlagich tugmasini bosing.
1. TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchasini tiralgungacha joylashtiring, ushlagich tebranadi va miltillab yoritiladi. Qizitish avtomatik tartibda yoki ushlagich tugmasini 1 soniya bosish orqali boshlanadi.
2. Ushlagich tebranishi va indikatorlar yoritilishi bilan – qurilma foydalanishga tayyor bo’ladi.
3. Foydalanish seansi 14 marta ichga tortish yoki taxminan 6 daqiqa davom etadi. Ushlagich tebrangan va indikatorlar oq rangda yoritilgan holatda – seans oxirigacha 30 soniya yoki 2 marta ichga tortish qolganligini anglatadi.
4. Ishlatilgan qizitiladigan tamaki tayoqchasini ushlagichdan chiqarib oling va uni utilizasiya qiling.
5. Ushlagichni zaryadlash uchun quvvatlagichga joylashtiring.

IQOS ILUMA qurilmasi IQOS™ oldingi turdagi modellari bilan qo’llanishi mumkin emas. IQOS ILUMA faqat TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchalari bilan foydalanish uchun mo’ljallangan. Qurilmadan boshqa qizitiladigan tamaki tayoqchalari bilan foydalanish qurilmaning buzilishiga olib kelishi mumkin. TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchalari metall qismni o’z ichiga oladi. Tamaki tayoqchasini qismlarga ajratish va tasodifan yutib yuborishdan saqlanish uchun qurilmani bolalar va hayvonlar ololmaydigan joyda saqlash kerak.
“Muhim axborot”ga qarang.
Sizning foydalanish tajribangizni yaxshilash uchun SMARTCORE INDUCTION SYSTEM™ innovasion qizitish texnologiyasi ishlab chiqilgan, buning uchun devays o’lchamini kattalashtirish, shuningdek uni yanada ishonchli qilish talab qilingan.
Seans davom etish muddati – 6 daqiqa yoki 14 marta ichga tortish. Qaysi biri oldin yuz berishiga qarab.
Sizdagi IQOS ILUMA qurilmasining ishchi harorati 0° dan 40°C gacha, TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchalarini esa xona haroratida saqlash tavsiya etiladi. Quyida saqlashga doir bir necha maslahatlar keltiriladi:

• Qurilmani suvdan, bevosita quyosh nuri va issiqlikdan uzoqroq saqlang.
• Qurilmani issiq joyda, masalan, avtomobilda qoldirib ketmang, chunki litiy-ionli akkumulyator va elektr plata shikastlanishi yoki ancha eskirishi mumkin.
• Sizdagi IQOS ILUMA qurilmasini va TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchalarini uzoq vaqt davomida quyi haroratlar ta’sirida qoldirmaslikni ham tavsiya etamiz.
• IQOS ILUMA yoki IQOS ILUMA PRIME qurilmasini va TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchalarini toza, quruq va salqin joyda saqlang.
• IQOS ILUMA yoki IQOS ILUMA PRIME qurilmasini va TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchalarini yuqori namlik yoki bevosita quyosh nuri ta’sirida qoldirmang.
• Haddan tashqari issiqlik yoki namlik ta’siriga uchragan TEREA qizitiladigan tamaki tayoqchalaridan foydalanmang.

Qo’shimcha axborot:
Sovuq ko’cha sharoitlarida qurilma issiq joyda (masalan, palto cho’ntagida) bo’lgan holatda ishlatilishi mumkin. Shunga qaramay, ushlagichdan tashqi ob-havo sovuq haroratida foydalanish quyidagilarga olib kelishi mumkin:
a. Aerozolning quyi unumdorligiga;
b. Hisoblab chiqilgan (qizitiladigan tamaki tayoqchasi uchun) foydalanish muddatiga muvofiq bo’lish uchun energiya yetishmasligiga (6 daqiqa yoki 14 marta ichga tortishgacha, qaysi biri oldin yuz berishiga qarab).
IQOS ILUMA PRIME – innovasion dizayni va ajoyib materiallarning puxta o’ylangan ravishda ishlatilishi tufayli eng talabchan foydalanuvchilar uchun mos qurilma hisoblanadi. Masalan, IQOS ILUMA PRIME ushlagichi va yonida olib yuriladigan quvvatlagich alyuminiy korpusda ishlab chiqarilgan, quvvatlagichdagi qoplama esa charm yoki gazlama bilan tortilgan.

IQOS ILUMA™ faqat SMARTCORE STICKS™ bilan foydalanish uchun mo’ljallangan.
IQOS ILUMA™ faqat TEREA SMARTCORE STICKS™ bilan foydalanish uchun mo’ljallangan.IQOS ILUMA™ va TERESA SMART CORE STICKS™ ni IQOS oldingi turlaridagi qurilmalari bilan foydalanmang, chunki bu Sizdagi qurilmaning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
TEREA SMARTCORE STICKS ™ ni ichga qabul qilmang va qismlarga ajratmang. Ushbu qurilma o’tkir metall qismni o’z ichiga oladi, uning yutib yuborilishi jiddiy jarohatlarga olib kelishi mumkin. Bolalar va uy hayvonlari ololmaydigan joyda saqlang.
Marhamat, yanada batafsil axborot olish uchun quyidagi manzil bo’yicha “Muhim axborot” bo’limiga murojaat qiling.
IQOS ILUMA PRIME 3 xil rangda mavjud: Tilla rang, Qora rang, Yashil rang.