IQOS ILUMA qurilmasini qanday zaryadlash kerak
1. Birinchi marta foydalanishdan oldin asl quvvat manbai va kabel yordamida qurilmani to’liq zaryadlang (taxminan 2 soat 15 daqiqa davomida). Akkumulyator zaryadi darajasini tekshirish uchun IQOS ILUMA quvvatlagichidagi tugmani bosing. Agar indikator sariq rangda 3 marta miltillab yoritilsa, IQOS ILUMA quvvatlagichini zaryadlash kerak. Agar IQOS ILUMA quvvatlagichi to’liq zaryadsizlangan bo’lsa, indikatorlarni ishga tushirish uchun 20 daqiqa talab qilinishiga e’tibor qarating. Indikator chizig’i to’liq yoritilgan holatda, quvvatlagich to’liq zaryadlangan bo’ladi va 20 ta seansga tayyor bo’ladi.
2. IQOS ILUMA ushlagichidagi indikatorni tekshiring. Ikkita yoritilayotgan indikator ushlagich to’liq zaryadlanganligini va ikki marta ishlatishga tayyorligini anglatadi. Bitta yoritilayotgan indikator bir marta ishlatishga tayyorligini anglatadi. Agar indikator sariq rangda 3 marta miltillab yoritilsa, IQOS ILUMA ushlagichini zaryadlash kerak.
3. Seans yakunlanganidan so’ng TEREA tamaki tayoqchasini chiqarib oling va ushlagichni quvvatlagichga joylashtiring. Sizdagi ushlagich quvvatlagichda bo’lgan holatda, yoritilib turgan indikatorlar IQOS ILUMA ushlagichi zaryadidan dalolat beradi. Agar indikatorlar oq rangda miltillab yoritilsa, Sizdagi ushlagich zaryadlanmoqda. Ikkita yoritilayotgan indikator ushlagich to’liq zaryadlanganligini va ikki marta ishlatishga tayyorligini anglatadi. Bitta yoritilayotgan indikator bir marta ishlatishga tayyorligini anglatadi.