FlexPuff - bu IQOS ILUMA i PRIME™ va IQOS ILUMA i™ qurilmalarida mavjud bo‘lgan innovatsion funksiya bo‘lib, undan yanada moslashuvchan foydalanishni ta’minlaydi.
Tortish uslubiga qarab, qurilma sizga moslashadi va 6 daqiqa ichida qo‘shimcha tortishlarni* taqdim etishi mumkin.
FlexPuff funksiyasi IQOS™ ilovasi orqali faollashtiriladi va yangi qurilmalarda odatiy sozlamalarda yoqiladi. Seans davomida qurilma iste’mol qilingan aerozol miqdorini tahlil qiladi va avtomatik ravishda FlexPuff’ni ishga tushiradi. Agar hajm muayyan darajadan kam bo‘lsa, o‘sha 6 daqiqalik seans doirasida qo‘shimcha tortishlarni* olishingiz mumkin.
Eslatma: agar foydalanish paytida "Pauza rejimi" yoqilgan bo‘lsa, joriy seansda FlexPuff funksiyasi faollashtirilmaydi. U ishlayotganda sensorli ekranda mavjud qo‘shimcha tortishlar soni* ko‘rsatiladi va jarayon tugamaguncha indikator soat miliga qarshi harakatlanadi.
Batafsil:
Tez-tez so‘raladigan savollarPauza rejimi faqat IQOS ILUMA i PRIME™ va IQOS ILUMA i™ qurilmalarida mavjud.
Bu funksiya seansni vaqtincha to‘xtatish va 8 daqiqa davomida davom ettirish imkonini beradi. Agar seans shu vaqt ichida davom ettirilmasa, ushlagich avtomatik ravishda o‘chadi.
FlexBattery - bu faqat IQOS ILUMA i PRIME™ va IQOS ILUMA i™ qurilmalarida mavjud bo‘lgan innovatsion funksiya. U ushlagich batareyasi qanday ishlashini tanlash imkonini beradi: unumdorlik rejimida yoki eko rejimda.
Odatiy sozlamalarda qurilma Unumdorlik rejimiga sozlangan.
Rejimlarni almashtirish faqat rasmiy IQOS™ do‘konlarida mumkin.
Batafsil:
Tez-tez so‘raladigan savollar