IQOS nima?
Vaqt to’xtab qolgan lahzalar uchun
Bizning eng mukammal qurilmamiz
Yangi sensor ekranli qurilma klaasik dizaynda
Yangi qurilma. Hammasi bir narsada.
Klassik dizayndagi innovatsiya
IQOS nima?
Vaqt to’xtab qolgan lahzalar uchun
Ijtimoiy tarmoqlardagi IQOS sahifalari
Foydalanish shartlari va shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligiga rioya qilish
Siz ushbu sahifaga ijtimoiy tarmoqlardagi IQOS rasmiy sahifalaridan biridan, xususan, IQOS qo'llab-quvvatlash xizmatining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan biridan, masalan Facebookdan, yoki sharoitlarga bog'liq ravishda Instagramda IQOS haqida ma'lumot berishga mo'ljallangan IQOS sahifalaridan yo'naltirilgan bo'lishingiz mumkin, ular bundan keyin matnda «Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifa(lar)» deb yuritiladi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar tamaki mahsulotlari yoki tarkibida nikotin mavjud boshqa mahsulotlarni iste'mol qilishni istamaydigan, O'zbekiston Respublikasi hududida yashovchi 21 yoshdan oshgan shaxslar uchun mo'ljallangan va ijtimoiy tarmoqlardagi bizning sahifalarimizga qiziqish bildirish orqali siz yuqoridagi ushbu mezonlarga mos ekanligingizni tasdiqlaysiz.
Biz kimmiz?
Biz Philip Morris International («PMI») kompaniyalar guruhi tarkibiga kiramiz. Ushbu Foydalanish shartlari va Shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligiga rioya qilish («Shartlar») e'lon qilingan veb-saytda yoki ijtimoiy tarmoqlardagi tegishli sahifada biz kimligimizni yozdik va o'z aloqa ma'lumotlarimizni taqdim etdik.
Ushbu Shartlarni qanday qabul qilasiz?
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizdan istalganidan foydalanish orqali siz ushbu Shartlarga rioya qilishga rozilik bildirasiz. Shuningdek, siz tegishli platformalar uchun boshqa amaldagi foydalanish shartlariga (masalan, Facebook huquq va majburiyatlari to'g'risidagi qoidalar, Instagramdan foydalanish shartlari, Twitterdan foydalanish shartlari va boshqalar) rioya qilishga rozilik bildirasiz.
Tutunsiz mahsulotlarga o'tish tamoyillari va ma’lumot berish bo'yicha bizning majburiyatimiz
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda nima qilmaslik kerakligini aytishdan oldin, IQOS haqida ayrim ma’lumotlarni bilishingiz kerak:
PMI ilmiy tadqiqotlar bilan tasdiqlangan sifatli tutunsiz mahsulotlar qatorini taklif etadi. Bizning tutunsiz mahsulotlarimiz bir kun kelib butunlay sigaretaning o'rnini bosishiga ishonamiz.
1. Sigaret chekish jiddiy kasalliklarning sababi bo‘lib, bog‘lanib qolishga olib keladi. Shubhasiz, har qanday chekuvchi uchun eng yaxshi yechim barcha shakllarda tamaki va nikotin iste’mol qilishni tashlashdir.
2. PMI tutunsiz mahsulotlari chekishni yoki tarkibida nikotin mavjud boshqa mahsulotlarni iste’mol qilishni davom ettirishni istagan balog'atga yetganlar uchun mo'ljallangan.
3. Biz hech qachon tamaki yoki tarkibida nikotin bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilmagan yoki undan voz kechganlarga tutunsiz PMI mahsulotlarini taklif qilmaymiz. Bizning tutunsiz mahsulotlarimiz tamaki yoki tarkibida nikotin bo‘lgan mahsulotlardan voz kechishga muqobil emas va nikotinga qaramlikni davolash vositasi emas.
4. PMIning tutunsiz mahsulotlari sog'liq uchun xavflarni istisno etmaydi va tarkibida tobelikni keltirib chiqaradigan nikotin mavjud.
5. Biz tutunsiz mahsulotlarimizning balog'atga yetgan iste'molchilarini ushbu mahsulotlarga to'liq o'tish jarayonida ularni o'qitish va yo'naltirish orqali qo'llab-quvvatlaymiz.
6. Tutunsiz mahsulotlarning afzalliklarini his etish uchun balog'atga yetgan iste'molchilar ushbu mahsulotlarga to'liq o'tishlari va chekishni butunlay tashlashlari kerak.
7. Voyaga yetmaganlar tamaki yoki nikotinni hech qanday shaklda iste’mol qilmasliklari lozim.
8. Homilador ayollar, shuningdek, diabet yoki yurak-qon tomir kasalliklariga chalingan shaxslar tamaki yoki tarkibida nikotin mavjud mahsulotlarni iste’mol qilmasliklari kerak.
Sizning hissangiz
Biz ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarni muntazam ravishda kuzatib boramiz, savollarga javob berishga va iloji boricha ko'proq foydali tavsiyalar bilan o'rtoqlashishga harakat qilamiz. Biz sizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga tashrif buyurishingizdan xursandmiz va sizning jonli fikr-mulohazalaringiz va muhokamalaringizni kutamiz, biroq sizni tartib va ijobiy munosabatni saqlashga undaymiz.
1. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda joylashtirgan nashrlaringiz mazmuni uchun siz javobgarsiz va biz quyidagilardan iborat har qanday nashrlarni o'chirish huquqini o'zimizda saqlab qolamiz:
• Qo'pol va haqoratli so'zlar
• Irqiy, milliy mansublik, diniy qarashlar, jins, cheklangan jismoniy imkoniyatlar, jinsiy yo'nalish yoki siyosiy qadriyatlarga nisbatan nafratni targ'ib etuvchi yoki kamsituvchi xususiyatga ega sharhlar
• Ochiq-oydin jinsiy xususiyatga ega materiallardan iborat havolalar yoki sharhlar
• Mualliflik huquqi yoki intellektual mulk huquqlarining buzilishi
• Boshqa odamlarning kompyuterlari yoki mobil qurilmalariga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan viruslardan iborat spam, linkbeyting yoki fayllar
• Muayyan odamlar guruhlariga qilingan hujumlar yoki har qanday shaxsga tahdid qiladigan, ta'qib qiladigan yoki haqorat qiladigan sharhlar
• Tijorat takliflari yoki reklama
• Maxfiy ma'lumotlar yoki tijorat sirlari
• Boshqa jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs rolida noqonuniy chiqish qilish
2. Biz yuqoridagi ma'lumotlardan iborat yoki noo'rin formatda bo'lgan yoki biz oqilona deb hisoblagan boshqa sabablarga ko'ra postlari yoki nashrlari bo'lgan har qanday foydalanuvchini bloklash hamda post ushbu Shartlarga yoki boshqa platformalardan foydalanish qoidalariga mos kelmasa, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizdagi har qanday nashrlarni o'chirish huquqini o'zimizda saqlab qolamiz. Va biz sizni bunday qaror haqida xabardor qilishga majbur emasmiz.
3. Foydalanuvchi kontentidan foydalanish litsenziyasi («Foydalanuvchi kontenti») Biz siz taqdim etadigan, nashr etadigan, bizga shaxsiy xabarlarda yuboradigan materiallaringizdan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda foydalanishni istaymiz.
a) Siz bizga taqdim etadigan har qanday foydalanuvchi kontentiga nisbatan siz quyidagilarni tasdiqlaysiz va kafolatlaysiz:
a. Siz IQOS foydalanuvchisisiz va 21 yoshdasiz (agar siz tanlangan foydalanuvchi kontentida ko'rinmasangiz) yoki 25 yoshdasiz (agar siz bunday foydalanuvchi kontentida taniladigan shaklda ko'rinsangiz);
b. Siz Foydalanuvchi kontentining muallifisiz va u uchinchi shaxslarning intellektual mulk huquqlarini, shaxsiy hayot huquqlarini yoki shaxsiy nomulkiy va/yoki mulkiy huquqlarini buzmaydi va sizda Foydalanuvchi kontentidan mualliflik huquqi bilan himoyalangan asar sifatida foydalanishni litsenziyalash uchun bunday uchinchi shaxslardan barcha zarur rozilik va ruxsatnomalar mavjud;
c. Ushbu kelishuvga muvofiq Foydalanuvchi kontentidan foydalanishga bergan ruxsatingiz («Sizning litsenziyangiz») siz qabul qilgan biron-bir kelishuv majburiyatlarini yoki amaldagi qonunchilikni buzmaydi yoki ularga zid kelmaydi;
d. Foydalanuvchi kontentida taniladigan ravishda ko'rinadigan barcha shaxslar, jumladan, siz ham, kamida 25 yoshdasiz va siz bunday shaxslardan quyidagilarga ruxsat olgansiz: i) ularni suratga olish, audio yoki videotasvirga olish, ii) ularning fotosurati, audio va/yoki videolarini Foydalanuvchi kontentiga kiritish, iii) agar kerak bo'lsa, ularning ismlarini PMI va PMI affillangan shaxslari tomonidan quyida tavsiflangan maqsadlar uchun ularga hech qanday mukofot to'lamasdan ishlatish va iv) agar PMI ularning yozma ruxsatnomasining nusxasini so'rasa, PMIga nusxani taqdim etish.
b) Siz Foydalanuvchi kontentiga bo'lgan barcha huquqlaringizni saqlab qolasiz, lekin shu bilan siz PMI va PMI affillangan shaxslariga PMI tutunsiz mahsulotlari va birga ishlatiladigan mahsulotlar, xizmatlar va axborot materiallari haqida ma'lumot berishdan iborat tijorat maqsadlarida Foydalanuvchi kontentidan har qanday qonuniy maqsadda foydalanish va nusxalash uchun muddatsiz, litsenzion to'lovlarni talab qilmaydigan litsenziya berasiz, PMI ixtiyoriga ko'ra va Foydalanuvchi kontentidan foydalanishimizga oid hech qanday (aniq ifodalangan yoki nazarda tutilgan) majburiyat yoki kafolatlarsiz, PMI va PMI affillangan shaxslariga litsenziyangizni bergan sanadan boshlab.
c) Shu bilan siz PMI va PMI affillangan shaxslariga yuqorida aytib o'tilgan maqsadlar uchun istalgan ommaviy axborot vositalarida va butun dunyo bo'ylab hamda dunyoning istalgan mamlakatida, jumladan, bahsli hududlarda va har qanday davlat yoki mamlakat yurisdiksiyasidan tashqarida bo'lgan hududlarda Foydalanuvchi kontentini to'liq yoki qisman PMI (yoki PMI affillangan shaxslaridan istalgani) xohishiga ko'ra ijro etish, o'zgartirish, namoyish qilish, undan hosila asarlar yaratish, ommaviy ravishda ijro etish, tarqatish, efirga uzatish va har qanday boshqa ravishda foydalanish huquqini berasiz.
d) Shu bilan siz PMI va PMI affillangan shaxslariga sizning ismingiz, laqabingiz, tasviringiz, taxallusingiz, ommaviy foydalanish huquqingiz, ovozingiz, jonli yoki yozib olingan ijroingiz, avtografingiz, fotosuratlaringiz va biografik ma'lumotlaringizdan hamda Foydalanuvchi kontentiga kiritilgan boshqa har qanday shaxslarning ismi, laqabi, tasviri, taxallusi, ommaviy foydalanish huquqi, ovozi, jonli yoki yozib olingan ijrosi, avtografi, fotosuratlari va biografik ma'lumotlaridan pmi.com manzilida nashr etilgan biznes hamkorlar xususiy hayoti to'g'risidagi ma'lumotni himoya qilish to'g'risidagi bildirishnomaga muvofiq foydalanishga va Foydalanuvchi kontentiga kiritilgan barcha shaxslarga ushbu shartlar haqida xabar berganingizga ruxsat berasiz.
e) Agar Foydalanuvchi kontenti uchinchi shaxsning mulkiy huquqlarini buzsa, tuhmat qilsa, shaxsiy hayotga tajovuz qilsa yoki har qanday shaxsning ommaviy foydalanish huquqini buzsa, siz PMI va PMI affillangan shaxslarini bunday buzilishdan kelib chiqadigan yoki u bilan bog'liq bo'lgan har qanday va barcha da'volar, talablar, zararlar, majburiyatlar, yo'qotishlar, xarajatlar va chiqimlarni qoplashni, himoya qilishni va ularni javobgarlikdan ozod qilishni kafolatlaysiz.
f) Siz litsenziyangiz ixtiyoriy ekanligiga va uni PMIga ixtiyoriy ravishda berishingizga rozilik bildirasiz.
g) Siz kelajakdagi Foydalanuvchi kontenti uchun Litsenziya kelishuvini istalgan vaqtda ugc-claims@pmi.com elektron pochta manziliga (elektron pochta identifikatori) xabar yuborish yoki kanallarimizda foydalanish shartlarida ko'rsatilgan ko'rsatmalarga amal qilgan holda boshqa usullar bilan bekor qilishingiz mumkin, biroq, bu ravishda bekor qilingandan keyin ham, litsenziyangiz bekor qilinishidan oldin Siz bizga litsenziya bergan va/yoki foydalanish shartlariga muvofiq kanallarimiz va sahifalarimizda nashr etgan Foydalanuvchi kontentiga nisbatan amal qiladi. Iltimos, bekor qilish uchun so'rovingizni ko'rib chiqish vaqt talab qilishi mumkinligiga diqqat qiling, ammo biz buni iloji boricha tezroq amalga oshirish uchun barcha sa'y-harakatlarni qilamiz.
h) Agar siz mualliflik huquqi yoki intellektual mulk huquqi bilan himoyalangan materiallaringiz ruxsatsiz ishlatilgan yoki shaxsiy hayot yoki ommaviy foydalanish huquqlaringiz buzilgan deb hisoblasangiz, litsenziyangiz bo'yicha har qanday savol yoki tushuntirish so'rovlarini ugc-claims@pmi.com (elektron pochta identifikatori) manziliga yuborishingiz mumkin.
i) Sizning litsenziyangiz Shveytsariya qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi va jumladan 1980-yilgi Xalqaro tovarlar oldi-sotdi shartnomalari to'g'risidagi BMT konvensiyasi me'yorlari bilan har qanday xalqaro qonun ziddiyatlari qoidalaridan qat'i nazar, Shveytsariyaning Lozanna sh. sudlarining yurisdiksiyasiga bo'ysunadi.
Esingizda bo'lsinki, siz yoki boshqalar tomonidan joylashtirilgan postlar va nashrlar albatta Philip Morris Internationalning qarashlarini aks ettirmaydi. Biz siz yoki boshqalar tomonidan ulashilgan kontent yoki havolalar uchun javobgar emasmiz. Agar siz ushbu sahifani yoki uning kontentini o'z jamoangiz bilan baham ko'rmoqchi bo'lsangiz, iltimos, nashrlaringizni ko'radigan shaxslar chekuvchilar yoki IQOS foydalanuvchilari, balog'atga yetgan shaxslar ekanligiga ishonch hosil qiling.
JAVOBGARLIK VA JAVOBGARLIKNI RAD ETISH TO'G'RISIDAGI ARIZA
SIZ IJTIMOIY TARMOQLARDAGI SAHIFALARIMIZDAN O'Z XAVFINGIZ OSTIDA FOYDALANASIZ. IJTIMOIY TARMOQLARDAGI SAHIFALARIMIZ «BORICHA» VA «MAVJUDLIGICHA» SHARTLARI ASOSIDA TAQDIM ETILADI. ILOJI BORICHA, BIZ SIZNING IJTIMOIY TARMOQLARDAGI SAHIFALARIMIZGA YOKI HAR QANDAY FUNKSIYAGA KIRISHINGIZNI ISTALGAN VAQTDA TO'LIQ YOKI QISMAN CHEKLASHIMIZ MUMKIN. BIZ OCHIQ-OYDIN YOKI BILVOSITA KO'ZDA TUTILGAN BO'LSIN, BARCHA KAFOLATLARDAN, JUMLADAN, TIJORAT QIMMATI, QONIQARLI SIFAT VA MA'LUM BIR MAQSADGA YAROQLILIKNING BILVOSITA KAFOLATLARIDAN, SHUNINGDEK, IJTIMOIY TARMOQLARDAGI SAHIFALARIMIZDAGI MATERIALLAR BIROR KISHINING HUQUQLARINI BUZMASLIGI; SAHIFAGA KIRISH UZLUKSIZ YOKI XATOSIZ BO'LISHI; IJTIMOIY TARMOQLARDAGI SAHIFALARIMIZ XAVFSIZ BO'LISHI; YOKI IJTIMOIY TARMOQLARDAGI SAHIFALARIMIZDAGI MA'LUMOTLAR TO'LIQ, ANIQ YOKI O'Z VAQTIDA TAQDIM ETILISHI HAQIDAGI HAR QANDAY KAFOLATLARNI RAD ETAMIZ.
AGAR HAR QANDAY SHAXS SIZNING HARAKATLARINGIZ YOKI NASHRLARINGIZ BILAN BOG'LIQ HOLDA BIZGA QARSHI DA'VO QO'ZG'ATSA, SIZ BUNDAY DA'VO BILAN BOG'LIQ HAR QANDAY VA BARCHA ZARARLAR, YO'QOTISHLAR VA XARAJATLARDAN (SHU JUMLADAN, YURIDIK QO'LLAB-QUVVATLASH UCHUN OQILONA XARAJATLAR) BIZNI OZOD ETISH VA HIMOYA QILISH MAJBURIYATINI OLASIZ.
AMALDAGI QONUNCHILIK TOMONIDAN RUXSAT ETILGAN BARCHA HOLATLARDA SIZ IJTIMOIY TARMOQLARDAGI SAHIFALARIMIZDAN FOYDALANISHINGIZ YOKI ULARDAN FOYDALANA OLMASLIGINGIZ NATIJASIDA KELIB CHIQADIGAN HAR QANDAY TO'G'RIDAN-TO'G'RI, BILVOSITA, TASODIFIY, MAXSUS, TO'G'RIDAN-TO'G'RI BO'LMAGAN, JARIMALOVCHI YOKI BOSHQA HAR QANDAY ZARARLAR UCHUN JAVOBGAR BO'LMASLIGIMIZNI TUSHUNASIZ VA BUNGA ROZILIK BILDIRASIZ.
BUNGA XATOLAR, KAMCHILIKLAR, ISHDAGI UZILISHLAR, NUQSONLAR, KECHIKISHLAR, KOMPYUTER VIRUSLARI, FOYDANI QO'LDAN BERISHINGIZ, MA'LUMOTLAR YO'QOTILISHI, RUXSATSIZ KIRISH, MA'LUMOTLARINGIZNING O'ZGARTIRILISHI VA BOSHQA MODDIY VA NOMODDIY YO'QOTISHLAR NATIJASIDA KELIB CHIQADIGAN ZARARLAR KIRADI. USHBU CHEKLOV ZARARLAR QOIDALAR SHARTLARIGA MUVOFIQ, BEPARVOLIK NATIJASIDA YOKI BOSHQA HAR QANDAY ASOSDA TALAB QILINISHIDAN QAT'I NAZAR, HATTO BIZ YOKI BIZNING VAKILLARIMIZ BEPARVO BO'LGAN TAQDIRDA HAM YOKI BUNDAY ZARARLAR EHTIMOLI HAQIDA BILGAN BO'LSAK HAM QO'LLANILADI.
Shaxsiy ma'lumotlar maxfiyligiga rioya qilish
Siz bizga ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda biron bir ma'lumot taqdim etsangiz, biz uni maxfiylik bildirishnomamizga muvofiq qayta ishlaymiz, uning matni bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
Ushbu Shartlarga o'zgartirishlar kiritish
Biz ushbu Shartlarni istalgan vaqtda ogohlantirishsiz o'zgartirishga haqlimiz. Eng so'nggi ma'lumotlardan xabardor bo'lib turish uchun ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga kirganingizda va ulardan foydalanganingizda ushbu Shartlarni ko'rib chiqishingizni tavsiya etamiz. Shartlarni ko'rib chiqqandan keyin ham ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizdan foydalanishda davom etsangiz, bunday foydalanish sizning yangilangan Shartlarni qabul qilganingizni anglatadi. Ushbu sahifaning yuqori qismida ko'rsatilgan sana ushbu Shartlar so'nggi marta yangilangan sanani ko'rsatadi.
Qo'llanuvchi huquq
Ushbu Shartlar va sizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalardan foydalanishingiz Shveytsariya qonunchiligi bilan tartibga solinadi va siz jumladan 1980-yilgi Xalqaro tovarlar oldi-sotdi shartnomalari to'g'risidagi BMT konvensiyasi me'yorlari bilan har qanday xalqaro qonun ziddiyatlari qoidalaridan qat'i nazar, Shveytsariyaning Lozanna sh.da joylashgan vakolatli sudlarning mutlaq yurisdiksiyasiga bo'ysunishga qat'iy rozilik bildirasiz.
Huquqlar va majburiyatlarni uzatish, huquqlardan voz kechish, Qoidalarning avtonomligi
PMI ushbu Shartlar bo'yicha o'z huquq va majburiyatlarini istalgan vaqtda ogohlantirishsiz istalgan tomonga uzatishi mumkin, amaldagi qonunchilik sizga bunday ogohlantirishni berishni talab qilmasa, biroq bu ushbu Shartlarda ko'zlangan sizning huquqlaringizga yoki majburiyatlarimizga ta'sir qilmaydi.
Ushbu Shartlarga muvofiq biror-bir huquqimizni amalga oshirmaslik yoki amalga oshirishda kechikishimiz ushbu huquqdan voz kechish deb hisoblanmaydi. Foydalanuvchilar har doim ushbu Shartlar qo'llaniladi deb taxmin qilishlari kerak.
Ushbu Shartlarning biror-bir qoidasi haqiqiy emas yoki huquqiy kuchga ega emas deb topilsa, Shartlarning boshqa barcha qoidalari to'liq kuchda qoladi.
Shartlar bilan tanishib chiqqaningiz uchun tashakkur. Bizning jamiyatimizdan zavqlaning!