IQOS ILUMA ONE bilan dastlabki bosqichlar

IQOS ILUMA ONE qurilmasining asosiy funksiyalarini o’rganish uchun quyidagi bosqichlarni amalga oshiring

1. Akkumulyator zaryadi darajasini tekshirish uchun IQOS ILUMA ONE qurilmasidagi tugmani bosing. Agar zaryad darajasi past bo’lsa, IQOS ILUMA ONE qurilmasini zaryadlash uchun faqat IQOS ILUMA ONE asl quvvat manbai va kabelidan foydalaning. Agar qurilma to’liq zaryadsizlangan bo’lsa, to’liq zaryadlanish vaqti 90 daqiqani tashkil etadi.
2. Tugmani bosib va uni 4 soniya davomida ushlab turish orqali IQOS ILUMA ONE qurilmasini ishga tushirish yoki ishlashdan to’xtatish mumkin.
3. Slayderni siljiting va TEREA tamaki tayoqchasini ichiga joylashtiring. TEREA tamaki tayoqchasi to’g’ri joylashtirilganligiga ishonch hosil qiling. IQOS ILUMA ONE qurilmasidagi tugmani tebranishgacha va indikator miltillab yoritilgungacha bosib turing. Ikkinchi tebranishdan va indikator miltillab yoritilganidan so’ng qurilmadan foydalanishga kirishishingiz mumkin.
4. Indikatorning takroriy tebranishi yoki miltillab yoritilishi seans yakunlangungacha 2 marta ichga tortish yoki 30 soniya qolganligidan dalolat beradi. Seans yakunlanganidan so’ng TEREA tamaki tayoqchasini chiqarib oling va qurilmani yopish uchun slayderni surib qo’ying.

Quyidagilarni yodda tutish muhim:
- TEREA tamaki tayoqchasi chiqarib olinganida seans yakunlanadi;
- Agar IQOS ILUMA ONE qurilmasi mavjud harorat doirasidan tashqarida ishlasa (0°C⁓40°C), seans yakunlanadi. Agar atrof-muhit harorati past bo’lsa, ishchi haroratni oshirish uchun qurilmani qo’lda hech bo’lmasa bir daqiqa qizitishga urinib ko’ring.

IQOS ILUMA ONE qurilmasini qanday zaryadlash kerak

1. Batareya zaryadi darajasini tekshirish uchun IQOS ILUMA ONE qurilmasidagi tugmani bosing. Agar indikator sariq rangda miltillab yoritilsa, qurilma zaryadsizlangan bo’ladi.
2. Qurilmani zaryadlash uchun faqat IQOS ILUMA ONE asl quvvat manbai va kabelidan foydalaning. To’liq zaryadlanish vaqti 90 daqiqagacha tashkil etadi.

IQOS ILUMA ONE qurilmasidan foydalanishga doir maslahatlar

IQOS ILUMA ONE

TEREA tamaki tayoqchasini o’rnatish

TEREA tamaki tayoqchasi tasodifan ikki marta ishlatilmaganligiga ishonch hosil qiling. Bir marta ishlatilganidan so’ng TEREA tamaki tayoqchasida bukilish belgilari paydo bo’ladi.

Зарядное устройство

IQOS ILUMA ONE qurilmasini o’z vaqtida zaryadlashni unutmang

IQOS ILUMA ONE qurilmasini har kuni zaryadlash – Siz har doim o’z IQOS qurilmangizdan foydalanishingiz mumkinligini kafolatlashning eng yaxshi usuli. Har doim qurilmani asl quvvat manbai va kabel yordamida zaryadlang.

IQOS ILUMA™ faqat TEREA™ tamaki tayoqchalari bilan foydalanish uchun mo’ljallangan. IQOS ILUMA™ va TEREA™ tamaki tayoqchalarini IQOS™ oldingi turlaridagi qurilmalari bilan foydalanish kerak emas, chunki bu sizdagi qurilmaning shikastlanishiga olib kelishi mumkin. TEREA™ tamaki tayoqchalarini yutib yubormang va qismlarga ajratmang. Ushbu mahsulot o’tkir metall qismlarni o’z ichiga oladi, ularning yutib yuborilishi jiddiy jarohatga olib kelishi mumkin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlang.

IQOS ILUMA ONE foydalanuvchisi qo’llanmasi

Bizning IQOS ILUMA ONE foydalanuvchisi qo’llanmasi Sizga o’z qurilmangiz qanday ishlashini va undan qanday foydalanish kerakligini yaxshiroq tushunish imkonini beradi.

Savollar qoldimi? Ularga javobni tez-tez beriladigan savollar to’plamida toping.

Yordamga muhtojmisiz? Biz bilan bog’laning.
Siz biz bilan bir necha usullar orqali bog’lanishingiz mumkin.
FAQ icon
Real vaqt rejimida qo’llab-quvvatlash xizmati bilan bog’laning. Biz har kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha Sizning ixtiyoringizdamiz. Keling, suhbatlashamiz.​
O’z Instagram rasmiy sahifamizda Sizning har qanday savollaringizga javob berishdan mamnun bo’lamiz.
So’nggi yangiliklardan o’z vaqtida xabardor bo’ling
Bizga yozib yuboring. Sizning savolingiz e’tiborsiz qoldirilmaydi. Biz Sizga 24 soat davomida javob qaytaramiz. Aloqada bo’ling.
Bizning bevosita liniya Sizni to’g’ridan-to’g’ri qo’llab-quvvatlash xizmati mutaxassisi bilan bog’laydi. Biz har kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha aloqadamiz.
Ehtimol, Sizning savolingiz oldin berilgan. Javob topish uchun “Tez-tez beriladigan savollar” (FAQ) bo’limiga o’ting.​ Bizning “Tez-tez beriladigan savollar” bo’limimiz bilan tanishib chiqing.​
Ushbu mahsulot zararsiz emas va ko’nikishni chaqiradigan nikotinni saqlaydi. Faqat voyaga yetganlar uchun.